Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti 308-guruh talabasi Anorqulova Sahihaning pragmalingvistika fanidan tayyorlagan mavzu


Download 7.79 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi7.79 Kb.
#1519346
Bog'liq
Sh.Boshbekov

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI Filologiya fakulteti 308-guruh talabasi Anorqulova Sahihaning pragmalingvistika fanidan tayyorlagan mavzu

TAQDIMOTI

O’qituvchi: Yoqubov I.

Mavzu: Sharof Boshbekov dramalarining pragmatik tahlili

  • Reja:
  • Sh.Boshbekov hayoti, ijod yo’li;
  • Sh.Boshbekov dramalari haqida ma’lumot;
  • “Temir xotin” dramasning pragmatik tahlili;
  • Xulosa.

Sharof Boshbekov

Sh.Boshbekov hayoti, ijod yo’li;

  • Sharof Boshbekov 1951 yilning 4 yanvarida Samarqand viloyati Bulungʻur tumanida tugʻildi. Sanʼat instituti musiqali aktyorlik boʻlimida tahsil oldi. Muqimiy nomli teatrda, Sirdaryo viloyati teatrida aktyor sifatida faoliyat koʻrsatdi. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida (1983–1985), Oʻzbekiston Milliy davlat akademik drama teatrida (1986–1987) adabiy xodim boʻlib xizmat qildi.
  • Dastlab “G” varianti” (1981), “Gʻurur” (1982), “Jumboq” (1986) kabi hikoyalarini eʼlon qildi. Shundan soʻng birin-ketin “Tushov uzgan tulporlar” (1983) dramasi, “Taqdir eshigi”, “Eshik qoqqan kim?” (1987), “Eski shahar gavroshlari” (1998), “Temir xotin” (1989) kabi jiddiy komediyalarini yaratdi. “Temir xotin” komediyasi nafaqat respublikamiz, balki boshqa mamlakatlar teatrlarida ham sahnaga qoʻyildi.
  • Sh. Boshbekov ssenariysi asosida “Sharif va Maʼruf”, “Yuzsiz” (1993), “Tilla bola” (1994) kabi filmlar yaratildi. U “Masxaraboz” (1996), “Farhod va Shirin” filmlarida ham ssenariy muallifi, ham rejissyor sifatida qatnashdi. Uning ssenariysi asosida “Charxpalak” teleseriali dunyoga keldi. Bundan tashqari “Tentak farishtalar” (1995), “Zoʻrdan zoʻr chiqsa” (1996) kabi sahna asarlari ham respublika teatrlarida muvaffaqiyatli namoyish etildi.
  • Sharof Boshbekovning “Temir xotin” asari 1989 yilda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Shayxzoda nomidagi yillik mukofotiga loyiq topildi.
  • Mustaqillik yillari “Oʻyin” (2002), “Doka roʻmolning qurishi” (2004) telefilm ssenariylarini yozdi; “Soʻqmoq” (2003), “Mehr va mauzer” (2007) kinoqissalarini yaratdi. “Falakning gardishi” (2009), “Musofir boʻlmaguncha” (2009), “Tentak farishta” (hikoyalar, maqolalar, ssenariy, 2010) majmualari nashrdan chiqdi.
  • Sharof Boshbekov 1990 yilda Davlat mukofotiga, 1999 yili “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” unvoniga sazovor boʻldi. Shuningdek, 2001 yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi.

Sharof Boshbekov haqida:

Sharof Boshbekov Samarqand viloyati Bulung’ur tumanida G’ubir qishlog’ida 1951-yil 4-yanvarda tug’ilgan.1974-yili San’at institutining musiqali aktyor bo’limini tugatgan.


“Taqdir eshigi”
“Eshik qoqqan kim bo’ldi?”
“Eski shahar gavroshlari”
“Temir xotin”
Sharof Boshbekovning asarlari

“Temir xotin” pyesasining pragmatik tahlili

Adibning “Temir xotin” pyesasi hammamizga mashhur asarlardan biri hisoblanadi. Bu asarni barchamiz kinofilm shaklida juda yaxshi taniymiz.

    • O’ O’ z o’tmishiga ega bo’lgan qahramonlar.
    • xalqning boshidan kechirayotgan qiyinchiliklarini ko’rib, beparvo yasholmagan, hech bo’lmasa o’zining ixtirosi bilan odamlarni tashvishga solayotgan muammolarni yengillatishga uringan ma’rifatli o’zbek ziyoli
    • farzand­lari ko’p, og’ir mehnatdan ezilgan, tashvishi ko’p bo’lsa-da, beg’am qishloqdoshlarimning yorqin qiyofasi
    • dunyoga kelib, faqat dala-dasht, ro’zg’or, bola-chaqam deb umrini o’tkazgan onamning timsoli

Qumri obrazi
Qo’chqor obrazi
Saltanat va Alomatxon
Olimjon obrazi

“Temir xotin” pyesasining pragmatik tahlili

QO‘CHQOR (uy tomonga). Ho‘, tirikmisan?.. (Tipirchilay-di.) Yechib qo‘y darrov, ho‘-o‘!.. Qumri, deyapman, jahlim chiqsa nima bo‘lishini bilasan-a? Yaxshilikcha bo‘shat! (Bir oz kutib.) Ie, bir balo bo‘lganmi bunga?.. Oxirgi marta aytyapman, agar hozir yugurib kelib, qo‘limni bo‘shatmasang... Ichkaridan qumri chiqadi. U o‘ttiz-o‘ttiz beshlarda, lekin yoshiga nisbatan ancha katta ko‘rinadi. QUMRI (arazli). Nima qilasiz?

Ushbu parcha orqali ikki kommunikativ shaxlarning o’zaro nutqiy vaziyati yuzaga kelganligiga guvoh bo’lamiz. Kommunikativ vaziyatldan quyidagilar aniq bo’ladi:

- Qo’chqorning nutqidan norozilik semasi sezilib turibdi, birgina shu parcha orqali uning ichkilikka berilganligi, oilasiga beparvoligi sezilib turadi. Shuning uchun ham u o’z nutqida kommunikativ strategiya tuzadi, bundan maqsad esa bog’liq holda turgan qo’l-oyog’ini bo’shatib, tutqunlikdan ozod bo’lish edi. Bu maqsadda hatto u xotiniga tahdid ham qilishgacha boradi., biroq kommunikativ strategiya samarga erishmaydi. Chunki adresat va adresant orasidagi vaziyat kommunikatsiya jarayonini tashkil etishga mos emas edi, ya’ni nutqiy vaziyat to’g’ri tanlanmadi.

Qumrining nutqi keltirilgan parchadan esa, adresat tomonidan tashkil etilgan nutqiy vaziyat, tahdid zig’irchalik ta’sir kuchini ko’rsatmaganligi, adresant bunday nutqlarni ko’p bora eshitganligi, avval ham va’da berilib bajarilmaganligi, aslida Qo’chqorning qo’lidan hech narsa kelmasligi, qo’l-oyoqni bog’lash oxirgi chora ekanligi hamda nutqiy ta’sirchanlikka beparvolik holati sezilib turadi.

  • Qumrining nutqi keltirilgan parchadan esa, adresat tomonidan tashkil etilgan nutqiy vaziyat, tahdid zig’irchalik ta’sir kuchini ko’rsatmaganligi, adresant bunday nutqlarni ko’p bora eshitganligi, avval ham va’da berilib bajarilmaganligi, aslida Qo’chqorning qo’lidan hech narsa kelmasligi, qo’l-oyoqni bog’lash oxirgi chora ekanligi hamda nutqiy ta’sirchanlikka beparvolik holati sezilib turadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • SH. Boshbekov. “Temir xotin” asari. (elektron variantda)
  • “Hurriyat” gazetasining 2006, 2010-yil nashrlari. Ziyouz.com. Wikipedia, Kitob.uz

Download 7.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling