1-ma’ruza I. Kimyoviy reaksiyalar kinetikasi maruza rejasi
Download 237.52 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar va tushunchalar
- Adabiyotlar: 1, 3, 4, 5. 1.1. RASMIY (FORMAL) KINETIKA Kimyoviy kinetika
1-MA’RUZA I. KIMYOVIY REAKSIYALAR KINETIKASI Maruza rejasi 1.1. Rasmiy (formal) kinetika. 1.2. Kimyoviy reaksiyalarning tezligi. 1.3. Kimyoviy reaksiyalarning sinflanishi. 1.4. Oddiy reaksiyalar (mono – va biomolekulyar reaksiyalar). Tayanch iboralar va tushunchalar Kimyoviy kinetika, rasmiy kinetika, statik sharoitdagi reaksiya, dinamikaviy sharoitdagi reaksiya, reaksiya tezligi, tezlik konstantasi, reaksiyalarning molekulyarligi, oddiy reaksiyalar, monomolekulyar reaksiyalar, bimolekulyar reaksiyalar, murakkab reaksiyalar. Adabiyotlar: 1, 3, 4, 5. 1.1. RASMIY (FORMAL) KINETIKA Kimyoviy kinetika – kimyoviy reaksiyalarning tezliklari haqidagi ta‘limotdir. U kimyoviy reaksiyalarning tezligiga turli omillarning ta‘sirini, ya‘ni reaksiyaga kirishuvchi moddalarning tabiatini, ularning konsentratsiyasini, reaksiya berayotgan haroratni, katalizatorning ishtirok etish – etmasligini va boshqa bir qancha omillarning ta‘sirini o’rganadi. Reaksiya tezligini oshirish va reaksiyaga xalal beradigan qo’shimcha reaksiyalarning tezligini kamaytirish sanoatning ishlab chiqarish unumini oshirishga, xom ashyodan to’laroq foydalanishga, kam vaqt ichida ko’p mahsulot ishlab chiqarishga imkon beradi. Ilmiy jihatdan olganda esa kimyoviy reaksiyalar kinetikasini tekshirish reaksiyalarning qanday borishini, ya‘ni ularning mexanizmini o’rganishga yordam beradi. Bu esa kimyoviy reaksiyalarning yo’nalishi va ularning tezligini boshqarishga imkon beradi. Dastlabki vaqtlarda asosiy e‘tibor kimyoviy reaksiyalarni sinflarga ajratishga hamda ularning borishini ifodalaydigan tenglamalarni topishga qaratilgan. Ammo tekshirishlar oddiy reaksiyalar bilan chegaralanib, bunda reaksiyani murakkablashtiradigan omillar hisobga olinmagan edi. Reaksiyalarni shu tariqa tekshirish fizikaviy kimyo tarixda rasmiy kinetika nomi bilan yuritiladi. Rasmiy kinetikaning rivojlanishida Vant – Goff, S. Arrenius, A.V. Rakovskiy va boshqalarning ishlari muhim ahamiyatga ega. Download 237.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling