Jahon adabiyoti va uning evolyutsiyasi


Download 1.35 Mb.
bet1/3
Sana09.06.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1473302
  1   2   3
Bog'liq
Jahon adabiyoti 2

Jahon adabiyoti va uning evolyutsiyasi


SERGEY YESENIN (1883 - 1929)
Jo‘shqin lirik va chinakam xalqona shoir Sergey Yesenin ijodi rus adabiyotining yorqin sahifalaridan birini tashkil etadi. U sovet davri talablari quyushqoniga tushmagan va tushishni istamagan, erkatoy va tanti, ammo mislsiz iqtidorli shoir edi. Ryazan shahri atrofidagi Konstantinovo qishlog‘ida tavallud topgan shoir umrining oxirigacha dehqon-shoir, rus qishlog‘i hayoti va tabiat kuychisi bo‘lib qoddi. 1924 - 25 yillarda shoir O’rta Osiyo va Kavkazorti mintaqalarida sayohatda bo‘lgan, qisqa bo‘lsa-da, Toshkenda ham yashagan. Yeseninning «Fors taronalari» deb nomlangan she’rlar turkumi ana shu o‘lkalarga sayohat chog‘ida yaratilgan. Bu she’rlar turkumini o‘zbek tiliga Erkin Vohidov o‘girgan. Yeseninning «Anna Snegina» nomli mashhur poemasi Botumi shahrida yozilgan. Uning «Go‘daklikdan ma’lum har odam» she’ri asosida kurashchanlik g‘oyasi talqin etiladi.
Yesenin 1920-yillarda bir necha marotaba AQShga va Yevropaga borgan. Umrining oxirida Yeseninning hayoti algʻov-dalgʻov boʻlib ketgan. 1925-yil Sankt Peterburgdagi Angleter mehmonxonasida Yesenin oʻzini osib
qoʻygan.Shoir Moskvada dafn etilgan.
Yeseninning birinchi sheʼriy toʻplami „Radunitsa“ 1916-yilda chop etilgan. Ilk
sheʼriy toʻplamidayoq shoir qalb holatlarini nozik tuygʻularda berishni, tabiat
bilan bogʻliq ruhiy kechinmalarni ifodalashning ustasi, qishloq hayoti, xalq tili va qalbining bilimdoni ekanligini namoyish etgan. 1919-1922-yillarda Yesenin imajinist (ijodning maqsadini asarning mazmuniga mos kelishi shart boʻlmagan obrazlarni oʻylab topishda deb tushunuvchi)lar guruhida boʻlgan.
„Moskva mayxonalari“ (1924) va boshqa turkum sheʼrlarida, „Qora odam“ (1925)
dostonida shahar hayotining yaramas tomonlari, qishloqni xonavayron qilayotgan „taraqqiyot“
haqqoniy aks ettirilgan. Yesenin „Anna Snegina“ (1925) dostoni hamda „Shoʻro
Rusi“, „Zamin dargʻasi“ (1925) toʻplamlarida „kommuna oyoqqa turgʻizayotgan Rus“ni
anglashga harakat qilsa ham, oʻzini „oʻtmishga aylanayotgan Rus“ning shoiri deb
bildi.
1924-1925-yillarda Yesenin Oʻrta Osiyo va Kavkazorti mintaqalarida sayohatda
boʻlgan. Yesenin qisqa boʻlsa-da Toshkentda ham yashagan, Samarqand shahrida
boʻlgan. Yeseninning „Fors taronalari“ (1924-1925) deb nomlangan sheʼrlar
turkumi Kavkazort o‘lkalarga sayohat chog‘ida yaratilgan. „Fors taronalari“
sheʼrlar turkumi Hofiz, Saʼdiy Sheroziy, Umar Xayyom kabi sharq ijodkorlariga
cheksiz hurmat-ehtirom mahsuli sifatida dunyoga keldi.
„Tanlangan sheʼrlar“, „Zamin dargʻasi“, „Lirika: sheʼrlar, dostonlar“ sheʼriy
toʻplamlari Erkin Vohidov tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1965, 1970,
1981). 1985-yil Toshkentda shoirning uy-muzeyi ochilgan.
Yesenin oʻlimidan bir kun avval doʻstiga atab sheʼr yozgan. Shoirning eng mashhur misralaridan biriga aylangan bu sheʼrni Erkin Vohidov oʻzbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan:
Rus tilida
До свиданья, друг мой, до свиданья.
Милый мой, ты у меня в груди.
Предназначенное расставанье
Обещает встречу впереди.
До свиданья, друг мой, без руки, без слова,
Не грусти и не печаль бровей, —
В этой жизни умирать не ново,
Но и жить, конечно, не новей.
Erkin Vohidov tarjimasi
Xayr endi, xayr, doʻstginam,
Bagʻrimdasan, koʻngil malhami.
Muqarrar bu ayriliqning ham
Visoli bir oldinda hali.
Xayr, doʻstim, soʻzga ochma lab,
Qoʻy, men uchun oʻrtama bagʻir,
Bu hayotda oʻlmoq-ku bor gan,
Yashamoq ham yangimas, axir!
Yesenin faqat sheʼr yozib qolmay bir qancha hikoya ham yozgan. „Jar“ (1916)
qissasi, „Bobil va Drujok“ (1917) hikoyasi, „Temir Mirgorod“ ocherkida Yeseninning nasriy imkoniyatlarini namoyish etgan.
Есенин, менинг назаримда, руҳи жиҳатдан биз ўзбекларга жуда яқин. Деҳқон боласи бўлгани учун ҳам Россия манзараларини шунчалик зўр таърифлаганки! Уларни ўқиганимда, кўз ўнгимда беихтиёр Фарғона кенгликлари намоён бўларди. Кейин, назаримда, у ўта самимий- Ҳамид Олимжон, Ғафур Ғуломлар каби юрагини кафтига қўйган шоир. Агар Пушкин, Лермонтов, Маяковский мен учун доно устозлар саналса, Есенинга худди ўз ўртоғимдек (мен уни ўқиганимда ўспирин эдим-да, қаттиқ боғланиб қолдим. Ана шу меҳр туфайли таржимага ўтирдим. Уни таржима қилишга ҳеч ким ундагани йўқ. Шоир-таржимон, менга қолса, бошқа тилни юзаки ўрганиш ўрнига ҳам ўз она тилини чуқурроқ ўрганса яхши бўларди. Чунки таржима санъатида ўз она тилини бутун нозиклиги ва бойлиги билан билмаслик ҳам, бошқа тилни чала билиш ҳам бирдай зарарлидир.
Эркин Воҳидов

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling