Ilhomov shoxruxning


Download 65.09 Kb.
bet12/23
Sana26.02.2023
Hajmi65.09 Kb.
#1232863
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Bog'liq
SHOXRUX KURS ISHI

IZOHLI LUG’AT
Charx – (forscha – g‘ildirak, doira, aylana, chig‘ir) ip yigiradigan dukli qo‘l asbobi, har xil asboblarning, qurilmalarning aylanadigan qismi, parragi. Masalan, tegirmon charxi.
Ko‘chma ma’noda –davr charxi, falak, dunyo. Masalan, charxi kajraftor – teskari aylanuvchi, adolatsiz dunyo.
Charx urmoq – aylanmoq, atrofida aylanmoq
Xotirjam – (arabcha – tinch, bamaylixotir; mamnun, o‘ziga ishongan) betashvish, osoyishta. Xotirjam bo‘lmoq. Biror ishning natijasi yaxshi bo‘lganligiga yoki bo‘lishiga ishonch hosil qilmoq.
Xotirjamlik – ruhan tinch bo‘lishlik, osoyishtalik. Biror kimsa yoki narsa xalaqit bermaydigan tinch sharoit.
Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinflari o‘quv rejasidagi adabiyot fani – “O‘qish” predmeti og‘zaki va bog‘lanishli nutqini o‘stirishga, lug‘atini boyitishga, to‘g‘ri va ifodali o‘qishga o‘rgatish bilan ularda kitobxonlik va nutq madaniyatini hamda mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Boshlang‘ich sinflardayoq o‘quvchilarning matnni o‘qish va uni tushunish darajasini aniqlash bo‘yicha Xalqaro tadqiqot metodlari (PIRLS) doirasida o‘qish savodxonligini rivojlantirishda mazkur fan muhim ahamiyatga ega.
O‘zbek tilining boy tarixi, undagi ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, lug‘at tarkibidagi yangi so‘zlarning paydo bo‘lishi, turli iboralar ma’nosi, so‘z etimologiyasini bilish har bir o‘quvchi uchun juda qiziqarli.
Dars jarayonida lug‘at ustida ishlash mashg‘ulotlarini tashkil etishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish har bir boshlang‘ich sinf o‘qituvchisidan yuksak mahorat va izlanish talab qiladi. Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida izohtalab so‘zlarga oid bilimlarni shakllantirishda fanning ilg‘or yutuqlaridan, xususan, maqsadli, tizimli, texnologik yondashuvlar, boshlang‘ich sinf maktab o‘qituvchisining metodik tayyorgarligi, o‘quvchilarning bilish faoliyatlarini uni rejali boshqarish asosida faollashtirilishi, o‘quvchilarni o‘qitish metodlari, uslub va vositalarining maktab sharoitiga moslanganligi kabi ko‘pgina amaliy ishlarni tashkil etish orqali erishiladi.
So‘z ma’nosini tushuntirish bilan birga bu so‘zlarni o‘quvchilar faol lug‘atiga kiritish uchun har bir darsda rejalashtirilgan so‘z ustida izchil, puxta, doimiy ish olib borib, quyidagicha metod va topshiriqlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi:
“Izohini top”. Xattaxtaga lug‘at ishida o‘rganilgan so‘zlar yoziladi. O‘quvchilardan shu so‘zlar mazmunini izohlab berishlari so‘raladi.
“To‘g‘ri yozdim rag‘bat oldim”. Ikki o‘quvchi yoki jamoa o‘tilgan notanish so‘zlarni imlo xatolarisiz yozish bo‘yicha musobaqalashadilar. To‘g‘ri yozgan o‘quvchi yoki jamoaga rag‘bat kartochkalari tarqatiladi.
“So‘zdan marjon tuzamiz”. O‘quvchilar guruhlarga bo‘linadi. Avvaldan 2 yoki 3 ta so‘z yozilgan A4 formatdagi qog‘oz tarqatiladi. O‘quvchilar belgilangan vaqt davomida so‘zlardagi bo‘g‘in, harflar yordamida so‘z hosil qiladilar. Ko‘p so‘z yoza olgan guruh rag‘batlantiriladi.
“Bu so‘z meniki”. O‘quvchilarga so‘zlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. O‘qituvchi kartochkalarga yozilgan so‘zning mazmuniga mos jumla, ma’nodosh so‘z o‘qiydi. O‘qilgan ma’lumot kimning kartochkasidagi so‘zga mos kelsa, “Bu so‘z meniki” deb javob beradi.
“Yashiringanini izlab top va izohla”. Guruhlarga konvert tarqatiladi. Konvertga 5 ta gap va shu gapda ishtirok etgan bir so‘z mazmunini izohlovchi 5 ta jumla yoziladi. O‘quvchilar shu izohga mos so‘zni gapdan topadilar, yoddan aytib beradilar.
“Ha” yoki “Yo‘q”. So‘zlar o‘quvchilarga izohi bilan birga o‘qituvchi tomonidan o‘qib eshittiriladi. O‘quvchilar izoh to‘g‘ri bo‘lsa, “Ha”, noto‘g‘ri bo‘lsa, “Yo‘q” deb javob beradilar va noto‘g‘ri izohni to‘g‘rilaydilar.
“Juftini top”. So‘zlar ma’nodosh va qarshi ma’noli so‘zlarni aniqlashda qo‘llaniladi.
“Chala xat”. O‘quvchilarga xat yozilgan qog‘oz tarqatiladi. o‘quvchilar xatdagi tushirib qoldirilgan so‘zlarni yozishlari kerak bo‘ladi. Xat mazmuni o‘quvchilar yoshiga mos, o‘tilayotgan fan mavzusidan kelib chiqib tanlanadi.
“Topib va tushunib o‘qi”. Sinfdan tashqari o‘qish darslarida o‘tkaziladi. O‘quvchilar yangi mavzuda o‘rganiladigan izohtalab so‘zlar ma’nosini avvaldan aniqlaydilar va dars davomida shu so‘zning o‘rnida qo‘llaydilar. O‘qituvchi tomonidan so‘zlar kartochkalarga yoziladi, qaysi lug‘atdan foydalanish mumkinligi aytiladi
“O‘quvchilar pochtasi”. O‘quvchilar qaysi so‘zning ma’nosini tushunib olishga qiynalsalar, shu so‘zni yozib qutiga tashlaydilar. Hafta oxiridagi darsda shu so‘zlar ma’nosi, imlosi, izohi ustida ishlanadi.
BBB. Metod o‘quvchilarga muayyan mavzular bo‘yicha bilimlari darajasini baholay olish imkonini beradi. Uni qo‘llashda o‘quvchilar guruh yoki jamoada ishlashlari mumkin. Guruhda ishlashda mashg‘ulot yakunida guruhlar tomonidan bajarilgan ishlar tahlil qilinadi.
Lеksikologiya – lug`at ustida ishlash mеtodikasining lingvistik asosi. Maktabda lug`at ustida ishlashning asosiy yo`nalishlari. Lug`atni boyitish: o`quvchilar lug`atiga aniqlik kiritish; nutqiy sharoit va uning lug`atni boyitishdagi roli. So`z ma`nosini tushuntirish usullari. Sinonim va antonim, ko`p ma`noli so`zlar ustida ishlash. O`qish, badiiy asarni qaytahikoyalash, matеrialni o`rganish, bayon va inshoga tayyorlanish bilan bog`liqholda o`quvchilar lug`atini faollashtirish yo`llari. O`quvchilar nutqini o`stirish tizimida sintaktik ishlar. O`quvchilar egallaydigan sintaktik ko`nikmaning darajasi. Boshlang`ich sinflarda so`z birikmasi va nutq ustida ishlash. Gap ustida ishlash mashqlarining turlari.

Download 65.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling