Tanqidchilik adabiyot oʼrmonidagi sanitar hisoblangan sharoitda badiiy asarlarni tadqiq etishdan koʼra u haqda hukm chiqarishga moyil edi. Shuning uchun ham biror asarning ham jamoatchilik, ham hukmron mafkura tomonidan qabul qilinishi koʼp jihatdan sinchilikning ilk reaktsiyasiga bogʼliq boʼlar, shu boisdan ham sovet davrida tanqidchilik katta mavqega ega edi. Аlohida taʼkidlash joizki, u davrda adabiy tanqidchilik nomiga yarasha tanqid qilishga juda moyil etilgandi. Аslida adabiy tanqid badiiy matndan nuqson, kamchilik izlashdan koʼra fazilat qidirish va topishga koʼproq diqqat qaratsa, adabiyotning rivojiga, ayniqsa, oʼqirmanlarda badiiy did hamda sogʼlom maʼnaviyat shakllanishiga koʼproq xizmat qilgan boʼladi. - Tanqidchilik adabiyot oʼrmonidagi sanitar hisoblangan sharoitda badiiy asarlarni tadqiq etishdan koʼra u haqda hukm chiqarishga moyil edi. Shuning uchun ham biror asarning ham jamoatchilik, ham hukmron mafkura tomonidan qabul qilinishi koʼp jihatdan sinchilikning ilk reaktsiyasiga bogʼliq boʼlar, shu boisdan ham sovet davrida tanqidchilik katta mavqega ega edi. Аlohida taʼkidlash joizki, u davrda adabiy tanqidchilik nomiga yarasha tanqid qilishga juda moyil etilgandi. Аslida adabiy tanqid badiiy matndan nuqson, kamchilik izlashdan koʼra fazilat qidirish va topishga koʼproq diqqat qaratsa, adabiyotning rivojiga, ayniqsa, oʼqirmanlarda badiiy did hamda sogʼlom maʼnaviyat shakllanishiga koʼproq xizmat qilgan boʼladi.
Ijod erkinligi amalda boʼlgan sharoitda adabiy tanqidchilik asosiy eʼtiborni oʼqirmanlarning didini oʼstirish, ularni asldan soxtani, goʼzaldan xunukni ajratadigan darajaga yetkazishga qaratishi maqsadga muvofiq boʼladi. - Ijod erkinligi amalda boʼlgan sharoitda adabiy tanqidchilik asosiy eʼtiborni oʼqirmanlarning didini oʼstirish, ularni asldan soxtani, goʼzaldan xunukni ajratadigan darajaga yetkazishga qaratishi maqsadga muvofiq boʼladi.
- Shu munosabat bilan yana bir jihat, yaʼni tanqidchilik atamasining maʼnosiga eʼtibor qaratish va bu borada muayyan toʼxtamga kelish maqsadga muvofiq boʼladi. Bizningcha, arab tilida “tanlab olish, saralash” hamda “tanqidiy tekshirish va tanqid qilish” maʼnolarini anglatadiganﻨﻗﺩ (naqada) oʼzagidan olingan “tanqid” va undan yasalgan “tanqid qilish, ayblash” maʼnolaridagi ﺘﻧﻗﻳﺩ(tanqidun) hamda bundan kelib chiqqan va “tanqid qiluvchi, tanqidchi” maʼnosidagi ﺼﻧﻗّّﺩ (munaqqid) atamalari ushbu estetik hodisa mohiyatini aniq va toʼliq ifodalay olmaydi. Buning oʼrniga oʼz tilimizda bor va qozoq hamda qirgʼiz qardoshlar tomonidan ham ishlatilib kelinayotgan baholash maʼnosidagi “sin” soʼzi va shu yumush bilan shugʼullanadigan kasb egasini anglatadigan “sinchi” atamasini qoʼllash maqsadga muvofiqroq boʼlardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |