Ikkinchi qism toshkent – 2023
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
TO\'PLAM II
Kalit so‘zlar: globallashuv, yoshlar, ma’naviyat, yumshoq kuch, ommaviy
axborot vositalari, san’at, ta’lim, tarbiya. 499 Bugungi kunda g‘oyaviy ta’sir o‘tkazish imkoniyatlari tobora kengaymoqda. Globallashuv insoniyat ma’naviy-madaniy hayotida ham o‘zining misli ko‘rilmagan ta’sirini o‘tkazmoqda. Albatta, bunda fan, texnika va texnologiya sohasidagi taraqqiyot natijalarining o‘rni benihoya katta. Ayniqsa, informatsion-kommunikatsion tizimlar rivoji har qanday axborotni butun dunyo bo‘ylab ommalashishiga imkon bermoqda. Bu orqali muayyan kuchlar uning imkoniyatlaridan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishga urinmoqdalar. Hatto insonning ma’naviy olamini izdan chiqarishga qaratilgan turli mafkuraviy hurujlarni ham ommalashtir- moqdalarki, natijada butun millat ma’naviy tanazzul girdobiga tushish ehtimoli ayon bo‘lib bormoqda. Bu borada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev shunday deydi: «Globallashuv va axborot hurujlari, turli buzg‘unchi g‘oyalar ta’sirida milliy o‘zlik va ma’naviy qadriyatlarimizga qarshi tahdid va xatarlar tobora kuchaymoqda. Xudbinlik, ya’ni, faqat o‘zini o‘ylash, hayotga, mehnatga, oilaga yengil qarash, iste’molchilik kayfiyati singari illatlar turli yo‘llar bilan aholi, ayniqsa, yoshlar ongiga singdirilmoqda»[3]. Globallashuv ommaviy axborot vositalarini, avvalo, kishilarning ongiga ta’sir o‘tkazuvchi kuchli qurolga aylantirdi. Agar o‘tgan asrning birinchi yarmida xalqaro radioeshittirishlar siyosatning muhim quroli bo‘lgan bo‘lsa, asrning ikkinchi yarmiga kelib sun’iy yo‘ldosh orqali teleko‘rsatuvlarni namoyish qilish, global kompyuter tarmog‘ini yaratish orqali insoniyatning ma’naviy-madaniy hayotiga ta’sir o‘tkazishning qulay imkoniyati yaratildi. Shu munosabat bilan insonlarda qaysi qadriyatlar, g‘oyalar, timsollar, tasavvurlar barcha uchun umumiy, universal xarakter kasb etadi, degan savol paydo bo‘la boshladi. Aytish mumkinki, hozir g‘oyalar, ma’naviy- madaniy qadriyatlarning jahon bozori paydo bo‘lib, unda kuchli tomonning biznes manfaati va siyosiy ta’siri ta’minlanmoqda. Ayniqsa, yoshlar ongini zabt etish orqali davlat xavfsizligiga, suverenitetiga dahl qilinmoqda. So‘nggi paytlarda G‘arb sivilizatsiyasi texnik va texnologik innovatsiyalar, demokratiya va inson huquqlari kabi g‘oyalar bilan birga «ommaviy ma’naviyat»ning turli xil ko‘rinishlarini namoyon qilmoqda hamda endi rivojlanayotgan xalqlar, millatlarning taqlid obyektiga aylanib bormoqda. Jumladan, 2014 yil «Yevrovidenie» qo‘shiqlar tanlovida g‘alaba qozongan avstriyalik «soqolli xonim» Konchita Vurst ko‘pchilikning nazarida faqat zamonaviy G‘arb musiqa madaniyatining emas, balki bugungi G‘arb jamiyatining axloqiy holatini ham aks ettiruvchi timsolga aylandi. Shu sababli G‘arbning o‘zida ham «ommaviy ma’naviyat» ko‘pchilik faylasuflar, sotsiologlar va madaniyatshunoslar tomonidan juda tashvishli hodisa sifatida qaralmoqda. U olamni o‘ta jo‘n qabul qilishga chorlagani uchun 500 ma’naviy buzilish manbai sifatida ta’riflanmoqda. Odatda «Yevrovidenie» tanlovi Yevropaning yumshoq kuch (Soft power) quroli bo‘lib qolmoqda. Go‘yoki ushbu tanlov orqali Yevropa integratsiyasi, birdamligini namoyish qilishadi. Lekin masalaning boshqa tomoniga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, bu kabi tanlovlar butun dunyoga «vesternizatsiya», ya’ni «g‘arb madaniyati»ni targ‘ibot va tashviqot qilishga juda qulay imkon hamdir. Aynan iqtisodiy qudratli davlatlar tomonidan moliyalashtiriladigan shu kabi tanlovlarda kichikroq davlatlarning san’atkorlari ham ishtirok etib, o‘z qobiliyatlarini namoyish qilishlari va shu orqali ular o‘z milliy madaniyatlarini «boyitish»ga xizmat qilishlari mumkin. Eng qizig‘i bunda yuksak qadrlanadigan mumtoz kuylar emas, yengil-yelpi, ommabop taronalar tanlanadi. Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning quyidagi fikrlari diqqatga sazovordir: «Ma’naviyatga qarshi qaratilgan har qanday tahdid o‘z-o‘zidan mamlakat xavfsizligini, uning milliy manfaatlarini, sog‘lom avlod kelajagini ta’minlash yo‘lidagi jiddiy xatarlardan biriga aylanishi va oxir-oqibatda jamiyatni inqirozga olib kelishi mumkin»[1]. Afsuslanarli tomoni shundaki, so‘nggi yillarda jinsiy ozchilik qatlamlarni rag‘batlantirish tendensiyasi kuchayib, ular orqali milliy davlatlar ma’naviy-madaniy olamini «g‘arblashtirish» siyosati yuritilmoqda. Birgina insonning ma’naviy borlig‘iga kuch beradigan san’at geosiyosat quroliga aylanib bormoqda. Bu esa milliy davlatlar ma’naviy-madaniy suverenitetida katta rezonansga sabab bo‘lmoqda. Bir tomondan «g‘arblashtirish»ni ko‘r-ko‘rona qabul qilib, uni targ‘ibot va tashviqotchisiga aylangan qatlam bo‘lsa, ikkinchi tomondan milliy va diniy qadriyatlarga sobit qatlam o‘rtasidagi «kurash». Bu «kurash»da davlatning roli jamiyatdagi ko‘pchilik irodasidan kelib chiqishi darkor. Ayniqsa, O‘zbekistonga o‘xshagan aholisining aksar qismi musulmon bo‘lgan, o‘zbek millati vakili hisoblangan milliy davlatlar ma’naviy-madaniy siyosatida G‘arb «taklif etayotgan» madaniyatga munosib «javob bera oladigan», zamon bilan hamnafas milliy qadriyatlar ruhida shakllantirilgan muqobil tanlovlarni ishlab chiqish va ommalashtirish majburiyati yuzaga kelmoqda. Shuning uchun ham O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoevning tashabbuslari bilan 2017 yil 7 noyabrdagi «O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3391-son, 2018-yil 1- noyabrdagi «Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini o‘tkazish to‘g‘risida»gi PQ-3990-son qarorlari maqomchilik va baxshichilik kabi bir qator milliy qadriyatlamizni saqlab qolishning huquqiy asoslarini yanada mustahkamladi va rivojlanishiga zamin tayyorladi. Bu shubhasiz «Yevrovidenie»ga o‘xshagan tanlovlar orqali yaratilayotgan «sun’iy», yengil-yelpi san’atni emas, aksincha haqiqiy san’atning yashab qolishi 501 uchun imkon bermoqda. Hatto, 1997-yildan buyon har ikki yilda bir marta «ro‘yi zamin sayqali» bo‘lgan Samarqand shahrida o‘tkazib kelinayotgan «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivalining jahon jamoatchiligi tomonidan keng e’tirofga sazovor bo‘layotgani insoniyatning asl san’atga ma’naviy-madaniy ehtiyoji so‘nmaganligi, aksincha unga ko‘proq muhtoj ekanligidan dalolat bermoqda. Shubhasiz, bu kabi tadbirlar milliy davlat suverenitetini globallashuvning «ma’naviy-madaniy ekspansiyasi»dan asrashga xizmat qiladi. Endilikda global axborot makonida hokimiyatni qo‘lga kiritish muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Natijada axborot orqali bevosita hamda bilvosita inson ongi, xulq-atvori hamda faoliyatiga ta’sir etib, uning ustidan mafkuraviy nazorat o‘rnatish imkoniyati vujudga keldi. Yirik davlatlar va kuchlar global axborot makonidan o‘zlarining geostrategik manfaatlari uchun foydalana boshladi. Bunda global OAV va elektron tarmoqlari muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Chunki OAV istalgan davlat to‘g‘risida jamoatchilik fikrini shakllanishiga, o‘ziga xos «ma’naviy standartlar»ning yuzaga kelishiga, bu orqali milliy davlatlar siyosatiga muayyan ta’sir o‘tkazishga olib kelmoqda. Shuning uchun ham AQShning sobiq prezidenti Richard Nikson milliy xavfsizlik kengashida budjet harajatlari masalasida nutq irod eta turib: «axborot va targ‘ibot uchun sarflangan 1 dollar qurol- yarog‘ tizimini yaratishga sarflangan 10 dollardan qimmatliroq, chunki axborot har soatda har qaerda ishlaydi, qurol-yarog‘ tizimi qachondir ishga solinadimi-yo‘qmi, noma’lum»ligini aytgandi [2]. Yoki O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor: «Adabiyot atomdan kuchli, lekin uning kuchini o‘tin yorishga sarf qilish kerak emas», deganda haq edi. Bu orqali muallif uning kuchini jamiyat va davlat taraqqiyoti, turli illatlarga qarshi kurash uchun sarf qilishni nazarda tutgan. San’at ham yoshlar ongiga ta’sir ko‘rsatishning «yumshoq kuch» vositasi hisoblanadi. Ayniqsa, boshqa mamlakatni bosib olishda «yumshoq kuch»dan foydalanish g‘oyasi qadimdan ma’lum. Bu miloddan oldingi VI asrda yashagan xitoylik faylasuf Sun szining asarlarida ham uchraydi. U «yumshoq kuch»ni qattiq jismlarni vayron qila oladigan mayin suvga yoki erkaklarning qattiq kuchini yengadigan ayollar jozibasiga o‘xshatadi[4]. Ma’lumki, musiqa, kino san’ati kabilarning insonlar ehtirosini qo‘zg‘ata olish imkoniyati jamiyat orqali davlat siyosatiga ham ta’sir o‘tkazadi. Bugun san’atning turli ko‘rinishlari orqali inson qalbi va ongini egallash hamda ular orqali milliy davlatlar suverenitetini «madaniy ekspansiya» qilish avj olmoqda. Hozirgi globallashuv sharoitida milliy davlatlar madaniyatini mamlakatning strategik zaxirasi, davlatning suverenligi va ravnaq topishi negizi deb hisoblash darkor. Chunki san’at niqobi ostida yot g‘oyalarni 502 muayyan millat ongiga singdirish amaliyoti manfaatdor kuchlar uchun ancha xavfsiz, «qonuniy» va kamchiqimdir. Bugun aksar rivojlangan davlatlar taraqqiyotiga aynan o‘z vaqtida samarali tashkil etilgan ta’lim-tarbiya tizimi bosh omil hisoblanadi. Ayniqsa, milliy g‘oya asosida tashkil etilgan ta’lim-tarbiya tizimi millat va uning suverenitetini kafolatlaydi. Biroq ta’lim-tarbiya tizimi orqali milliy davlatlar suverenitetini shubha ostiga qoldirish holatlari ham uchramoqda. Albatta bunga «yumshoq kuch» vositasi sifatida qaralmog‘i lozim. Ma’lumki, Rossiya postsovet o‘lkalarida ittifoq vorisligini saqlab qolish ilinjida barcha xatti-harakatlardan qaytmasligini isbotlagan. Hatto Markaziy Osiyo respublikalari ta’lim tizimida rus tili ta’limini rivojlantirish bahonasida o‘z ta’sirini saqlab qolishga urinayotgani buning yorqin dalilidir. Chunki til Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling