Ikkinchi qism toshkent – 2023


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/165
Sana14.09.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1678051
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   165
Bog'liq
TO\'PLAM II

Kirish. Yurtimizda ko‘p asrlik milliy davlatchiligimiz tarixiga ulkan 
xissa qo‘shgan ma’rifatparvar ayollar o‘zining mardlik tuyg‘ulari, tafakkuri, 
va ijod falsafasi bilan mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida doimo alohida 
mavqyega ega bo‘lganini ko‘ramiz. Ayollari pok, dono va oqila millatni aslo 
o‘zligidan judo qilib bo‘lmaydi. Millatni ayol tarbiyalaydi va kamolotga 
yetaklaydi. Mana shunday buyuk jasorat sohibalaridan Saroymulk xonim 
(Bibixonim), Gavharshodbegim, Gulbadanbegim, Anjumand bonu (Mumtoz 
Mahal begim), Xonzoda begim, Zebuniso kabi ko‘plab keltirishimiz mumkin. 
Xindistonning mashhur davlat arbobi Javoharlal Neru “Dunyoning 
o‘tmishini, erkaklar bilan birga buyuk ayollar amalga oshirgan ulug‘ ishlar 
to‘g‘risida fikrlash maroqlidir” - deb, bekorga aytmaganlar.
Ibratli ayol, sadoqatli umr yo‘ldosh, saltanat tayanchi, o‘zining falsafiy 
qarashlari bilan mamlakat siyosiy hayotida ustun bo‘lgan ma’rifatparvar 
Saroymulk xonimdir.  
Amir Temur va u tuzgan saltanat haqida, Temuriy malikalarning 
ijtimoiy falsafiy qarashlari haqida to‘g‘risida bir qator o‘zbek va yevropa 
olimlari ilmiy izlanishlar olib borganlar. Jumladan, T.Jalolov, T.Fayziyev, 
F.Boynazarov, 
M.Lafasov, 
A.G‘ofurov, 
N.Vasilyev, 
A.Vigasin, 
M.Dandomayev shuningdek, ingliz tilida olimlar Avari Burjor, Faruqui 
Munis D., Gandhi M.K., Nazir Ahmad Chaudhry, Hameed, Afzal Husain, Ali 
K, Burton Stein, Hermann Kulke, Dietmar Rothermund, Mahmood T, Peter 
Lyon va davriy nashrlarda Bajpai Sh.K. Burns R.N ilmiy izlanishlar olib 
borganlar. Bundan tashqari, Saroymulk xonim haqida Nizomiddin Shomiy, 
Sharafuddin Ali Yazdiy, Mu’iniddin Natanziy, Hofizi Abro‘, Abdurazzoq 
Samarqandiy, Ibn Arabshoh, Fasiq Havofiy, Rui Gonsales de Klavixo hamda 
zamondosh olimlar B.Ahmedov, T.Fayziyev, A.Ziyo, A.Berdimurodovlar 
asarlarida Saroymulk xonimning hayoti va faoliyati haqida qimmatli 
ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, Xurshid Davronning “Samarqand 
hayoli” kitobidagi “Bibixonim qissasi yoki tugamagan doston” tarixiy-badiiy 
asari ham alohida ahamiyatga ega. Mazkur tarixiy asarlarda Bibixonimning 
oqila, fozila va nufuzli ayol bo‘lganiligi tasdiqlaydi. Lekin xanuzgacha aynan 
Saroymulk xonimga bag‘ishlangan to‘liq ijtimoiy-falsafiy va tarixiy asarlar 
yaratilmagan.
Salohiddin Toshkandiy o‘zining “Temurnoma” asarida ham mazkur 
fiklarimizni tasdiqlaydi. Mazkur kitobda Bayonqulixon saltanatining 
poytaxti Buxoro shahrida navqiron Temur va malika Saroymulk xonim bilan 
tanishgan voqyeasi quyidagicha bayon qilinadi: “Bir kecha Bayonqulixon 


544 
tushida Shayx ul-a’lamni ko‘rib, aydilar: xilofi shar’iy qilmagil, turgil, 
qizlaringni erga bergil. Bayonqulixonning to‘qqiz nafar qizi bor edi. 
Uyqudan turib barcha qizlarini ja’m qildi... Barchasidan kichigi Saroy Mulk 
xonim edi, aydi, ey ota, sizning davlatingiz soyasidan hyech joyga 
bormasmen, er ham qabul qilmasmen, dedi...” 
Podshoh kunlarning birida yana bir bor Shayx ul-a’lamni ko‘radi. Bu 
safar mo‘tabar zot podshohdan Saroymulk xonimni turmushga uzatishini 
so‘raydi. Tongda xon qizini huzuriga chorlaydi. Saroymulk xonim “maning 
xohishimga qarasangiz?! Mani Tarag‘ay Bahodir o‘g‘liga (Amir Temurga) 
beringiz” deb aytadi. Ammo, Shahrisabz begi bo‘lgan Tarag‘ay Bahodir bilan 
xon orasidagi munosabatlar jiddiy tus olganligi sababli Bayonqulixon ushbu 
taklifga rozilik bildirmaydi. “Temurnoma”da Saroymulk xonim 
Bayonqulixonning qizi deb ko‘rsatilsa-da, aslida, u Qarshi shahrining 
hokimi amir Qozonxonning qizi bo‘lganligini va 1341 yil Qarshida 
tug‘ilganligi haqida tarixiy manbalar dalolat beradi. 
Bayonqulixon dono qizini Amir Temurga uzatishga kunmagach, malika 
otasiga “kimda kim men bilan shaxmat o‘ynasa va yutsa, g‘olibga turmushga 
chiqaman, xatto u cho‘pon bo‘lsa ham” deydi. Xon bu taklifga rozi bo‘ladi. 
Malika qullar kiyimini kiyib, shaxmat musobaqasiga boradi; Tong otgach 
shaxmat ustalari musobaqaga birin ketin tashrif buyuradilar. Xonning 
jarchilari butun Buxoroga bu haqida xabar qildilar. “Odamlar-o, odamlar! 
Eshitmadim demanglar!” Ammo musobaqaga tashrif buyurganlarning 
hyech biri Saroymulk xonimga bas kelolmadi. U xonlikdagi mashhur 
shaxmat ustalarini ham mag‘lub etadi. “Andin keyin jarchi bozorlarda nido 
qilur edi. Amir Sohibqiron bu ovozni eshitib, chiqib so‘rdi, jarchi voqyeani 
bayon qildi. Ammo shatranj o‘ynamoqqa misli yo‘q erdi. Amir aydi; Men 
ham bilurman. Andin keyin Amir Sohibqironni olib bordilar. Xon ko‘rdikim, 
bir turk bacha, egnida chakmon, boshida telpak... Xon buyurdikim, 
qulbachani (Saroymulk xonim) kelturinglar. Darhol kelturdilar. Amir 
bildikim, o‘g‘il libosini kiyibdur, ammo o‘zi qizdur. Filhol, ko‘rib bir-biriga 
ko‘ngil berdilar”. Shundan so‘ng shaxmat olib kelindi, Amir Temur xonga 
o‘z shartini bildirib o‘tdi: “Sohibqiron dedikim: man bir shart bilan 
o‘ynagaymen. Xon dedi: shart shundan iboratki, agar yutsang, bu qulbacha 
senga tuhfadir. Amir aydi: agar yutquzsam evaziga nima qilurmen? Xon 
dedi: Sandan hyech tama’ yo‘qdir. Amir dedi: gar man boy bersam shu 
bachaga qul bo‘lurmen. O‘zi maxfiy oshiq bo‘lib erdi. Emdi shatranj o‘ynay 
berdi uch bisotgacha. Har bisotigacha bir kecha kunduz o‘tib keta 
berdi”. Ko‘rinadiki, bu “ikki raqib” shaxmat o‘yinini ustasi. Biz bayon 
etayotgan bu voqyea bir afsonadir, biroq, Saroymulk xonim Sohibqiron 
Temur singari hayotda ham zamonasining tengsiz shaxmat ustasi bo‘lgan. 


545 
Bu haqida tarixchi Ibn Arabshoh “Amir Temur tarixi” kitobida Saroymulk 
xonim Sohibqiron Temur kabi katta shaxmat o‘ynaganini qayd etadi.
Saroy Mulk xonim kelib chiqishi chig‘atoy ulusidan bo‘lgan mo‘g‘ul 
xonilaridan biri Qozonxonning qizidir. U 1341 yilda tavallud topgan. 
Qozonxon taxtdan tushurilib, qatl etilgan vaqtida Saroy Mulk xonim 
endigina besh yoshga to‘lgan edi. Saroy Mulk xonim voyaga yetgach, 
Movarounnahr hukmdori amir Husayn uni o‘z nikohiga oladi. 
Sohibqiron Amir Temur Saroy Mulk xonimni nikohiga olgunga qadar, 
haramida boshqa xotinlari ham bo‘lgan. Lekin Saroy Mulk xonim barcha 
malikalardan ma’rifati, aql-zakovati va ijtimoiy-falsafiy qarashlari bilan 
yuksak bo‘lganligi uchun, “katta xonim” yoxud “Bibixonim” degan unvonga 
musharraf bo‘ladi. Tarixiy manbalar shuni ko‘rsatadiki, Saroy Mulk xonim 
zamonasining tenggi yo‘q noyob zakovat sohibasi, yuksak idrokli, azmu-
shijoatli, farosatli, saxiy tadbirkor va husn-malohatda ham benazir malika 
edi. Saroy Mulk xonim insonparvarlik, vatanni madh etish, mamlakatning 
siyosiy-ijtimoiy ahvoli, iqtisodiy va madaniy hayotidan doimo xabardor 
bo‘lgan, saltanat ishlarini boshqarishda o‘zining umr yo‘ldoshiga dono 
maslahatlarini berib turgan komil inson edi. Ayniqsa, ilm-ma’rifatni 
qadrlab, tolibi ilmlarga alohida g‘amho‘rlik qilgan sahovatli homiy edi. 
Saroy Mulk xonim Sohibqironning harbiy yurishlarida ham o‘z 
maslahatlarini berib borgan. Tarixiy manbalarda ta’kidlanishicha, o‘ta 
ziyrak va benazir tafakkur egasi bo‘lgan Saroy Mulkxonim saltanatni idora 
etishda yuzaga kelgan muammolarni hal etishda o‘zining falsafiy qarashlari 
bilan maslahatlarini berib borgan. Amir Temur Saroy Mulk xonimga 
bo‘ysunmasa-da, uning oqilona va odil maslahatlariga quloq solib, doim 
o‘zida unga ehtiyoj sezilib turgan. Masalan, kunlarning birida Amir Temur 
Eronga qarshi yurishda, Isfaxon qamali cho‘zilib ketadi, qo‘shinga ozuqa 
ta’minlashda mablag‘ tugab qoladi. Amir Temur Saroy Mulk xonimga noma 
yo‘llaydi. Maktub qisqacha mazmunda, “Qo‘shinning zahirasi tamom bo‘ldi, 
xazinadan zar yuboring” tarzida ifodalanadi. Saroy Mulk xonim maktubni 
o‘qigach, maktubning orqa tarafiga “Ulug‘ amirim, zaringiz tugagan bo‘lsa, 
siyosatingiz ham tugadimu?”-deb yozadi va uni maktubni olib kelgan 
choparga beradi. 
Amir Temur saroyida o‘rnatilgan qoidaga ko‘ra, xorijlik elchilarni kutib 
olish marosimida podsho bilan birgan xotinlari ham ishtirok etgan. Ispaniya 
qiroli Genrix III ning Samarqand hukmdori Amir Temur huzuriga yuborgan 
elchisi Ryui Gonzales de Klavixoning yozishicha, 1404 yilning sentyabr 
oyida Amir Temur Samarqand atrofida barpo etilgan “Dilkusho” bog‘ida 
elchilarni kutib oladi. Kutish marosimi tantanali va to‘kin dasturxonlar 
solinib boshlanadi. Klavixoning ma’lumoti bo‘yicha, ushbu tantanada 









553 
Biz yemoqchi, kiymoqchi bо’lgan narsalarimizni obdon tekshirib, keyin 
olamiz. Lekin kо’rayotgan, eshitayotgan (iste’mol qilayotgan) 
narsalarimizga, ochig‘i, e’tiborsizmiz. Vaholanki, globallashuv “ommaviy 
madaniyat”ni yoymoqda. U odamlarning tafakkuriga, musiqasiga, didiga, 
kiyinishiga, о’zaro muomalasiga, oilasiga, oilaviy munosabatlariga, hatto 
orzulariga ham chang solmoqda. 
AQShlik Bernard Rozenberg fikricha ,“Ommaviy madaniyat”ning asosiy 
sababi – zamonaviy texnika yutuqlaridir. Na milliy xarakter, na iqtisodiy, na 
siyosiy tizim bu masalada hal qiluvchi ahamiyatga ega emas”, deydi. XXI 
asrga kelib texnika taraqqiyoti har qanday milliylikni, har qanday siyosiy va 
iqtisodiy tizimni yorib qiraoldi. Bu qaysidir ma’noda fanning yutug‘i va davr 
talabidir 
Shuningdek, “Ommaviy madaniyat” globallashuv davrining maxsuli 
bо’lgan ommaviy axborot vositalarining yangi kо’rinishlari ta’sirida dunyo 
mamlakatlarining barchasiga “zamonaviy madaniyat” sifatida kirib bordi. U 
XX asr о’rtalarida ommaviy muloqot va axborot vositalarining jamiyat 
hayotiga chuqur kirib borishi va barcha ijtimoiy guruhlar uchun yetarli 
bо’lishi natijasida shakllangan hamda mohiyatan barcha yoshdagi aholi 
uchun tushunarli bо’lgan madaniyat namunalari, qadriyatlaridir [3]. 
“Ommaviy madaniyat”ning keskin rivoji XX asrning о’rtalariga tо’g‘ri 
keladi. Shu vaqtdan boshlab u keng qamrov va hujumkorlik bilan tarqala 
boshladi. 
Chunki globallashuv davrida har qanday jarayon dunyoning u chetidan 
bu chetiga tez sur’atlar bilan kо’chib о’tishini inkor eta olmaymiz. Eng 
umumiy ma’noda, globallashuv muayyan hodisa, jarayonning barcha 
mintaqalar, davlatlar va butun Yer yuzini qamrab olganini hamda ularning 
insoniyat taqdiriga daxldor ekanini anglatadi [4]. 
Globallashuv jarayonining yana bir о’ziga xos jihati uning mafkuraviy 
ta’sir о’tkazish kо’lamini haddan ziyod kengaytirib, beqiyos darajada 
tezlatib yuborganida ham kо’rinadi. “Mana shunday vaziyatda, – deb yozadi 
Yurtboshimiz, – odam о’z mustaqil fikriga, zamonlar sinovidan о’tgan 
hayotiy-milliy qadriyatlarga, sog‘lom negizda shakllangan dunyoqarash va 
mustahkam irodaga ega bо’lmasa, har turli ma’naviy tahdidlarga, ularning 
goh oshkora, goh pinhona kо’rinishdagi ta’siriga bardosh berishi 
amrimahol”. 
Xulosa qilib aytganda, Globallashuv jarayonining salbiy oqibati, 
faylasuf Bandi ta’biri bilan aytganda milliy chegaralarning yuvilishi bilan 
bog‘liq. Milliy chegaralarning yuvilishi yagona madaniyat-ommaviy 


554 
madaniyatni о’rnatilishiga olib keladi. Natijada dunyo bir umumiylikka 
keladi: yagona davlat, yagona madaniyat. Tarixdan bilamizki davlatlar 
о’zgarishi yoki davlatlarning nomi о’zgarishi mumkin. Shuningdek 
jamiyatlarning ham umri mavjud. Bir jamiyatning inqirozi ikkinchi bir 
farovon jamiyatning о’rnatilishiga sabab bо’ladi. Lekin milliylikning yо’q 
bо’lishi millatning yо’q bо’lishiga olib keladi-ku, buni chuqurroq о’ylab 
kо’rish kerak emasmi?. 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling