Ikkiyoqlama yozuvning iqtisodiy mazmuni va mohiyati
Download 13.19 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa
Ikkiyoqlama yozuvning iqtisodiy mazmuni va mohiyati. Ikkiyoqlama yozuvning iqtisodiy mazmuni va mohiyati Ikkiyoqlama yozuv buxgalteriya xisobining fan sifatida shakllanishiga sabab bulgan usuldir. Tarixiy manbalarda keltirilishicha, buxgalteriya juda kadim zamonlarda (eramizdan oldin) paydo bulgan. Lekin 1494 yilda italiyalik monax Luko Pacholli tamonidan ikkiyoqlama yozuvning kashf etilishi buxgalteriya xisobining anik fan bulib shakllanishiga katta ta`sir kursatdi. Ikkiyoqlama yozuvning mohiyati shundan iboratki, bunda korxona xujalik faoliyatida sodir bulgan operatsiyalar summalari bir vaktning uzida ikkita schyotda, bir schyotning debet tomoniga, ikkinchi schyotning kredit tomoniga yoziladi. Bunga sabab, xar bir xujalik operatsiyasi ta`sirida korxona mablaglari, ularning manalari va majburiyatlari tarkibida uzgarish sodir etiladi. Masalan, mol yetkazib beruvchilardan 120 000 sumlik asosiy vosita sotib olindi. Д-т К-т Summasi 01 60 120 000 Demak, 01 "Asosiy vositalar" schyotining D-t tomonida asosiy vositalar tarkibidagi kupayish, 60 "Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan xisob-kitoblar" schyotining k-t tomonida esa ularga bulgan majburiyatning ortishi aks ettiriladi. Chizma kurinishida bu operatsiya kuyidagi kurinishga ega:
Korxona xujalik faoliyatini yuritishda ikkiyoqlama yozuvnig axamiyati bekiyosdir. Ikkiyoqlama yozuv bulmaganda edi, balkim buxgalteriya xisobi fani xam bulmas edi. Ikkiyoqlama yozuvning axamiyatlik tomonlaridan yana biri shundan iboratki, u xujalik operatsiyalarini xujjatlarda aks ettirish uchun operatsiyaning tulik mazmunini yozishni talab qilmaydi, ya`ni ularni buxgalteriya yozuvlari orkali yozish bilan vaktni tejash mumkin. Xulosa:Buxgalteriya balansi - buxgalteriya xisobining asosiy usullaridan biri xisoblanib, korxona xujalik mablaglari va ularning manbalarini iqtisodiy xususiyatlariga kura guruxlashni uzida mujassamlashtiradi. Buxgalteriya schyotlari - korxona xujalik mablaglari va ularning manbalarini buxgalteriya xujjatlarida aks ettirish uchun kabul qilingan shartli belgilardir. Ikkiyeklama yozuv - korxona faoliyatida sodir bulgan xujalik operatsiyalarini xujjatlarda aks ettirish usuli. Foydalanilgan adabiyotlar: Ostonokulov M. Buxgalteriya xisobi nazariyasi. -T.: Ukituvchi, 1993. Kiryanova Z.V. Teoriya buxgalterskogo ucheta. -M.: Finanso` i statistika, 1996. Yuldashev S.SH. Osnlvo` buxgalterskogo ucheta. -Vashington, 1997. Kondrakov N.P. Buxgalterskiy uchet. -M.: INFRA M, 1998. Kamo`shanov I.P. Prakticheskoye posobiye po buxgalterskomu uchetu. -M.: AO "DIS", 1997. www.ziyonet.uz Download 13.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling