Ilgarilanma harakatlanayotgan noinertsial sanoq sistemasidagi inertsiya kuchi
Download 74.91 Kb.
|
Ilgarilanma harakatlanayotgan noinertsial sa
Aim.Uz Ilgarilanma harakatlanayotgan noinertsial sanoq sistemasidagi inertsiya kuchi Vagon bilan bog’liq bo’lgan К' sanoq sistemasidagi sharni kuzataylik. K' sanoq sistemasi К sanoq sistemasiga nisbatan а0 tezlanish bilan o’ng tomonga qarab ilgarilanma harakat qilayotgan holda (5.3- rasm) dagi kuzatuvchi sharni а'о tezlanish bilan chap tomonga harakatlanayotganligini qayd qiladi. Shar o’rniga ishqalanishsiz harakatlana oladigan boshqa jismlar qo’yib kuzatishnn davom ettirsa, Ќ' dagi kuzatuvchi quyidagi xulosaga keladi: a) jismlarning tezlanishi ularning massalariga bog’lik emas; b) barcha jismlarning tezlanishi ( ) bir xil, uning qiymati sanoq sistemasining ilgarilanma harakat tezlanishiga teng, yo’nalishi esa qarama-qarshi. Demah noinertsial sanoq sistemalarida jismlar (5.5) tezlanish bilan harakatlanadi. Ikkinchi tomondan, jismga tezlanish beruvchi ta‘sirni kuch deb atagandik. Lekin а'о tezlanish sanoq sistemasidagi jismga boshqa jismlarning ta‘siri tufayli emas, balki sanoq sistemasining К sanoq sistemasiga nisbatan tezlanuvchan ilgarilanma harakati tufayli vujudga keladi. Shuning uchun noinertsial sanoq sistemasidagi jismga ta‘sir etuvchi mazkur kuchlarni, ularni oddiy kuchlardan (ya‘ni nyuton kuchlaridan) farq qilish maqsadida, inertsiya kuchlari deb ataladi. Inertsiya kuchlarining jismlarga ta‘siri xuddi oddiy nyuton kuchlarining ta‘siridek bo’ladi. Bu ta‘sirni kundalik turmushda, xususan, biror transport passajiri sifatida ham sezib turamiz. Masalan, transport keskin tormozlanganda yoki ilgarilanma harakat tezligini tezkorlik bilan oshirganda gavdamizni beixtiyor oldinga yoki orqaga egilishiga majbur qilayotgan kuchni sezamiz. Bu kuch transport bilan, bog’liq bo’lgan noinertsial sanoq sistemasining tezlanuvchan ( ) harakati tufayli vujudga kelayotgan inertsiya kuchlaridir. Yerdagi kuzatuvchi, ya‘ni inertsial sanoq sistemasidagi kuzatuvchi uchun inertsiya kuchlari mavjud emas. Transport tormozlanishi yoxud keskin oldinga intilishi chog’ida jismlarning harakatlanishini u oddiygina Nyutonning birinchi konuniga muvofiq (ya‘ni jismlar o’zining tinch yoxud tug’ri chiziqli tekis harakat holatini saqlashga intilishi tarzida) tushuntiraveradi. Tekshirilayotgan holda sanoq sistemasidagi jismga ta‘sir etuvchi nyuton kuchlari (og’irlik kuchi va tayanchning reaktsiya kuchi) ning yig’indisi nolga teng. Shuning uchun jism erishayotgan tezlanish ( ) faqat inertsiya kuchi ( ) sifatida namoyon bo’ladi: (5.6) Lekin (5.5) munosabatni hisobga olsak (5.2) ni qo’yidagi ko’rinishda ham yoza olamiz: (5.7) Demak tezlanuvchan ilgarilanma harakat qilayotgan sanoq sistemasidagi ixtiyoriy jismga ta‘sir etadigan inertsiya kuchining yunalishi sanoq sistemasining harakati o’ynalishiga teskari, kuchning moduli esa jism massasi bilan sanoq sistemasi tezlaniishning ko’paytmasiga teng. Sanoq sistemasi o’zgarmas tezlanish bilan harakatlanganda ( ) m massali jismga ta‘sir etuvchi inertsiya kuchi ham doimiyligini saqlaydi. Aks xolda, ya‘ni ( ) bo’lganda, mazkur jismga ta‘sir etuvchi inertsiya kuchi ham o’zgaruvchan bo’ladi. Bu holda (5.7) ifoda inertsiya kuchining oddiy qiymatini aniqlaydi. Bundan ko’rinib turibdiki, inertsiya kuchining qiymati jism massasiga proportsional. Bu xossasi bilan inertsiya kuchi og’irlik kuchi (Р = mg) ga o’xshab ketadi. Demak inertsiya kuchi jism massasiga bog’liq bo’lgar ekan. Endi, inertsiya kuchi tushunchasidan foydalanib noinertsial sanoq sistemalari uchun harakat tenglamasini yozaylik. Tabiiyki, bu holda jismga ta‘sir etuvchi kuchlarning vektor yig’indisiga nyuton kuchlari bilan bir qatorda inertsiya kuchi ham hissa qo’shadi: yoki (5.8) Misol tariqasida а0 tezlanish bilan tik yuqoriga (4,5- а rasm) va pastga (4.5-6 rasm) harakatlanayotgan liftning shipiga osib qo’yilgan massali jismning vaznini hisoblaylik. Mazkur hollarda jismning vazni deganda ipga taranglik berayotgan kuch tushuniladi. Lift yuqoriga ko’tarilayotgan bo’lsin (5.5- а rasm). Lift bilan bog’liq sanoq sistemasidagi jism tinch holatda turibdi, ya‘ni SHuning uchun jismga ta‘sir etuvchi barcha kuchlarning vektor yig’indisi nolga teng: Barcha kuchlar bir to’g’ri chiziq bo’ylab yo’nalganligi uchun yuqoridagi yig’indi algebraik tarzda ko’rinishda yoziladi. va ekanligini hisobga olsak (5.9) Bo’ladi, ya‘ni tezlanuvchan harakat qilib yuqoriga ko’tarilayotgan lift bilan bog’liq sanoq sistemasidagi jismning vazni qo’zg’almas liftdagi vazni ( ) dan katta bo’lar ekan. Lift pastga tushayotgan bo’lsin (5.5- б rasm). Bu holda bo’ladi. Bundan (5.10) ya‘ni tezlanuvchan harakat qilib pastga tushayotgan lift bilan bog’liq bo’lgan sanoq sistemasidagi jismning vazni qo’zgalmas liftdagi vazni, ya‘ni dan kichikroq bo’lar ekan. Agar bo’lsa jism vazni nolga teng bo’lib qoladi. bo’lganda esa jism liftning shipiga moduli bo’lgan kuch bilan bosadi. Download 74.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling