Ilhomov shoxruxning
Qarama-qarshi qo’yish bilan umumlashtirish
Download 65.09 Kb.
|
SHOXRUX KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB Maktabda lug’at ustida ishlash metodikasi asosiy yo’nalishni 2.1 Maktab o’quvchilarda ma’nodosh so’zlar
5. Qarama-qarshi qo’yish bilan umumlashtirish: qaldirg’och, chumchuq, bulbul − qushlar, tovuq, xo’roz, kurkalar-chi? (Parrandalar.)
Mantiqiy mashqlar sermazmun bo’lishi, o’quvchilarning tajribasi bilan bog’lanishi, ularni to’g’ri fikrlashga o’rgatishi, bilimlariga aniqlik kiritishi va tartibga solishga xizmat qilishi lozim. Bunday mashqlardan o’rni bilan boshqa darslarda ham, o’qish va grammatika darslarida ham foydalaniladi. So’z tilning ma’no bildiradigan asosiy birligidir. So’z va so’z birikmasi aniq narsalarni, mavhum tushunchalarni, hissiyotni ifodalaydi. Tilda mavjud bo’lgan barcha so’z va iboralarning yig’indisi lug’at tarkibi yoki leksika deyiladi. Leksikologiya o’zbek tilining lug’at tarkibini o’rganadigan bo’limdir. Leksikologiya lug’at tarkibidagi so’zlarning nutqda ma’no ifodalash xususiyati, qo’llanish faolligi, boyib borishi, ba’zi so’zlarning eskirib, iste’moldan chiqib ketishi, ma’no ko’chish hodisasi kabilarni o’rganadi. Shu sababli leksikologiya lug’at ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi hisoblanadi. II BOB Maktabda lug’at ustida ishlash metodikasi asosiy yo’nalishni 2.1 Maktab o’quvchilarda ma’nodosh so’zlar Maktabda lug’at ustida ishlash metodikasi to’rt asosiy yo’nalishni ko’zda tutadi: 1. O’quvchilar lug’atini boyitish, ya’ni yangi so’zlarni, shuningdek, bolalar lug’atida bo’lgan ayrim so’zlarning yangi ma’nolarini o’zlashtirish. Ona tilining lug’at boyligini bilib olish uchun o’quvchi o’z lug’atiga har kuni 8-10 ta yangi so’zni, shu jumladan, ona tili darslarida 4-6 so’zni qo’shishi, ya’ni shu so’zlar ma’nosini o’zlashtirishi lozim. 2. O’quvchilar lug’atiga aniqlik kiritish. Bu ichiga quyidagilarni oladi: 1) o’quvchi puxta o’zlashtirmagan so’zlarning ma’nosini to’liq o’zlashtirish, ya’ni shu so’zlarni matnga kiritish, ma’nosi yaqin so’zlarga qiyoslash, antonim tanlash yo’llari bilan ularning ma’nosiga aniqlik kiritish; 2) so’zning kinoyali ma’nosini, ko’p ma’noli so’zlarni o’zlashtirish; 3) so’zlarning sinonimlarini, sinonim so’zlarning ma’no qirralarini o’zlashtirish; 4) ayrim frazeologik birliklarning ma’nosini o’zlashtirish. 3. Lug’atni faollashtirish, ya’ni o’quvchilar ma’nosini tushunadigan, ammo o’z nutq faoliyatida ishlatmaydigan nofaol lug’atidagi so’zlarni faol lug’atiga o’tkazish. Buning uchun shu so’zlar ishtirokida so’z birikmasi va gaplar tuziladi, ular o’qiganlarni qayta hikoyalash, suhbat, bayon va inshoda ishlatiladi. 4. Adabiy tilda ishlatilmaydigan so’zlarni o’quvchilar faol lug’atidan nofaol lug’atiga o’tkazish. Bunday so’zlarga bolalarning nutq muhiti ta’sirida o’zlashib qolgan adabiy til me’yoriga kirmaydigan, ayrim adabiy asar va so’zlashuv tilida qo’llanadigan sodda so’z va iboralar, sheva va ijtimoiy guruhga oid so’zlar kiradi. Adabiy til me’yori degan tushunchani o’zlashtirgach, o’quvchilar yuqorida izohlangan so’zlar o’rniga adabiy tildagi so’zlardan foydalana boshlaydilar. Adabiy tilga oid malakalari mustahkamlangan sayin shevaga, jargonga oid so’zlar, so’zlashuv tilida ishlatiladigan sodda so’z va iboralar o’quvchilarning faol lug’atidan chiqib keta boshlaydi. O’quvchilar lug’ati quyidagi manbalar asosida boyitiladi va takomillashtiriladi: 1. Atrofni o’rab olgan muhitni: tabiatni, kishilarning hayoti va mehnat faoliyati, bolalarniig o’yini va o’qish faoliyatini, kattalar bilan munosabatni kuzatish. Tabiat qo’yniga, turli joylarga, muassasalarga ekskursiya vaqtida bolalar narsa va hodisalarni kuzatish bilan ko’pgina yangi nom va iboralarni o’rganadilar. Bu ekskursiyalar yuzasidan o’tkazilgan suhbat vaqtida ularning bilimi chuqurlashtiriladi, ayrim so’zlar ma’nosiga aniqlik kiritiladi. O’quvchilar lug’atini va nutqini boyitishda eng ishonarli manba badiiy asarlar hisoblanadi. O’qish darslarida o’quvchilar Oybek, H. Olimjon, M. Shayxzoda, G’. G’ulom, H. Hakimzoda, Zulfiya, Uyg’un, A.Qahhor, P. Mo’min, Q. Muhammadiy, Sh. Sa’dulla, Z. Diyor kabi ko’pgina so’z ustalarining asarlarini o’qiydilar. O’zbek tilini yuksak badiiy obrazlar yordamida o’zlashtiradilar. O’qish darsida bolalar lug’ati ma’lum mavzularga oid so’zlar hisobiga ham boyiydi. Ular lug’atiga axloqiy tushunchalarni ifodalovchi yoqimtoy, shirinso’z, mehribon, haqqoniy, botir, mard, jasur, mehnatsevar kabi ko’pgina so’zlar qo’shiladi. Matn ustida ishlash jarayonida ko’p ma’noli so’zlar, sinonimlar, ko’chma ma’noda ishlataladigan so’zlarni, ba’zi frazeologik birikmalarni bilib oladilar. Metodikada so’zlarni tushuntirishning quyidagi usullaridan foydalaniladi: 1. So’zni kontekst asosida tushuntirish. Bunda o’quvchilar tushunmaydigan so’z ularga tushunarli so’zlar qo’llangan gap (yoki matn) yordamida tushuntiriladi. 2. So’z ma’nosini lug’atdan va o’qish kitoblarida matn ostida berilgan izohdan foydalanib tushuntirish. Bunda o’quvchilarni izohdan mustaqil foydalanib, so’z ma’nosini mustaqil tushunibolishga o’rgatish muhim ahamiyatga ega. 3. So’z ma’nosini shu so’zning ma’nodoshi yordamida tushuntirish.Masalan, sabo - shabada, mudofaa - himoya, sozanda - musiqachi, diyor - vatan, inshoot - bino, samo - osmon kabi. So’zni sinonim tanlash bilan tushuntirganda, shu so’zning stilistik (uslubiy) ahamiyatini ham ko’rsatish zarur. 4. Tanish bo’lmagan so’z bilan ifodalangan tushunchani tanish bo’lgan so’z bilan ifodalangan tushunchaga (uning antonimiga)taqqoslash orqali tushuntirish. Masalan, ishchan tushunchasini dangasa tushunchasiga, rostgo’y so’zini yolg’onchi so’ziga taqqoslab tushuntirish mumkin.Ko’chma ma’noda ishlatilgan so’z va so’z birikmalari, tasviriy vositalar, maqollar ham taqqoslash usulidan foydalanib tushuntiriladi. 5. So’zni o’ziga yaqin tushuncha bilan, ya’ni boshqacha ifoda etish bilan tushuntirish. Bunda tushuntiriladigan so’zning izohi qisqa va aniq bo’lishi kerak. Masalan, o’zboshimchalik − o’z xohishicha ish tutish, ishni o’zi xohlaganicha bajarish; mutaxassis − biror hunar egasi; shunqor − uzoq uchadigan ko’zi o’tkir qush; mesh − mol terisidan tikilgan idish; guldon − gul solib qo’yiladigan idish va boshq. Ba’zi so’zlar ularning vazifasini izohlash orqali tushuntiriladi. Masalan, kombayn − bir vaqtning o’zida donni o’radigan, yanchadigan, tozalaydigan qishloq xo’jalik mashinasi; ekskavator - bir vaqtning o’zida yerni qazib tuproqni yuk mashinasiga ortadigan mashina; aerodrom - samolyotlar turadigan, uchib ketadigan yoki kelib qo’nadigan joy va hok. 6. So’zni predmetning asosiy belgisini izohlash orqali tushuntirish. Masalan, yantoq − suvsiz joyda o’sadigan ninasimon tikanli o’simlik; akula − okeanlarda yashaydigan juda katta yirtqich baliq va boshq. 7. Axloqiy, mavhum tushunchalarni ifoda etuvchi so’zlarning ma’nosini misollar yordamida tushuntirish. Buning uchun o’quvchilar o’rgangan badiiy asardan axloqiy fazilatga ega bo’lgan asar qahramonining qilgan ishlari tahlil qilinadi. Ma’nodosh so’zlar ustida ishlash Ma’nodosh so’zlar (sinonimlar) talaffuzi, yozilishi har xil bo’lgan bir umumiy tushuncha(ma’no) ifodalaydigan so’zlardir. Sinonimlar bir-biridan qo’shimcha ma’no qirrasi, emosional bo’yog’i, qo’llanilishi jihatidan o’zaro farqlanadi. Katta, ulug’, buyuk, zo’r, azim, ulkan, bahaybat, haybatli, yirik, gigant sinonimik qatorini tashkil qilgan so’zlardan katta so’zi keng tushunchani anglatib, aniq tushunchaga nisbatan ham, mavhum tushunchaga nisbatan ham ishlatilaveradi. Ulug’, buyuk, zo’r, azim, ulkan so’zlari hajmi ancha katta bo’lgan narsalarga, bahaybat, haybatli so’zlari esa o’lchovi juda katta bo’lgan narsalarga nisbatan ishlatiladi. Yirik kam ishlatiladi. Gigant kitobiy uslubga xos bo’lib, asosan joy, qurilishga nisbatan qo’llanadi. Maktab o’quvchilarda ma’nodosh so’zlarga oid quyidagicha mashqlar ishlatiladi: 1. Berilgan ma’nodosh so’zlarni guruhlash. Bunda bir so’z turkumiga oid ikki sinonimik qatordagi so’zlar ichiga bir-ikkita boshqa so’z kiritib beriladi. O’quvchilar sinonimlarni ikki guruhga ajratib aytadilar. Buning uchun so’zlar quyidagi kabi berilishi mumkin: vatan, maqsad, diyor, niyat, mamlakat, murod, yurt. 2. Berilgan so’zga sinonim tanlash. O’qituvchi otni o’tganda osmon, sifatni o’tganda mazali, fe’lni o’tganda ko’nikmoq so’zlarini aytadi. O’quvchilar bu so’zlarga sinonim tanlaydilar: osmon-ko’k, samo, falak; mazali - lazzatli, laziz, totli; ko’nikmoq - o’rganmoq, odatlanmoq, odat qilmoq. 3. Tushirib qoldirilgan sinonim so’zlarni o’z o’rniga qo’yib, matnni ko’chirish. Bunda yozilishi kerak bo’lgan sinonim so’zlar ro’yxati tekshirish uchun beriladi. O’quvchilar sinonimlarni o’rniga qo’yib, ularning qo’llanilishidagi farqni tushuntiradilar. 4. Ma’nodosh so’zlardan mosini qo’yib gaplarni ko’chirish. Buning uchun sinonim so’zlar qatori qavs ichida beriladi, o’quvchi gapning mazmuniga mosini tanlab gapni ko’chiradi: Daryo suvini (bahor, ko’klam) toshirar, odam qadrini (mehnat, ish) oshirar. Oltin (o’t, olov, alanga)da, odam (ish, mehnat)da bilinadi. Birlashgan (yov, dushman) ni qaytarar. 5. Sinonim so’zlar qatoridan foydalanib didaktik material tuzish va u bilan mashq ishlash. Buning uchun to’rtta sinonimik qatordagi so’zlar tanlanadi va 16 katakka aralash joylashtiriladi. O’qituvchi shu katakchalardagi bir so’zni aytadi. Masalan, chiroyli. O’quvchilar shu so’zga yaqin ma’noli so’z (sinonim)ni katakchalardan topib aytadilar: go’zal, dilbar, sohibjamol, husndor. Sinonim so’zlar qatori bilan so’z birikmasi tuzadilar: chiroyli shahar, go’zal manzara, sohibjamol malika va hok. Download 65.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling