Ilim h ám jámiyet. №3. 2019


Ilim h ám jámiyet. №3.2019


Download 131.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana20.10.2023
Hajmi131.4 Kb.
#1712020
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ilm fan jamiyat

Ilim h
ám jámiyet. №3.2019
105
malakaviy 
ishlarini 
tayyorlash 
jarayonlari) 
hamda
o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidaga mavjud tarbiyaviy 
munosabatlar jarayonlarini o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish, 
tahlil qilish hamda o‘rganilayotgan tushunchalarning 
mazmun-mohiyati va ahamiyatini inobatga olgan holda 
ularni samarali o‘zlashtirishga mos keladigan metodlar va 
yondashuvlarni tanlash va ulardan foydalanish mazkur 
jarayonlarni samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi. 
O‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirish va 
rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ta’lim-
tarbiya jarayonini, mustaqil ta’lim jarayonini, pedagogik 
amaliyot, kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlarini 
tayyorlash jarayonlarini hamda tarbiyaviy munosabatlar 
jarayonlarining o‘zaro aloqalari va bog‘liqligini inobatga 
olgan holda ularni muntazam rivojlanib boruvchi tizim 
komponentlari sifatida tasavvur qilib tizimli yondashuvni 
tatbiq etish zarur hisoblanadi.Tizimni tashkil etuvchi 
komponentlarining o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligi, har 
bir komponent yaxlit tizimning o‘zgarishiga (ijobiy yoki 
salbiy) ta’sir ko‘rsatishi hamda tizimning o‘ziga xos 
xususiyatlari, kasbiy kompetentlikni shakllantirish va 
rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy 
tushunchalar o‘ziga xos tizimni tashkil qilishi boshlang‘ich 
sinf o‘qituvchilarida kasbiy kompetentlikni shakllantirish 
va rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 
tushunchalarni o‘rganishga tizimli yondashuvni tatbiq etish 
zaruriyatini asoslaydi.Mazkur fikrimizni asoslash uchun 
prezident Islom Karimovning “Vatan – bu avvalo, ota-ona, 
tug‘ilgan yer, sevikli yor, do‘st birodar deganidir. Shu 
qutlug‘ tushunchalar birlashib Vatan tuyg‘usini hosil 
qiladi” [5:11], - deb aytgan fikrida Vatan tuyg‘usi bir necha 
tushunchalar majmui, ya’ni tushunchalar tizimi shaklida 
ifodalanishini keltirishimiz mumkin. A.S.Begmatov va 
M.Quronovlarning fikriga ko‘ra, yangi zamonaviy kadrlar 
siyosatini 
shakllantirish 
vazifasi 
ob’ektiv, 
ilmiy 
yondashuvni talab qiladi. Ushbu tamoyilni joriy qilishning 
eng istiqbolli tarzi texnologik yondashuvdir. Mualliflarning 
ta’kidlashicha, texnologik yondashuv barcha jarayonlar 
uchun universal xususiyatga ega. Zero, bu tamoyil “maqsad 
- natija” sari harakatni to‘la qamrab olishi, yaxlitlik, 
tizimlilikni ta’minlashi, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan xato 
va kamchiliklar, entropik vaziyatlarni tezkor tuzatish 
imkonini berishi bilan ham qimmatlidir [7:124-125]. 
Shuningdek, texnologik yondashuv ushbu faoliyatning 
yaxlit jarayoni to‘g‘risida oldindan to‘laqonli ma’lumotga 
ega bo‘lish imkonini beradi. Turli vaziyatlarni oqilona 
baholash 
asosida 
faoliyat 
mazmuniga 
ma’lum 
o‘zgarishlarni kiritib, tarbiyalanuvchilarda mavjud bo‘lgan 
sifatlarni hisobga olish va ularni boyitish xususida qat’iy 
fikrga ega bo‘lish ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini 
oshirishning muhim omillari bo‘la oladi. Mualliflarning 
fikricha, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishga nisbatan 
texnologik yondashuv – bu o‘qituvchi tomonidan 
o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikma va 
malakaga aylantirish, ularda faol faoliyatni tashkil etish 
tajribasini yuzaga keltirish hamda ko‘zlangan sifatlarni 
tarbiyalashga yo‘naltirilgan faoliyat jarayonida pedagogik 
texnologiyalardan samarali foydalanish majmui bo‘lib, u 
quyidagi tarkibiy tuzilmaga asoslanadi: ta’lim-tarbiya 
jarayonini texnologik yondashuv asosida tashkil etish 
birinchi navbatda muayyan mavzu bo‘yicha uyushtirilishi 
nazarda tutilgan tadbirning o‘tkazilishidan ko‘zlangan 
asosiy maqsad, ushbu maqsadga erishish imkonini berish 
uchun ijobiy hal etilishi lozim bo‘lgan vazifalarning qat’iy, 
aniq va ravshan belgilab olinishi, tadbir mazmuni 
(ssenariysi)ning puxta ishlab chiqilishi, shakllantirilgan 
mazmun-mohiyatini to‘laqonli ochib berishga xizmat 
qiluvchi maqbul shakl, metod va vositalarning to‘g‘ri 
tanlanishini taqazo etadi. Ikkinchidan, tadbir jarayoning 
asosiy sub’ekti sifatida tarbiyalanuvchining shaxsi bo‘lishi 
maqsadga 
muvofiqdir. 
Ta’lim-tarbiya 
jarayonlarida 
o‘qituvchilarning faolligini ta’minlashda motivlashtirish 
muhim ahamiyat kasb etadi. O‘qituvchilarning kasbiy 
kompetentligini shakllantirish va rivojlantirish jarayonida 
ularning faolligini ta’minlashga qaratilgan motivlashtirish 
ularni kasbiy kompetentlik, uning mazmun-mohiyati, 
ahamiyati va zaruriyatini, kasbiy kompetentlikka ega 
bo‘lishning o‘ziga xosliklari, fan-texnika yutuqlari, milliy 
tariximizni o‘rganishga undashning ko‘p darajali va 
murakkab 
tizimi 
hisoblanib, 
ehtiyojlar, 
qiziqishlar, 
intilishlar, 
vositalar, 
e’tiqod, 
maqsad, 
orzu-istak, 
manfaatlar, talablar va boshqalar mazkur tizimning 
komponentlari sifatida xizmat qiladi. Shunday ekan, 
o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirish va 
rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy
tushunchalarni faol o‘zlashtirishga qiziqishni shakllantirish, 
ya’ni ta’lim-tarbiya jarayonlarida faol ishtirok etishga 
o‘qituvchilarni 
motivlashtirish 
yo‘nalishida 
muhim 
ahamiyatga ega bo‘lgan shaxs-faoliyat yondashuvini tatbiq 
etish ham o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Shaxs-faoliyat 
yondashuvi 
yo‘nalishida 
izlanishlar 
olib 
borgan 
tadqiqotchilarning 
[6] 
ta’kidlashicha, 
shaxs-faoliyat 
yondashuvida shaxsning va faoliyatning komponentlari bir-
biri bilan chambarchas bog‘langan bo‘ladi. Mazkur
yondashuv jarayonida shaxs sub’ekt sifatida faoliyat 
ko‘rsatadi va o‘z navbatida turli xil omillar ta’sirida hamda 
shaxsning o‘z faoliyati natijalari ta’sirida uning sub’ekt 
sifatida rivojlanishi amalga oshadi. Demak, shaxs-faoliyat 
yondashuvida o‘qituvchilarning mustaqil faoliyatiga ta’sir 
ko‘rsatuvchi ta’lim-tarbiya jarayonidagi mavjud omillarni 
aniqlash asosida mazkur jarayonda vujudga kelayotgan 
o‘zgarishlarni vaziyatlarga ko‘ra tahlil qilish zarur bo‘lib, 
bunda o‘qituvchilarni mustaqil va erkin fikr bildirishi, o‘z 
tushunchalarini ilmiy ifodalashi, erkin muloqotga kirishishi, 
ya’ni o‘z imkoniyatlarini namoyon etishi uchun zaruriy va 
yetarli shart-sharoitlar yaratiladi. Ta’lim-tarbiya jarayonida 
o‘qituvchilarning 
faolligiga 
va 
sub’ekt 
sifatida 
rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi mavjud omillar va 
ularning ta’siri hamda vujudga kelayotgan o‘zgarishlar 
vaziyatlarga bog‘liq bo‘lib, ularning faolligini ta’minlashda 
mavjud vaziyatlarni o‘rganish va tahlil qilish asosida 
o‘qituvchilar 
faoliyatini 
muvofiqlashtirib 
borishning 
zarurligi hamda ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qituvchilar 
faoliyatining 
tez 
o‘zgaruvchan 
xususiyatlari 
o‘qituvchilarning ma’lum bir sharoitdagi faoliyatini 
vaziyatlarga ko‘ra rivojlantirishga xizmat qiluvchi vaziyatli 
yondashuvni tatbiq etish zaruriyatini belgilaydi. Vaziyatli 
yondashuv 
ta’lim-tarbiya 
jarayoni 
samaradorligini 
ta’minlash uchun o‘qituvchilarning faolligini hamda 
o‘rganilayotgan tushunchalarga nisbatan munosabatlarini 
aniq vaziyatlarga ko‘ra aniqlashni nazarda tutadi.
Vaziyatli yondashuv muammolari bo‘yicha pedagogika 
sohasida bir qator olimlar ilmiy izlanishlar olib borgan 
bo‘lib, V.S.Reshetko ijodiy pedagogik jarayonning turli 
jihatlarini tavsiflashda, turli pedagogik tizimlarda va turli 
vaziyatlarda erishilgan natijalarning samaradorligini tahlil 
qilish zaruriyatini ta’kidlab, asosiy e’tiborni vaziyatli 
yondashuvga qaratadi [8]. Bizning fikrimizcha, ta’lim-
tarbiya 
jarayonlarining 
samaradorligini 
ta’minlashda 
belgilangan vaqtdan samarali foydalanish, o‘rganilayotgan 
tushunchalarini o‘quvchilar tomonidan qisqa vaqt ichida 
o‘zlashtirilishi uchun qulay vaziyatlarni vujudga keltirish 
uchun muvofiqlashtirilgan yondashuvdan foydalanish ham 
zarur hisoblanadi.Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘rganilishi 
rejalashtirilgan asosiy tushunchalarni o‘zlashtirish uchun 
zarur bo‘lgan vaqtni oldindan aniqlash asosida ta’lim-
tarbiya jarayonini loyihalashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoni 
samaradorligini oshirish asosida ko‘zlangan maqsadga 
erishishda ta’lim jarayonida o‘qivchilar vaqtini tejash, ya’ni 
tushunchalarni o‘zlashtirish uchun sarf bo‘ladigan vaqtni 
me’yordan 
ortmasligini 
ta’minlovchi, 
ularning 
imkoniyatlariga mos keluvchi, eng qulay bo‘lgan hamda 
vaziyatlarga ko‘ra ta’lim-tarbiya jarayonini va uning 
tarkibiy tuzilishini qayta tashkil eta oladigan tizimni 



Download 131.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling