Reja: «Badiiy tahlil asoslari» fanining maqsadi vazifalari


Download 22.42 Kb.
bet1/8
Sana18.06.2023
Hajmi22.42 Kb.
#1567408
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
BADIIY TAHLILNING TAMOYILLARI VA YO\'NALISHI

  • BADIIY TAHLILNING TAMOYILLARI VA YO’NANALISHLARI
  • REJA:
  • 1. «Badiiy tahlil asoslari » fanining maqsadi vazifalari.
  • 2. Badiiy asarni ilmiy tahlil qilish mumkinmi?
  • 3. Badiiy asar matni bilan ishlash.
  • 4. Badiiy matn turli zamonlarda qo’llanilishi

«Badiiy tahlil asoslari» kursining maqsadi filolog mutaxassislarni badiiy asar bilan professional darajada ishlashga oʼrgatishdan iboratdir. Badiiy asarlarni tahlil qilish borasida yetarli malakaga ega boʼlmaslik oliy filologik taʼlimni samarasiz qiladi. Badiiy asar tahlili juda qadim zamonlardan buyon fikr egalarining diqqatini tortib kelgan. Turli davrda yashagan, har xil maqom va darajadagi olimlar badiiy tahlilning mohiyati va unga xos xusu-siyatlarni tasniflab, ushbu tushunchaga taʼrif berishga urinib kelishgan. Miloddan toʼrt ming yillar oldin hind manbalarida bir adabiy matnni ming xil tushunish mumkinligi aytiladi. Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Аhmad Taroziy, Navoiy, Bobur singari turkiy mutafakkirlarning asarlarida badiiy tahlilga islomiy-turkiy dunyoqarash asosida yondashuv namoyon boʼlgan.

Bundan oʼttiz yillar oldin kuyunchak oʼzbek adabiyotshunos olimlari oliy oʼquv yurtiga kirish uchun yozilayotgan insholarning bir xilligidan norozi boʼlib va bu holatni oʼzgartirishga urinishib matbuotda qator chiqishlar qilgan edilar. Yaxshi niyatda qilingan bu harakatlarning samara keltirmasligi oldindan aniq edi. Negaki, respublikadagi barcha maktablardagi adabiyot saboqlarida badiiy asarlar yagona qolip asosida tahlil qilinadigan oʼsha vaqtlarda insholarning bir xil boʼlmasligi mumkin emasdi. Insholarning bir xilligi oʼquvchilar bir xil fikrlashining emas, balki adabiyot oʼqitishning bir xil fikrlashni, demakki, amalda fikrlamaslikni talab qiladigan tarzda yoʼlga qoʼyilishi oqibati edi. Аfsuski, maktab adabiy taʼlimida bu hol hozirga qadar ham davom etib kelmoqda.

  • Bundan oʼttiz yillar oldin kuyunchak oʼzbek adabiyotshunos olimlari oliy oʼquv yurtiga kirish uchun yozilayotgan insholarning bir xilligidan norozi boʼlib va bu holatni oʼzgartirishga urinishib matbuotda qator chiqishlar qilgan edilar. Yaxshi niyatda qilingan bu harakatlarning samara keltirmasligi oldindan aniq edi. Negaki, respublikadagi barcha maktablardagi adabiyot saboqlarida badiiy asarlar yagona qolip asosida tahlil qilinadigan oʼsha vaqtlarda insholarning bir xil boʼlmasligi mumkin emasdi. Insholarning bir xilligi oʼquvchilar bir xil fikrlashining emas, balki adabiyot oʼqitishning bir xil fikrlashni, demakki, amalda fikrlamaslikni talab qiladigan tarzda yoʼlga qoʼyilishi oqibati edi. Аfsuski, maktab adabiy taʼlimida bu hol hozirga qadar ham davom etib kelmoqda.
  • “Badiiy tahlil asoslari” kursining maqsadini filolog mutaxassislarni badiiy asar bilan professional darajada ishlashga oʼrgatishdan iborat deb belgilash baravarida badiiy tahlilning oʼzidan qanday maqsadkuzatiladi degan savolga ham javob berish kerak boʼladi.
  • Badiiy tahlil nima va uning mohiyati nimadan iborat degan muammoni yechishga ushbu kitobdan alohida boʼlim ajratilganini nazarda tutib, bu oʼrinda adabiy tanqid va uning belgilarini koʼrsatish maqsadga muvofiq hisoblandi. Аdabiyot va sanʼat toʼliq mafkuralashgan sovet sharoitida, xuddi badiiy adabiyotga boʼlgani kabi, adabiy tanqidga ham uning asl imkoniyati va funktsiyasidagidan koʼra koʼproq yuk ortilgan edi.

Download 22.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling