O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti qo‘lyozma


Download 101.46 Kb.
bet14/21
Sana22.06.2023
Hajmi101.46 Kb.
#1650201
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Bog'liq
DISSERTATSIY (1)

We got sentimental the other night and phoned Nancy in Lancaster. She misses you a ton… (Idem)
Anyway, I can’t wait till June. I’m sick to creeping death of this place – I want to get a million, zillion pin wheeling miles away – and the old Navy’s just the ticket. (Myrer)
Endi intensifikatsiya vositasi bo‘lib xizmat qilayotgan kvantor so‘zlarni chuqurroq o‘rganishga hrakat qilamiz. Bizning ongimizda sanoq, vaqt, hajm kabi tushunchalar kategoriyasi bor ekan, ularga mos keladigan til vositalari ko‘rsatkichlari ham bo‘lishi kerak. Ob'ektiv reallikdagi predmetlarning har birining hajm parametridagi sanoq holatiga ega. Bizning ob'ektiv dunyoga hissiyotlarimizni bildira turib, ular bu parametrlarga bildirish beradi. Gap intensivlik kategoriyasi haqida borar ekan, bizni oddiy tasniflashdan tashqari juda ko‘p va juda kam, va ortiqcha holatdan juda ko‘p va juda kam holatiga o‘tish holatlari qiziqtiradi. Bu narsaning tilda qanday holatini topishini quyidagi misollar yordamida yoritishga harakat qilamiz. Kvantor so‘zlarning ishlatilishi – bu nutqda sanoq xarakteristikasiga ega predmetlarning, ya'ni jismlarning ko‘rsatilishi. Sanoq xarakteristikasi quyidagi holatlarga taaluqlidir: 1) tirik jonzotlarga (odamlar va hayvonlar), 2) jonsiz jismlarga, 3) biror harakatning bajarilish usullariga, 4) makon va zamonga, 5) pul birliklariga.
Odamlar sanog‘i. Sanoqsiz ko‘p odamlar: heaps of people. Odamlarning juda ko‘pligini ko‘rsatish uchun son, va ekspressivlikni oshirib ko‘rsatish uchun ko‘chma ma'nodagi boshqa so‘zlar ishlatiladi.
Ingliz tilida bunday so‘zlardan quyidagi ko‘rsatkichlar ko‘proq ishlatiladi: a frieze of ladies, hordes of teen-aged girls, multitude of lovers, platoons of bridesmaids, a swarn of type-writers va boshqalar. Manfiy holatlarni ko‘rsatish uchun quyidagi birikmalar qo‘llaniladi: a pack of, a bunch of. Oh, come off it, Currier! Those kids broke in like any second-story man, they stole private documents, burned them like a bunch of delinquents – and you want to build then up into a lot of Emile Zolas. (Myrer)
Hayvonot dunyosini tasvirlash uchun asosan horde so‘zi ko‘p qo‘llaniladi. Masalan, That hotel is just ghastly. One bathroom to the floor and beds you could use for ship-planking and a lot of idiotic cretonne with hordes, really hordes of bugs. And the prices. (Shaw)
Ko‘rib chiqilgan holatlarda intensifikatsiya jarayoni giperbolizatsiya, ya'ni bo‘rttirib ko‘rsatish, emfitizatsiya, ya'ni hishayajonli qilib ko‘rsatish hodisalari ayrim hollarda qo‘llanilmaydi. “He’s worth a hundred Kennedy’s any day” misolida aniq sanoq ko‘rsatilgan. Lekin bu holatda sanoq ko‘rsatkichi o‘z kuchini yo‘qotadi va insonni tasvirlovchi sifat ko‘rsatkichiga aylanadi, yoki jism taniqli inson bilan taqqoslanishi ko‘rsatilgan. Giperbola, ya'ni bo‘rttirib ko‘rsatish yo‘li orqali ifodaning yuqori ekspressivligi namoyish qilinmoqda, baholashga sub'ektiv tasniflash holati kuchaytirilgan. Kvantor birikmaga ega bo‘lgan predikat, forma, ya'ni yasalishi bo‘yicha kvantativ, ma'no jihatidan kvalitativ hisoblanadi.
Ekspressivlik, baholash o‘lchovlari, mazmun o‘lchovi kvantor intensifikatorlar yordamida namoyish qilinadi. Vaqt. Agarki so‘zlovchi vaqt bo‘lagining uzoq davomiyligini ko‘rsatmoqchi bo‘lsa vaqt tushunchasi ham bo‘rttirib ko‘rsatish tomonidan ifodalovchi xarakterni o‘z ichiga oladi. Masalan, for months and months, thousand wakeful nights, all the time in the world (bir tomondan), in less than no time (boshqa tomondan). “Years” ot birligi “hundred, thousand, million, zillion” kabi sonlar bilan ko‘pincha mos keladi. Masalan, I guess that must be true, you’ve been gone just a hundred zillion years. (Myrer) Vaqt holati funktsiyasini bajaruvchi intensifikatorlar quyidagilardan iborat: for year and years, for 101 years and a day, a thousand years ago/later, after a million million years, a hundred zillion years, a hundred thousand light years. Bu ro‘yxatni albatta juda uzoq davom ettirish mumkin. Aniq vaqt sanog‘ini ko‘rsatish uchun quyidagi sifatlar ishlatiladi: full, good, solid va flat ravishi. Bu intensifikatorlarning ot bilan moslashuvi aniq xarakterga ega. Masalan, a full minute - bir tomondan bo‘lsa, a solid hour/month - ikkinchi tomondan ma'nolarini anglatadi. Bularni misollar bilan tahlil qilishga harakat qilamiz:
I stared at her for a full minute before I spoke.
Does he have you watched too?” I asked. (Robbins)
He was a good fifteen years my senior, though he hardly looked his fortyfive years. (Christie17)
Juda qisqa vaqt bo‘laklari tilda o‘zining maxsus ifodasiga ega.
Masalan, without a moment’s/second’s hesitation: She was seventy-four years
old, but in Nye’s opinion, “looked younger – maybe ten minutes younger”.
(Capote)
Bu holatlarda kvantativ birikmaning ishlatilishi kinoya ma'nosini anglatadi, “atigi o‘n daqiqaga yosh ko‘rinish mumkin emas”. Yuqorida sanab o‘tilgan kvantor intensifikatorlar yuqori ifoda va emotsionallikka ega. Inson hayotining o‘rtacha davomiyligi – yetmish besh yosh. Bu holatda ming, million yilni tasvirlash juda qiyin. Yana ham qiyinrog‘i “milliard yillik” ayriliqni tasvirlash. Bu haqiqatga umuman zid holatdir. Xuddi mana shu haqiqatga zid holat odamlarda chinish hissini uyg‘otadi, va holatning yuqori darajada ekspressivligini namoyon qiladi. Endi quyidagi gapni tahlil qilishga harakat qilamiz:
A hundred thousand light years later the Jenny went down stern first,
boiling and booming and hissing, holding her chin up till the last, like the proud
old girl she was. (Myrer)
Bu gapda muallif kemaning cho‘kayotganligini dengizchilarning nuqtai nazari orqali namoyish qilgan. Ingliz tilida vaznni bildiruvchi intensifikator – tonna hisoblansa, hajmni gallon yordamida namoyish qiladi. Bunday holtlarda so‘zlarni va birikmalarni semantizatsiya qiluvchi ko‘nikma – bo‘rttirib ko‘rsatish orqali qo‘llaniladi:
It struck him like a ton of bricks. (Capote)
I run into Alexis two weeks ago. In the city. He is doing guess what?
Drinking carrot juice. Yes! Gallons and gallons. (Myrer)
She is a ton weight. (Castle and Hailey)
Oxirgi misolda so‘z avialayner haqida ketmoqda. Lekin ifodaning ma'nosi boshqa – samolyotning vazni emas, balki uning boshqarilishining qiyinligidadir. Pul birligi. Ingliz tilida “juda ko‘p pul” birikmasini ifodalash uchun aniq vositalar qo‘llaniladi; intensifikatsiya bo‘lsa bu maxsus xarakterga ega va har doim ham o‘zbek tilida shunga o‘xshash so‘z bo‘lmasligi mumkin. Masalan, o‘zbek tilidagi “katta pul” birikmasi “cool” sifati bilan ko‘rsatiladi: a cool sixty thousand, a cool million. Ingliz tilida yana quyidagi metaforik birikmalar qo‘llanilishi mumkin: pots of money, a good slice of money.
Agar birinchisiga o‘zbek tilida “bir qop pul” birikmasi mos kelsa, ikkinchisiga esa mos keluvchi analog mavjud emas. Kvantativ intensifikatsiyaning boshqa usullari. Bunday usullarga a lot of birikmasi mos kelishi mumkin. Masalan, to look a lot of somebody, to give somebody lots of warning. Ularning ishlatilish qatlami so‘zlashuv amaliyotidir. “Thousand” soni “ways, times, words” so‘zlari bilan birikma hosil qilsa, ular birinchidan, harakatlarning to‘g‘riligini, ikkinchidan, ular ko‘rinishining har xil formalarini, uchinchidan, mazmun jihatidan kerakligini bildiradi.
Daddy, we’ve done all this a thousand times”, Peg said. (Myrer)
people were dying grotesquely, horribly in a thousand ways. (Idem)
There were a thousand words Russ and I needed to say to each other just
then, yet I couldn’t think of one of them. (Idem)
Kvantor so‘zlarning umumiy klassifikatsiyasida “etti” soni mustaqil o‘ringa ega. O‘zbek tilida bu narsa asosan maqol va aytishmalarda qo‘llaniladi. “Etti o‘lchab, bir kes” va boshqalar. Ingliz tilida ham “etti” so‘zi maqollarda va og‘zaki nutqda ko‘p qo‘llaniladi:
To have seven too many.
To think of seven most plausible stories.
Juda kam sanoq. Kam sanoqni bildiruvchi intensifikatorlar insonning emotsional holati, uning intellektual faoliyati bilan bog‘liqdir. Misol qilib, minimayzerlar misolida quyidagi birikmalarni olib ko‘rsatish mumkin. Bular intensivlik shkalasining eng pastki qatlamida joylashgan: vestige of smile, the ghost of idea, some shred of victory.
Quyidagi misol shunisi bilan qiziqki, unda birdaniga ikkita minimizatsiya namoyon bo‘lgan:
That’s where he was so clever, he put so little direct pressure on us. Never
the shadow of the shadow of a false move on his part. (Fowles)
Minimal sanoqdagi kvantorlar 1) masofa, 2) jarayon, 3) moliyaviy holat, 4) ruhiy javobgarlik darajasini bildirishi mumkin.
It’s only a step from here to…;
To smash to a million pieces; to be blown to atoms; without a dime to
one’s name;
Emotsional holatni ifodalovchi kvantor so‘zlar. Shaxsning emotsional holatini ifodalovchi kvantor so‘zlar qatoriga quyidagi so‘zlar mos keladi: flock, horde, legion, fountain, torrent va boshqalar.
Kvantor so‘zlar emotsional holatning har xil turlarini ifodalaydi. Musbat belgili kvantor so‘zlar: barrels of fun, loads of fun;

Download 101.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling