Ikromov Azizjon


Download 8.82 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi8.82 Kb.
#226526
Bog'liq
Adabiyot nadur


Ikromov Azizjon

205-guruh

"Adabiyot nadur"

«Adabiyot nadur?» maqolasida, birinchi navbatda, adabiyotning ijtimoiy mohiyati to‘g‘risida fikr yuritadi. Uning fikricha, adabiyot millatni taraqqiy ettirish vositasi, uning ma’naviyatiny ta’minlaydigan omil. Cho‘lpon bu xulosaning chinligiga shu qadar ishonganki, maqolada hech qanday e’tirozga o‘rin qoldirmaydigan tarzda «adabiyot yashasa — millat yashar» deya tasdiqlaydi. Maqolaning kishini lol qoldiradigan yana bir juda muhim tomoni shundaki, 16 yoshlik munaqqid adabiyotning ijtimoiy vazifasini ta’kidlash bilan cheklanmaydi, balki uning spetsifikasiga, ya’ni obrazli tabiatiga alohida urg‘u beradi. Yosh munaqqid uchun adabiyot quruq g‘oyalar majmuasi emas, balki, birinchi navbatda, inson ruhiyati bilan bog‘liq bo‘lgan hodisadir. U odamlarning shuurigagina emas, his-tuyg‘ulariga ham ta’sir etishi, ularni quvontirib, yohud mahzun ahvolga solib, shu orqali ijtimoiy burchini o‘tashi zarur.Cho’lpon ilg’or ma’rifatparvarlik g’oyalarini targ’ib qilar ekan, Turkiston taqdiri, millatning istiqboli haqida chuqur qayg’urganining guvohi bo’lamiz:



“ Adabiyot chin ma’nosi ila o’lgan, so’ngan, o’chgan, majruh, yarador ko’ngilga ruh bermak uchun, faqat vujudimizga emas, qonlarimizga qadar singishgan qora balchiqlarni tozalaydurgan, o’tkir yurak kirlarini yuvadurg’on toza ma’rifat suvidir, xiralashgan oynalarimizni yorug’ va ravshan qiladurgan, chang va tuproqlar to’lgan ko’zlarimizni artub tozalaydurgon buloq suvi bo’lganlikdan bizga g’oyat kerakdur. Ba’zi vaqtda falak bir odamni qayg’uga solar, ul o’zi tushunib, o’ylab turib, oh tortib yig’lar, bu hasratlarni o’z ichiga sig’dirolmas. Birovga aytsa, “voy, bechora ” dermukin deb, albatta, o’z qayg’usini birovga aytmakka tilar. Tub tog’ri aytganda ul qadar ta’sir qilmas. Adabiyot ila aytganda, albatta, ta’sir qilar”. Ushbu maqolada Abulhamid badiiy asar chinakamiga san’at darajasiga ko’tarilmog’i , g’oyaviylik va badiiylik chambarchas bog’liq bo’lishini isbotlagan. Adabiyot faqat badiiyati orqali jamiyat hayotini qondira oladigan qudrat manbayi bo’lishi lozimligini ta’kidlab, “Adabiyot yashasa, millat yashar” degan tamoyilga asos solib qo’ydi. Vaholanki, XX asr boshlaridagi Turkiston sharoitida “adabiyot yashasa, millat yashar” degan formula goyat to’g’ri va samarali formula edi. Bu maqolada Cho’lpon adabiyot xalqni jaholat va nodonlik, erksizlik va qashshoqlik botqog’idan qutqaruvchi qudratli kuch ekanligini isbotladi. Bu davrda , albatta, xalq hayotini yangilashning muhim vositasi adabiyot edi.
Download 8.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling