O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti qo‘lyozma


Practical significance and research of the research results


Download 101.46 Kb.
bet3/21
Sana22.06.2023
Hajmi101.46 Kb.
#1650201
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
DISSERTATSIY (1)

Practical significance and research of the research results: The practical significance of the research results in the teaching of a special course in the subjects "Semantics and Word Structure", "Linguculturalology", "Cognitive Linguistics" in the higher education system, textbooks, training on these subjects widely used in the creation of manuals. It can also be used by teachers and students in lyceums and secondary schools.

Dissertatsiya Buxoro davlat universiteti “Inglish tilshunosligi” kafedrasida


bajarilgan
Ilmiy rahbar: _______________________________f.f.n.,prof. A.A.Haydarov
Kafedra mudiri: _____________________________ Z.I.Rasulov
Magistratura bo’limi boshlig’i: __________ f.-m.f.f.d., (PhD).dots. A.A.To’rayev


MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………….……...1-6
I BOB. SO’Z MA’NOLARI KUCHAYTIRISH MUAMMOSINING O’RGANILISHI
1.1 Tilshunoslikda intensivlik tushunchasining umumiy tavsifi……….…...7-16
1.2 Intensivlikni tilning turli sathlarida ifodalanishi…………………….…17-24
I BOB bo’yicha xulosalar……………………………….. …………….…24-25
II BOB. INTENSIVLIKNING LINGVOKULTUROLOGIK TALQINI
2.1. Lingvokulturalogiya va so’z ma’nolarini kuchaytirish asoslari…….….26-35
2.2. Intensivlikni ifodalovchi so’zlarning tuzilishining shakl va usullari………………………………………………………………..….35-45
II BOB bo’yicha xulosalar ……………………………………………..……45
III BOB. INTENSIVLIKNING SEMANTIK O’ZIGA XOSLIGI
3.1. Intensivlik kategoriyasi va dunyoni bilish hamda idrok qilish masalalari…….........................................................................................….46-56
3.2. Intensivlikning milliy-madaniy xususiyatlari. ………………….…..…56-66
III BOB bo’yicha xulosalar…………………………………………….….66-67
UMUMIY XULOSALAR…………………………………………………68-70
ADABIYOTLAR RO’YXATI……………………………………….……71-74

KIRISH
Magistirlik dissertatsiya mavzuning asoslanishi va dolzarbligi. Tilshunoslikning keyingi taraqqiyotida sotsiolingvistika, kognitiv tilshunoslik, pragmalingvistika, lingvokulturalogiya, lingvopoetika, fonogrammatika, fonostilistika kabi yangi yo’nalishlar paydo bo’ldi. Ushbu yo’nalishlarda qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Mazkur yo’nalishlar ichida lingvomadaniyatshunoslik alohida ahamiyat kasb etadi. Til va madaniyat orasida paydo bo’lgan lingvokulturalogiya sohasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar obyekti sifatida so’z ma’nosining kuchayishi yoki intensivligi asosan til va nutq vositalari qisman ekstralinngvistik omillar bilan izohlanilmoqda. Mazkur muammo kognitiv tilshunoslik va lingvokulturologiyada ham maxsus tadqiq qilinmoqda. Shu nuqtayi nazardan intensivlik kategoriyasi keng o’rganilgan bo’lsada, intensivlikning yondosh hodisalarga (emotsionallik, baholash, obrazlilik) munosabati va bunda kuchaytiruvchi birliklar chuqur tahlil etilmagan. Hozirgi davr tilshunosligida so’z ma’nolari kuchaytirishning milliy madaniyat va lingvokulturalogik talqini qardosh bo’lmagan ingliz va o’zbek tillarida qiyosiy planda o’rganish dolzarb muammolardan biridir. Mazkur holat ushbu magistrlik dissertatsiyasining dolzarbligini belgilaydi. Mamlakatimizda amalga oshirayotgan tub islohotlar bugungi kunda chog’ishtirma tilshunoslik sohasida bajarilayotgan ilmiy izlanishlar samarasi naitjasida lingvokulturalogiyaning mustaqil fan yo’nalishi sifatida rivijlanishi, uning ijtimoiy ahamiyati, hayotiyligini ta’minlash, nutqda ma’no kuchaytirish omillarining namoyon etilishi borasidagi jiddiy yutuqlarni qo’lga kiritilishi bilan baholanadi.
Mustaqil mamlakatimizda juda ko’plab sohalar tez suratlarda rivojlanib bormoqda. 2023 yilni Muhtaram Prezidentimiz tomonidan “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb e’lon qilinishi ta’limga ko’rsatilayotgan e’tiborning yorqin namunasidir. “Bolalarimiz maktabdan ona tili va chet tillarni puxta o’zlashtirib, kompyuterda ishlashni o’rganib chiqishi zarur. Farzandlarimizni kasb-hunarlarga san’at va madaniyatga qiziqtirishimiz lozim. O’quvchilarda erkin va kreativ fikrlashni, jamoada ishlash va muloqot ko’nikmalarini shakllantirishi zarur. Hozirgi ochiqlik siyosati, chet el investitsiyalari va yangi korxonalarning ortib borayotgani yoshlarimizni zamonaviy bilimlar va xorijiy tillarni o’rganishga undash zarurati”1 barchamizning oldimizga muhim vazifalarni qo’ydi.
Mazkur dissertatsiya O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil, 8-oktyabrdagi 5847-son “Ozbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiq to’g’risida”gi, 2019-yil 21-oktyabrdagi “O’zbek tilining davlat tili sifatidagi roli va nufuzini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori, 2021-yil, 12-maydagi PQ-5117-son “O’zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o’rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish chora tadbirlari to’g’risida”gi qarori2, 2022-yil 28-yanvardagi PF-60 son “2022-2026 yillarga mo’ljallanganyangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” to’g’risidagi farmoni hamda mazkur faoliyatga tegishli qator me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda muayyan darajada xizmat qiladi.

Download 101.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling