Ikkinchi qism toshkent – 2023


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/165
Sana14.09.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1678051
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   165
Bog'liq
TO\'PLAM II

Mas’uliyatsizlik.
Bugun ayrim ota-onalarimiz tomonidan qo‘pol 
ravishda yo‘l qo‘yilayotgan xatoliklar ortidan yoshlar mas’uliyatsizligi ortib 
bormoqda. Masalan, ilmga bo‘lgan mas’uliyatsizlikni keltirib o‘tish o‘rinli 
bo‘ladi. Bu borada olib borgan so‘rovnoma natijalari. Ya’ni Siz uchun qaysi 
turdagi bilim olish imkoniyatlari muhim hisoblanadi?
mazmunidagi savolga, 
jami 15-20 yoshlar oralig‘idagi 350 ta respondentlarni bergan umumiy 
javobi quyidagicha bo‘ldi:
− qiziqishga qarab olingan bilim 91 ta (26 %); 
− ota-ona bergan bilim 42 ta (12 %); 
− maktab darsligidan olingan bilim 49 ta (14 %); 
− mustaqil kitob o‘qish orqali olingan bilim 73 (21 %); 
− internet xizmatlaridan, ijtimoiy tarmoqlardan, onlayn kurslardan 
olingan bilim 95 ta (27 %).
Bundan xulosa kelib chiqadiki, yoshlar tafakkurida kibermakon 
imkoniyatlariga “suyanib qolish, tayanish” orqali fikrlar qobiliyati oshib 
bormoqda. Boshqacha aytganda, ota-onalarimiz berayotgan tarbiya 
qoniqarli emas, maktab darsliklarida keltirib o‘tilgan ma’lumotlar “internet 
saytlaridan” olinadigan axborot shaklidagi bilim o‘rnini bosa olmayapti. 
Agar muammoga chuqurroq yondashadigan bo‘lsak, masalaning ikkinchi 


513 
tomoni ham ochiladi. Ya’ni kutubxonada kitob o‘qish yoki 45 minut 
maktabda, 80 daqiqa oliy ta’lim dargohlari auditoriyasida berilayotgan 
(o‘qituvchi yoki domlalar tomonidan)
bilimdan ko‘ra − internet makonidan 
axborot izlash orqali bilim olish qo‘layroq degan tushuncha, yoshlar ongida 
muqim o‘rin tutmoqda.
Xush! bu hol yaxshimi yoki yomon? degan haqli savol tug‘iladi. Bizning 
javob: 
Yaxshi deydigan bo‘lsak.
Demak, bolalarimiz o‘ziga qo‘lay bo‘lgan 
tartibda, vaqtda, shart-sharoitda turli variantlarda bilim olishi mumkin.
Yomon deydigan bo‘lsak.
Demak, maktab o‘qituvchisi yoki oliygoh 
domlasi bilan munozaraga kirishish, fikrlarni qiyosiy tahlil etish, ma’lum bir 
vaqt me’yoriga amal qilish, berilayotgan savolga ham, olinayotgan javobga 
ham mas’uliyatni chuqur his etmaslik − ko‘nikma darajasiga chiqib, yoshlar 
kundalik tarzida doimiy qaror topadi. Buning oqibatlari qanday bo‘ladi? kabi 
savollarga javob bitta: ilm qadri tushadi, ilmsizlik ortadi, o‘qituvchi, domla 
kabi ustozlar mavqei, obro‘si toptaladi. Tom ma’noda jamiyat tanazzul sari 
yuz tutadi. Loqaydlik. Ilmsizlik loqaydlikni keltirib chiqaruvchi asosiy omil 
hisoblanadi. Masalan, qilayotgan ishingizda, bajarayotgan amalingizda 
ilmiy dalil, isbot yoki aniq asosingiz bo‘lmasa, to‘g‘ri yo‘ldan 
borayotganligingizga to‘liq ishonchingiz komil bo‘lmaydi. Bu bajarayotgan 
amalingizdan qoniqish hosil qilmayotganligingizni anglatadi va o‘z 
navbatida − kasb, vijdon, davlat, jamiyat oldidagi vazifangizga nisbatan 
loqaydlik bilan yondashayotganligingizni ko‘rsatadi. Shu sababli, bugungi 
yoshlarning aksariyatida ilmga bo‘lgan loqaydlik avj olmoqda. Masalan, 
mamlakatimizning oliy dargohlariga 2022-2023 o‘quv yili uchun e’lon 
qilingan kvotalar bo‘yicha olingan test imtihonlarining umumiy natijalariga 
e’tibor qaratsak, yoshlarni ilmga bo‘lgan passiv munosabati yaqqol 
ko‘rinadi. Ma’lumot uchun: O‘zbekistonda 2022/2023-o‘quv yilida 1 million 
73 ming 821 nafar abituriyent testga kirgan bo‘lib, ularning yarmidan ko‘pi 
o‘tish ballini to‘play olmagan. DTMning mandat.dtm.uz saytidagi ochiq 
ma’lumotlarga ko‘ra, 
testga kirgan abituriyentlarning 550 ming nafari (51,2 
foizi) o‘tish balining eng quyi chegarasi bo‘lgan 56,7 ballni ham to‘play 
olmagan[5]. Bundan xulosa shuki, davlatimiz tomonidan yoshlarni ilm 
olishiga, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha zamon talablariga javob beradigan 
yetuk kadr bo‘lib yetishishlariga keng imkoniyatlar yaratilib berilgani sari, 
ularning ilm olishga bo‘lgan loqaydligi ham oshib bormoqda. Albatta buning 
obyektiv va subyektiv sabablari bor. Obyektiv sabablar: aksariyat maktab va 
oliygohlarda o‘z kasbini chuqur biladigan, zamonaviy bilim, ko‘nikma va 
malaka bilan qurollangan pedagog kadrlarning yetishmovchiligi, texnik, 
texnologik, axborot resurs ba’zalarning taqchilligi, global axborot 


514 
xurujlarini oshib borayotganligi, inson ongini chalg‘ituvchi dezinformatsion 
ma’lumotlar oqimiga bo‘lgan “ijtimoiy talab” rivojlanib borayotganligini 
misol qilish mumkin. Subyektiv sabablar: ota-onalar faoliyatida − farzand 
uchun moddiy ta’minotni birinchi o‘ringa chiqib qolishi, ma’naviy ozuqaga 
(tarbiyaga) yetarli darajada e’tibor bermayotganligi, farzandlar uchun 
barcha 
shart-sharoitni 
ota-ona 
tomonidan 
yaratib 
berishga 
urinilayotganligi, farzandlarni mehnatkash, o‘z kelajagi uchun avvalo o‘zi 
mas’ul ekanligini uqtiruvchi tarbiya o‘rniga “men bor nima g‘aming bor”, 
“meni davrimda yashab qol”, “men qiynalib katta bo‘ldim, farzandim 
bunday bo‘lmasligi kerak”, “o‘qiganlar nima bo‘layapti, muhimi pul topishni 
bilish kerak” va boshqa shu kabi “aqlsizlarcha fikrlashimiz” ortidan − 
farzandlarimiz kelajagi mavhumlashib bormoqda. Yuqorida keltirib o‘tilgan 
fikr mulohazalardan kelib chiqib, quyidagi xulosalarni keltirib o‘tamiz: 1. 
Oila, mahalla, maktabgacha ta’lim muassasalari hamda maktab ta’limida 
bilim va ko‘nikma olayotgan yosh avlodni kiber tahdidlar qurshoviga tushib 
qolmasligini ta’minlash zarur. Buning uchun, ular ongida “urug‘ sochishi” 
mumkin bo‘lgan kiber tahdidlar, ularning oqibatlari haqida axborot berish 
mexanizmini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish tavsiya etiladi.
2. Oliy ta’lim dargohlarida tahsil olayotgan talabalar bilimini qiyosiy 
tahlil etish, ular foydalanayotgan manbalar sofligini nazorat qilish, kelishi 
kutilayotgan “axborot xuruji”ni oldini olish, “axborot seleksiyasi”ni tashkil 
etish, yoshlar dunyoqarashini mafkuraviy tahdidlardan himoyalash bo‘yicha 
davlat dasturi ishlab chiqilishi kerak. 
3. Kiber tahdidga qarshi kurashishda ommaviy axborot vositalari rolini 
oshirish, ular faoliyati orqali − jamiyatning har bir qatlamida “daxldorlik 
mas’uliyati”ni shakllantirish mexanizmini yo‘lga qo‘yish zamon talabi 
bo‘lib qolmoqda. 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling