Ikkinchi qism toshkent – 2023
tafakkurga ta’sir o‘tkaza oladigan kuchli quroldir
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
TO\'PLAM II
tafakkurga ta’sir o‘tkaza oladigan kuchli quroldir. Muayyan xorijiy tilni
o‘rganayotgan shaxs o‘zi bilmagan holda o‘sha xorijiy madaniyatni ham ma’lum qismini qabul qiladi. Markaziy Osiyodagi milliy davlatlar aholisi esa aksar axborotlarni rus tili orqali, boshqacha aytganda, Rossiya «ko‘zi» bilan qabul qilmoqda. Bu shubhasiz Rossiyaning kelajakda ham mintaqadagi milliy davlatlarga ta’sirini uzoq vaqt saqlanishiga xizmat qilishi mumkin. Rossiya tomonidan rus tilini o‘qitish bo‘yicha har yili yuzlab mutaxassislar MDH respublikalariga jo‘natilishi ham bejiz emas. Zero, shuni unutmaslik kerakki, har bir millat, mamlakat uchun o‘z manfaatlari ustuvor bo‘lib, hech kim bir-biriga «beg‘araz» yordam bermaydi. Shuning uchun ham ular o‘z manfaatlari yo‘lida boshqa millatlarni, davlatlarni «qurbon» qilishi mumkinligini bugungi kundagi geosiyosiy ahvol isbotlab turibdi. Bu esa endi rivojlanayotgan milliy davlatlar uchun «ogohlik belgisi» bo‘lishi darkor. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2011. – B.12. 2. Leonov N.S. Информационно-аналитическая работа в загран- учреждениях. – M.: 1196. 3. Mirziyoev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. T.: O‘zbekiston, 2021. – B. 268. 4. Quronov M. Ogohlik: tarix va zamon saboqlari. T.: Manaviyat, 2015. – B.43. 511 (telefon, planshet, kompyuter, televideniye, internet) foydalanmaslikning real imkoni yo‘qolib bormoqda. Zero “taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz shart va zarur. Bu bizga rivojlanishning eng qisqa yo‘lidan borish imkonini beradi. Demak, “kibermakon imkoniyatlaridan qay tariqa foydalanish maqsadga muvofiq?” doirasidagi savollarga javob topish asnosida, uning mamlakatda olib borilayotgan ta’lim va tarbiya tizim samaradorligi pozitiv ta’sirini oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish mumkin. Buning uchun avvalo zararli kibertahdid omillaridan himoya qiluvchi “ijtimoiy kiber xavfsizlik” konsepsiyasini yaratish kerak. Sabab, ta’lim va tarbiya yoshidagi bolalarimiz ongi shuurini “ommaviy madaniyat” niqobi ostida kirib kelayotgan madaniyatsizlik urflari, “onlayn o‘yinlar”, “G‘arb mafkurasi bilan boyitilgan seriallar, musiqiy videorolik, reklama, yoki kinofilm”lardan himoyalanish mexanizmi hanuz yaratilgan emas. Borlari ham bir-biriga zid bo‘lgan, ya’ni jamiyat va davlat manfaatlaridagi “tutash chiziqlar”da yuzaga kelayotgan nomutanosibliklar bilan izohlanmoqda. Bugun ilm olish yoshidagi farzandlarimizning nafaqat tarbiyasiga, balki, ta’lim olish jarayoniga ham salbiy ta’sir etuvchi “kiber tahdid”lar ko‘lami oshib bormoqda. Masalan, ko‘pchilik yoshlarimizni o‘ziga tortib kelayotgan onlayn qimor o‘yinlari (bukmekerlik). Xush “bukmekerlik” xizmati o‘zi nima? U qanday faoliyat turi hisoblanadi! Bukmekerlik (inglizcha bukmeykerlik konserni) − turli xil bo‘lajak tadbirlarga (ko‘pincha sport) naqd pul tikishlarni qabul qiladigan, shuningdek, yutuq to‘lovi bilan shug‘ullanadigan professional kasb[1]. Bukmekerlik aksariyat zamonaviy sport turlarining vatani bo‘lmish Buyuk Britaniyada paydo bo‘lgan. Bukmekerlar manfaatlarining predmeti sifatida shakllangan ilk sport turi ot poygasidir. Bugunga kelib esa sportning barcha turlariga pul tikilmoqda. Shu o‘rinda keltirib o‘tish kerakki, har qanday faoliyatda bo‘lgani kabi bukmekerlikning ham kamida ikki jihati mavjud. Bular axloqiy va ijtimoiy jihatlardir. Bukmekerlikning axloqiy jihatlari. Kundalik hayotimizda mavjud hodisani inson tabiati hech qachon rad etolmaydi. Bu tabiiy jarayondir. Ammo shunday holatlar bo‘ladiki, bu vaqt oralig‘ida inson o‘zini o‘zi xarob etayotganligini sezishi qiyin kechadi. Masalan, bukmekerlikning inson ruhiyati, axloqiy tarbiyasiga salbiy ta’sirini shunday izohlash mumkin − u shaxsning chiniqmagan ruhiyatini buzadi, bu xuddi noqonuniy totalizatorlar bilan bog‘liq g‘alati holatga o‘xshaydi. Unda bema’ni va sizni o‘ta ranjituvchi psixologik zo‘riqish holatlari aql bovar qilmas darajada ro‘y beradi. Bukmekerlikning ijtimoiy jihatlari. Xuddi futbol o‘ynaganimizda yoki sevimli jamoamiz, bokschilarimiz, kurashchilarimiz, tennischilarimizga xayrixohlik qilganimiz kabi, biz o‘z jamoamiz uchun har 512 qanday holatda pul ekvivalenti mavjudmi yo‘qmi, ularni yutug‘iga umid bog‘laymiz. Aslida ijtimoiy hodisa sifatida bukmekerlik, garchi ko‘pincha biz buni anglamasak-da, allaqachon ongimizdan o‘rin olgan[4]. Xulosa shuki, kibermakon insoniyat tomonidan yaratilgan “mega makon” bo‘lib, undan unumli foydalanishning turlari ko‘p. Agar ma’naviy ozuqa olish uchun intilsangiz − cheksiz imkoniyat. Agar ko‘ngilxushlik, vaqt o‘tkazish, nimadir qilish yoki daromad topish ilinjida foydalansangiz − “tubsiz jar”, “ma’naviy og‘u”, “noinsoniy madaniyat eskalatsiyasi”, iqtisodiy tanazzul sifatida o‘zligingizdan judo etuvchi “kiber makondir”. Zamonaviy kibermakonning psixologik tahdidlaridan yana biri bu − yoshlar o‘rtasida avj olib borayotgan mas’uliyatsizlik, loqaydlik, beparvolik, milliy ma’naviy qadriyatlardan begonalashuv bo‘lib qolmoqda. Ularda shakllanayotgan bu illatlarning ta’siri nafaqat ta’lim va tarbiya jarayoniga, balki, butun “jamiyat kelajagi”ga tahdid sifatida baholanishi kerak[3]. Chunki, yoshlar dunyoqarashida, ijtimoiy turmush-tarzida shakllanayotgan bu “ma’naviy qusurlarni” oldini olish o‘ta dolzabr muammo hisoblanadi. Agarda tarbiyada yuzaga kelayotgan “ma’naviy uzilishlar”ni oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilmasa, uning ortidan ko‘plab yo‘qotishlarni kelib chiqishi tarixan isbot talab etmaydigan haqiqatdir. Yuqorida keltirib o‘tilgan fikrlarni asoslovchi tadqiqot xulosalarimizni hamda jamoatchilik fikri va mulohazalarini qiyosiy tahlil etgan holda keltirib o‘tamiz: Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling