Ikkinchi qism toshkent – 2023
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
TO\'PLAM II
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1.Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. –Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2021. 2. Mirziyoyev Sh.M. “Milliy armiyamiz - tinch, osuda va farovon hayotimizning mustahkam kafolati”. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari 178 tashkil etilganining 25 yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga yo‘llagan bayram tabrigidan.https://de-de. Fasebook.com. 3. Abdulla Avloniy. Tanlangan asarlar. 2-jild. Turkiy guliston yoxud axloq. Toshkent, “Ma’naviyat” 1998. 4. Kaykovus. “Qobusnoma”. Toshkent, “Istiqlol”, 1994. 5.http://hozir.org/b-abdullayeva-m-usmonbayeva-o-asqarova-f- ehsonova-s-hakimov.html?page=50 INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR VOSITASIDA UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA IJTIMOIY-MA’NAVIY MUHITNI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH Boyzaqova Umida Ashirali qizi Namangan davlat universiteti tayanch doktoranti Annotatsiya: Maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktalarida ijtimoiy- ma’naviy muhitni tashkil etish va boshqarish muhim vazifalardan biri ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda, “Ijtimoiy- ma’naviy muhitni ilmiy asosda tahlil qilishni davrning o‘zi talab etmoqda” buning uchun innovatsion texnologiyalar vositasida amalga oshirish yo‘llari va takliflari berib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: innovatsiya, ta’limda innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, ijtimoiy-ma’naviy muhit, plyuralizm. Globallashuv sharoitida yuz berayotgan ilm-fan taraqqiyoti va texnologiyalar rivoji har qanday sohada innovatsion texnologiyalarni qo‘llashni talab etmoqda. Bugungi kunimizda an’anaviy uslublar va vositalarning o‘zi bilangina boshqaruvda samaradorlikka erishib bo‘lmaydi. Innovatsion texnologiyalar, birinchi navbatda raqamli texnologiyalar jamiyat kundalik hayotining ajralmas bo‘lagiga aylanib ulgurgani barchamizga birdek ma’lum. Shu o‘rinda, innovatsiya – muayyan tizimning ichki tuzilishini o‘zgartirishga qaratilgan faoliyat bo‘lib, ilmiy-texnika yutuqlari va ilg‘or tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qo‘llanishi ekanligi barchamizga birdek ma’lum [2]. An’anaviy ta’limda o‘quvchilarni tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatib kelinganligi, bu esa o‘quvchilarning tashabbuskorligi va kreativ fikrlash qobiliyatlari rivojlanishiga etarli imkon bermaganligini ta’lim tizimi 179 tajribasidan kuzatishimiz mumkin. Fan, texnika va innovatsion texnologiyalarning rivojlanishi orqali ta’lim-tarbiya jarayonida interfaol uslublar (innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalari)dan foydalanish orqali ta’limning samaradorligini kuchaytirish masalalari tobora jiddiy ahamiyat kasb etmoqda. Ta’limda innovatsion texnologiyalar qo‘llash natijasida o‘quvchilar egallaydigan bilimlar mustahkamlanib, ularda tahlil qilish va xulosa chiqarish kto‘g‘ri xulosalar chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirmoqda. Umumta’lim maktablarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni tashkil etish va boshqarish uchun mas’ul bo‘lgan pedagogik jamoa bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga, shuningdek, erkin fikrlab tengdoshlari bilan o‘zaro hamkorlikda ishlash va harakat qilishlariga sharoit yaratadi. Shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayonlarida boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Ta’lim-tarbiya jarayonida umumta’lim maktabi rahbariyati, pedagoglar va o‘quvchilar, yaxlit qilib oladigan bo‘lsa umumta’lim maktabi jamoasi markaziy ishtirokchiga aylanadi. Innovatsion texnologiyalar asosida o‘tkazilgan o‘quvlar o‘quvchilarning muhim hayotiy yutuq va muammolariga o‘z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, o‘z nuqtai nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi. Ta’limda innovatsion texnologiyalarni joriy qilish deganda, tasavvurimizda zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash paydo bo‘ladi. Ijtimoiy-ma’naviy muhitni tashkil etishda, uni boshqarish va boshqaruvda samaradorlikka erishishda zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash lozimdir. Shu o‘rinda tadqiqotlarimiz va olimlarning fikrlari natijasida kelgan hulosamizga ko‘ra ijtimoiy-ma’naviy muhit tushunchasiga ta’rif berib o‘tsak, ijtimoiy-ma’naviy muhit bu – shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi ahloqiy, madaniy, diniy, g‘oyaviy qarashlarni ifodolovchi borlqi yoki bularni o‘zida aks ettiruvchi makondir. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Ijtimoiy-ma’naviy muhitni ilmiy asosda tahlil qilishni davrning o‘zi talab etmoqda” [1]. Bu esa, birinchi navbatda jamiyatning eng muhim instituti sifatida ta’lim muassasalarida boshqaruv mexanizmlarini to‘g‘ri tashkil etish kerakligini, metod va mexanizmlarni joriy etish kerakligini ifodalaydi. Ta’kidlash kerakki, zamonaviy texnologiyalarning shakli va mazmunining xilma-xilligi o‘quvchilarning qiziqishi, imkoniyati va shaxsiy xususiyatlaridan kelib chiqib taklif etilayotgan holatlardan tanlash imkoniyatini beradi. Bunday imkoniyat ijtimoiy-ma’naviy muhitni tashkil etish tizimida ham o‘z aksini topishi zarur. Ijtimoiy-ma’naviy muhitni tashkil etish jarayoni va boshqarishda jarayonni axborot-texnologiyalari asosida tashkil etishi bunday muammoning echimi bo‘la oladi. Ijtimoiy- 180 ma’naviy muhitni tashkil etishni raqamlashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy etish maqsadga muvofiqdir. Umumta’lim maktabida ijtimoiy-ma’naviy muhitni tashkil etish jarayonida shaxsning butun umri davomida ta’lim olishi zarur, ya’ni ta’lim uzluksiz bo‘lishi kerakligi unutmaslik kerak. SHundan kelib chiqadigan bo‘lsak, uzluksiz ta’lim – davr talabidir. Ushbu masala zamonaviy axborot texnologiyalariga bo‘lgan ehtiyojni yanada oshirishi shubhasiz. XXI asr – axborotlashtirish asrida ta’lim sohasini axborotlashtirish, har bir ta’lim muassasasidan: – o‘qitish va o‘qish jarayonining; – ta’lim muassasasi boshqarilishining; – ta’lim muassasasi bo‘linmalarining; – ta’lim muassasasi faoliyati muhitining axborotlashtirilishini talab qiladi. Raqamli texnologiyalaridan foydalanish jarayonida, pedagog va o‘quvchilar uning mazmuniga ko‘ra bir qancha vazifalarni bajarishi mumkin. Faol foydalanish imkoniyatiga ega raqamli texnologiyalari quyidagi asosiy didaktik funksiyalarni bajaradi: – multimedia texnologiyasini qo‘llash evaziga o‘quvchilarda fanlarga qiziqishni rivojlantiradi; – bunda ta’limning interfaolligi tufayli o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini faollashtiradi va o‘kuv materialini o‘zlashtirilishining samaradorligi oshadi; – real holatlarda namoyish qilinishi qiyin yoxud murakkab bo‘lgan jarayonlarni modellashtirish va ko‘rish imkoniyatini berishi bilan muhim hisoblanadi; – o‘kuv materiallarini o‘zlashtirilishi faqat darajasiga ko‘ra emas, balki o‘kuvchilar erishgan mantiq va qabul qilishlarining darajasiga ko‘ra ham samarali hisoblanadi; – masofadan turib ta’lim olishni faqat o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar yoki internet ta’limi uchungina emas, bapki sababsiz dars qoldirgan o‘kuvchilar uchun ham tashkil etish imkoniyatini beradi; – o‘kuvchilarga mustaqil izlanish yo‘li bilan materiallarni izlash, topish hamda muammoli masalalarga javob topish orqali ma’lum tadqiqot ishlarini bajarish uchun imkoniyat yaratadi; – o‘quvchilarning yangi mavzuni o‘zlashtirishi, misollar echishi, insho, bayon yozish ishlarida, o‘quv materiallari bilan mustaqil tanishish, tanlash va axborot hamda ma’lumotlarni tahlil etish kabi masalalarni tez bajarish uchun sharoit yaratadi.[3] 181 Zamonaviy yoki raqamli texnologiyalar asosida o‘qituvchi o‘z pedagogik mahoratini oshirish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni tashkil etish uchun mustaqil faoliyatida kuyidagi vazifalarni bajaradi: 1. O‘kuv jarayonini bir bugun guruh va bir butun fan (o‘quv jarayonining rejasi, tashqi tashxis, nazorat ishlari va boshqalar) sifatida tashkil etish. 2. Ijtimoiy-ma’naviy muhitni tashkil jarayonida sinf yoki o‘quvchilar guruhini faollashtirish, muvofiqlashtirish, o‘quvchilarning jarayondagi vazifalari yoki rollarini taqsimlash, ko‘rsatmalar, guruh ichida boshqarish va boshqalar. 3. O‘quvchilarni har birini alohida alohida kuzatish, individual yordam ko‘rsatish, har bir o‘quvchi bilan yakka tartibda muloqot olib borish. Raqamli texnologiyalar va maxsus dasturlar asosida eshitish va ko‘rish imkoniyatlari, individual o‘qitish, qarashlarni shakllantirishning eng samarali shakllariga erishiladi. 4. Axborot muhitining tashkiliy qismlari (shaxsiy kompyuter, o‘quv va namoyish kurilmalarining har xil turlari, dasturiy vositalar va tizimlar, o‘quv-metodik ko‘rsatma, qo‘llanmalar va boshqalar) ijtimoiy-ma’naviy muhitni tashkil etish jarayonidagi umumta’lim maktabi oldiga qo‘ygan asosiy maqsad mazmuni bilan aniqlangan bog‘liqlik asosida tayyorlanadi. O‘z navbatida raqamli texnologiyalarni ijtimoiy-ma’naviy muhitni tashkil etish va boshqarishda qo‘llash, pedagoglarning jamoa bo‘lib harakatlanishlariga ham turtki bo‘ladi. Chunki, dasturning shaffof va mukammal ishlashi har bir o‘qituvchiga, boshqaruv bo‘g‘ining har bir a’zosiga, dasturni muvofiqlashtirish uchun mas’ullarning yaxlit tizim sifatida harakatlanishiga bog‘liq bo‘lib qoladi. O‘z navbatida bu jamoadagi munosabatlarning yaxshilanishi, o‘zaro kommunikativ aloqalarning mustahkamlanishi, ijtimoiy-ma’naviy muhitning barqarorligi uchun birlashgan sub’ektlarning o‘zaro kelishgan holda yaxlit mexanizm sifatida harakatlanishiga olib keladi. Innovatsion texnologiyalarni qo‘llanilishi umumta’lim maktablaridagi ijtimoiy-ma’anviy muhitni tashkil etish va boshqarishning an’anaviy metodlaridan farqli va ijobiy jihati ham shundaki, an’anaviy jarayonda rahbarlik bo‘g‘inlari strategiya va maqsadni belgilovchi sifatida ishtirok etsa, bunda barcha sub’ektlar jamoaviy harakatlanishi, qarorlar qabul qilishda jamoa rolini oshiradi. Albatta bu ijobiy jarayon hisoblanadi, ijtimoiy-ma’naviy muhitni tashkil etish va boshqarishda fikrlar xilma-xilligi (plyuralizm) yuzaga keladi. YAna bir muhim jihati jarayonda ishtirok etayotgan o‘quvchilar ham bir vaqtning o‘zida ishtirokchiga va shu vaqtning o‘zida qarorlar qabul qilishga ta’sir etuvchi sub’ektga aylanadilar. Innovatsion texnologiyalar yordamida o‘tkaziladidan tahlillar amalga oshirilayotgan metodlar, loyihalarning qay 189 avvalo, onaning homiladorlik davrini to‘g‘ri tashkil etish, go‘daklar va bolalarni ma’naviy tarbiyalash bo‘yicha asosiy yo‘nalishlarni belgilash. 3. Yoshlarda Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas’uliyatlilik, bag‘rikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi muhim fazilatlarni bolalikdan boshlab bosqichma-bosqich shakllantirish; 4. Homiladorlik davridan boshlab 30 yoshgacha davom etadigan uzluksiz ma’naviy tarbiyani amalga oshirishda ota-ona, tarbiyachi, o‘qituvchi, uzluksiz ta’lim muassasalari va mahalla jamoatchiligining o‘zaro samarali hamkorligi mexanizmini ishlab chiqish va hayotga joriy etish. 5. Aholining farzand tarbiyasi bo‘yicha bilimlarini, pedagogik madaniyatini oshirish, fuqarolarni uzluksiz ma’naviy tarbiyaning jahon tajribasida sinovdan o‘tgan samarali pedagogik texnologiyalari, usullari va amalga oshirish shakllari bilan muntazam tanishtirib boorish. 6. Ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmog‘i orqali tarqatilayotgan g‘arazli axborotlar, odob-axloqni yemiruvchi illatlar, yoshlarni zalolatga boshlovchi buzg‘unchi g‘oyalarga karshi sog‘lom dunyokarashni shakllantirish. 7. Uzluksiz ma’naviy tarbiyani tashkil etishda davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va xususiy sektorning hamkorligini samarali yo‘lga qo‘yish. Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi joylarda amaliy faoliyat olib botishning asosiy mezoni hisoblanadi. Bir xalqning yuksalishi, taraqqiy etishi uchun unga yetakchi(lar) kerak. Rivojlanish yo‘lida xalqqa yo‘l ko‘rsatadigan, zulmatda nur bo‘ladigan oydinlarga doim ehtiyoj sezilgan. Jadidlarning shiorini bilasizmi? Ularning shiori “Jasorat. Ma’rifat. Fidoiylik” edi. Xalq ma’rifatini yuksaltirish, ijtimoiy-siyosiy ongini o‘stirish, qaramlikdan chiqib mustaqillikka erishish kabi bir qator ishlarni o‘zlariga maqsad qilib olishgan edi. Ana shunday oydinlardan biri Munnavar qori Abdurashidxonovdir. “Qanday qullik tushdi”dir. Unda muallif xalqlar qanday qilib qaram bo‘lib qolishgani, o‘z erkinini qanday qo‘ldan boy bergani obrazli tarzda oddiy usul bilan yoritib berilgan. Bu uni o‘quvchiga tushunishiga qiyinchilik tug‘dirmaydi, eng asosiysi esa mohiyatni anglashiga sabab bo‘ladi. Jadid adabiyotining yetakchilaridan biri Fitratning “Najot yo‘li” kitobida yoshlarni ilm olishga, yurt qayg‘usi bilan yashashga, harakatdan to‘xtamaslikka chorlashi bo‘ldi. Fitratning g‘oyalari, she’rlari biz yoshlar uchun juda katta motivatsiya vazifasini bajara olar ekan. Ayovsiz raqobatbardoshlikka asoslangan bozor iqtisodiyoti tezkor, tadbirkor, har 190 qanday sharoitga ko‘ra ish tuta biladigan, maqsadga erishish vositalarini to‘g‘ri tanlaydigan, ularni zamonaviy talablariga ko‘ra jadallik bilan yangilay oladigan faol shaxslarga juda katta ehtiyoj, muhtojlik sezmoqda. Bunday yangi avlod kadrlari qanday yuzaga chiqadi? Ularga ta’lim-tarbiya berishda, zamonaviy boshqarishda nimalarga e’tibor qaratish lozim? Yosh avlodni tarbiyalashda, ijodkor yoshlarni boshqarish va o‘qitish metodikasida ham evolyusion o‘zgarishlarni taqazo etadi. To‘g‘ri, ijodkorlarni o‘qitishda adabiyot fani – bu fanning tarixi va rivojlanish bosqichlarini o‘rganish, bu bosqichlarning har biriga xos bo‘lgan asosiy unsurlarni tahlil qilish, badiiy asarni qiyoslash. Mushohada qilish va uni o‘quvchilar tomonidan qabul qilinishidagi o‘ziga xos xususiyatlarni ko‘rsatish, badiiy asarni tahlil qilishda ularning tur va janr xususiyatlariga e’tibor berish, ta’lim bosqichlarida faqat badiiy asarning o‘zini emas, balki ularga bog‘liq ravishda adabiy nazariy tushunchalarni ham o‘rganish zaruriyatini va yo‘l yo‘riqlarini ko‘rsatish, boshqaruv pedagogikasining ijtimoiylashuvida, maxsus darslarini tashkil etishda, fanlardan sinfdan tashqari va mustaqil ishlarni tashkil etish, ularning og‘zaki va yozma nutqlarini o‘stirish yo‘llarini ko‘rsatish lozimligini asoslaydi. Ijodiy tafakkur sohibini tarbiyalashda asosiy pedagogik—ijtimoiy omillar sifatida quyidagilarga asosiy e’tibor qaratish kerak: birinchidan, o‘quvchilar mustaqil faoliyat yuritishlariga, ikkinchidan, ko‘proq kichik tadqiqotlar o‘tkazishga yo‘naltirilganida, uchinchidan, ularning o‘z ustilarida muntazam ishlashi uchun sharoit yaratilganida, to‘rtinchidan, ijodiy ishlarni tashkil etish yo‘llarini ko‘rsatilishi kabilarga e’tibor berish zarur bo‘ladi. Ijodkor o‘quvchi ma’naviyati adabiyot, tarix fanlarini o‘qitish metodikasi orqali ko‘proq shakllanadi. Mazkur fanlarni chuqur o‘rganish ta’limga bo‘lgan e’tibor tufayli o‘zining asl o‘zanlarini topib bormoqda. Endilikda ijtimoiy fanlarni o‘qitish nazariyasi va amaliyotida bir xillikdan qochish, rang-baranglikka intilish tamoyillarining tobora kengroq tarzda ko‘zga tashlanayotgani seziladi. Bu adabiy hodisalarga nisbatan estetik yondashuvning ustuvorlashib borayotganida, madaniy merosga nisbatan munosabatlarning haqqoniylashayotganida, ko‘plab adabiy hodisalarga nisbatan ilmiy baholarning o‘zgarib, ularning o‘zlariga xos va mos xususiyatlaridan kelib chiqilayotganligida namoyon bo‘lmoqda. Ayniqsa, pedagogika va ijtimoiy fanlarni o‘qitish tizimiga oid ta’limda davlat ta’lim standarti va milliy ta’lim konsepsiyasini yaratilganligining o‘ziyoq, ijtimoiy hayot – jamiyat uyg‘unligining asosiy mezoni ekanligiga yana bir karra insoniyatni ishontiradi. Ta’limdagi ochiqlik va shaffoflik uning bevosita takomillashib, maksimal darajaga 191 ko‘tarilayotganligining o‘zi, jarayonning uzluksiz davomiyligiga ishoradek. Ushbu tizimda an’anaviy ta’limdagi eng yaxshi yutuqlarni saqlab qolgan holda jahon ilm-fani, xususan, boshqaruv psixologiyasi, pedagogikasi hamda metodikasi sohasidagi yangi va yaxshi na’munalarga uyg‘unlashish tamoyilini yaqqol yuzaga chiqmoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 2017 yil 22 dekabrda Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida, “Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilanishiga qaratilgan innovatsion rivojlanish yuliga o‘tmokdamiz. Bu bejiz emas, albatta, chunki zamon hiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g‘oyaga va innovatsiyaga tayangan davlat yutadi. Innovatsiya, bu - kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo‘lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak” – deb ta’kidlagan edi.[1] Ijodkor yoshlarga ta’lim va tarbiya berish borasidagi ustuvor vazifalarga muvofiq holda kadrlar tayyorlashning mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun lozim bo‘lgan shart-sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratish, o‘qitishdagi ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsadlar uyg‘unligi metodologik asos sifatida qabul qilinmoqda. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling