Ular ilmiy tahlil natijasida asarning badiiy-estetik tarkibi buzilib, jozibasi yoʼqolishi mumkin, deb qaraydilar. Badiiy matnga xos muhim qonuniyatlarni ochmoqchi boʼlib, uni tahlil qilishga kirishgan sinchi oldida asarning yaxlitligiga daxl etib, amalda uni vayron qilish xavfi ham turadi. - Ular ilmiy tahlil natijasida asarning badiiy-estetik tarkibi buzilib, jozibasi yoʼqolishi mumkin, deb qaraydilar. Badiiy matnga xos muhim qonuniyatlarni ochmoqchi boʼlib, uni tahlil qilishga kirishgan sinchi oldida asarning yaxlitligiga daxl etib, amalda uni vayron qilish xavfi ham turadi.
- Badiiy asarni ilmiy tahlil qilish mumkinligini tan olmaydigan mutaxassislar badiiy adabiyotga doir tushunchalar bilan adabiyot haqidagi ilmning tamoyillarini aralashtirib, adabiyot hamda adabiyotshunoslikni qorishtirib yuboradilar. Ilmiy tafakkurdan uning tabiatiga yot boʼlgan obrazli badiiylik mahsulini kutadilar. Mashhur rus adabiyotshunosi А. Bushmin ancha yillar oldin haqli ravishda taʼkidlaganidek: “Maʼlumki, ilmiy fikrlash tarzi badiiy obrazni bus-butun qamrab ololmaydi, undagi koʼpmaʼnoli mohiyatning barcha qirralarini toʼliq ilgʼayolmaydi, u koʼrsatgan taʼsir oʼrnini bosolmaydi. Shunday qilish mumkin boʼlganda, sanʼatning keragi boʼlmay qolardi” .
Mantiqiy kategoriyalar, ilmiy atamalar, tushunchalar, taʼrifu qoidalar badiiy obrazni bilishning mohiyati boʼlib, ular badiiy asardagi asosiy jihatni ajratib, uning qonuniyat darajasidagi muhim qirralarini qabariq tarzda koʼrsatish orqali bizning asar haqidagi hissiy kechinma va tasavvurimizni toʼldiradi, boyitadi. - Mantiqiy kategoriyalar, ilmiy atamalar, tushunchalar, taʼrifu qoidalar badiiy obrazni bilishning mohiyati boʼlib, ular badiiy asardagi asosiy jihatni ajratib, uning qonuniyat darajasidagi muhim qirralarini qabariq tarzda koʼrsatish orqali bizning asar haqidagi hissiy kechinma va tasavvurimizni toʼldiradi, boyitadi.
- Yetuk badiiy matnlarning koʼpchilik tomonidan toʼla anglanishiga erishmay turib, biror jamiyat miqyosida barkamol shaxs shakllantirishni oʼylash amalga oshmaydigan orzudir. Buning uchun esa filolog mutaxassislar oʼrganilayotgan badiiy asarni tahlil qilish malakasiga ega boʼlishlari kerak.
- Pifagor teoremasi yoki suvning formulasini bilganda ham, bilmaganda ham kishining, uni oʼrab turgan olamning mohiyati oʼzgarishsiz qolaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |