Ilk aloqa savdo yo‘llari va ularning tarmoqlari
Download 25.17 Kb.
|
Ilk aloqa savdo yo‘llari va ularning tarmoqlari.
Ilk aloqa savdo yo‘llari va ularning tarmoqlari.Buyuk ipak yo`li tushunchsini birinchi bo`lib fanga taniqli nemis olimi Fon Rixgofen olib kirgan. U XIX asrning 70-yillarida yozgan «Xitoy» nomli klassik asarida bu terminni chuqur ilmiy asoslab berdi. Ma`lumki, Xitoyning Sian shahrida boshlangan Ipak yo`li Lanjou orqali Dunxuanga (Sharqiy Turkiston) kelib, bu yerdan u ikkiga ajraladi. Ipak yo`lining janubiy tarmog`i Taklamakon sahrosi (Mo`g`iliston) orqali Xo`tanga, undan Yerkentga kelib, undan Balxga tomon o`tadi. Balxda yo`l yana uch tarmoqqa ajraladi. G`arbiy tarmog`i Marvga, janubiy tarmog`i Hindistonga, shimoli tarmog`i Termiz orqali Darbent, Nautak va Samarqandga tomon yo`naladi. Ipak yo`lining shimoliy-g`arbiy tarmog`i esa Dunxuandan Bami, Turfon orqali Tarim vohasi-Qashg`arga boradi. U yerdan Tioshqo`rgon orqali O`zgan, O`sh, Quva, Axsikent, Pop, Asht orqali Xo`jand, Zomin, Jizzaxga, so`ngra Samarqandga borib tutashadi. Samarqanddan esa bu yo`l yana davom etib Dabusiya, Malik cho`li orqali Buxoro, Romitonga, undan Varaxsha orqali Farobga borib, Amul shahriga o`tadi. Amulda esa bu yo`l Marvdan Urganch sari yo`nalgan yo`lga qo`shiladi. Marv shahri O`rta asrlar davomida Buyuk ipak yo`li chorrahalari kesishgan eng muhim hayotiy nuqta bo`lgan. Eng muhimi shundaki, Buyuk ipak yo`lining G`arbdan keladigan savdo karvonlari aytaylik, Italiya, Ispaniya va boshqa O`rta yer dengizi mamlakatlarining savdogarlari ham o`z mollarini Tir, Damashq, Anatoliya, Bog`dod orqali Parfiya davlati hududlari bo`ylab yana O`rta Osiyoning yirik savdo markazi Marvga olib kelar, shu yerdan sharq tomon yo`llarini davom ettirardilar. Shu ma`noda Marvning turli dinlar ildiz otgan, turli madaniyatlar tutashgan joy bo`lganligi alohida ahamiyatga molikdir. Buyuk Ipak yo’lining tarixiy an’analaridan yana biri bu sayyohlik hisoblanadi. Karvon yo’li bo’ylab safarga chiqqan sadogarlar, elchilar va boshqalar bir vaqtning o’zida sayyohlar ham hisoblangan. Ular Buyuk Ipak yo’li bo’ylab ko’rgan va kechirganlarini o’z esdaliklarida yozib koldirishgan. SHu bilan birgalikda bu yo’lga siyosiy jihatdan ham xukmdorlarning qiziqishlari baland bo’lgan. Jumladan, Xan imperiyasi mil. avvalgi I ming yillik oxirida o’z xududini kengaytirish siyosatini yurgazib bu yo’nalishga alohida e’tibor qaratadi va bu yo’l haqida alohida ma’lumot to’plash, ayg’oqchilik va diplomatik masalalarda elchi CHjan Szyanni yuboradi. Ammo Suriyadagi O’rta Yer dengizining sharqida joylashgan Gierapol shahridan Serikagacha bo’lgan masofa bo’ylab cho’zilgan dastlabki batafsil yo’llik makedoniyalik savdogar May Tisian (mil 100 y) tomonidan tuzilgan. Bu ma’lumotlar Klavdiy Ptolomeyning «Geografik qo’llanmasi»da saqlangan. Ptolomey esa o’z navbatida bu ma’lumotlarni tarixchi Marining taxminan 107-114 yillar oralig’ida yozilgan va bizgacha еtib kelmagan asarlaridan olingan. Xususan, Rim papasi Innokentiy IV ning Plano Karpini boshchiligidagi elchilari Fransiyaning Lion shahridan chiqishib, mo’g’ullar davlatining bosh shahri bo’lgan Qoraqurumga kelishadi. Ular o’z elchilik vazifalarini bajarib 1247 yili Lion shahriga qaytib ketadilar. Plano Karpiniy boshchiligidagi elchilar Buyuk Ipak yo’lining shimoliy tarmog’idan foydalanishgan edi. Ikki yildan ko’proq vaqtga cho’zilgan bu sayyoxat tafsilotlari aks etgan xisobot orqali еvropaliklar Buyuk Ipak yo’li bo’ylab joylashgan Markaziy Osiyo xalqlari va xitoyliklar haqida, ularning savdo-sotiq va xunarmandchilik an’analari, madaniy hayoti haqida ko’pgina ma’lumotlarga ega bo’ladilar. XIII asrda Yevropadan Osiyoga sayyohat qilgan va o’z safar tassurotlariga Buyuk Ipak yo’lining yo’nalishlari, bu yo’l o’tuvchi xududlardagi aholi turmushi, madaniyati haqida muhim ma’lumotlar qoldirgan kishilar ichida Venesiyalik savdogar va sayyoh Marko Polo alohida e’tiborga molikdir. Marko Poloning «Dunyo ajoyibotlari haqida kitob» asarida Xitoyga qilgan ikkita sayyohat: 1254-1269 yillarda Markoning otasi (Nikallo Polo) va amakisi (Meffeo Polo)ning Xitoyga sayyohati va 1271-1295 yillarda Marko Poloning ular bilan birgalikdagi sayyohati aks etgan. Aka-uka Pololarning birinchi sayyohati Buyuk Ipak yo’lining O’rta Osiyo orqali o’tgan yo’nalishlari bo’ylab amalga oshirilgan. Evropaliklarning Markaziy Osiyo va Xitoyga sayyohatlari XIV asrda ham davom etdi. Xususan, venesiyalik sayyoh Franchesko Pecholattining Markaziy Osiyoga sayyohati (1348-1355) yo’nalishi muhim savdo yo’llari bo’ylab amalga oshirilganligiga alohida e’tibor qaratish lozimdir. Konstantinopoldan Azov-Doning quyi oqimidagi qipchoqlar qo’rg’oni Astraxan (25 kun)- Kaspiy dengizi bo’ylab (8kun)- Ural daryosi quyi oqimi-kichik Saroy yo’nalishida Urganchga (20kun) еtib keladi. Bu еrdan Sirdaryo kechuvi orkali O’trorga (40kun) o’tadi va Buyuk Ipak yo’lining shimoliy tarmog’i bo’ylab Olmalikdan Xanchjouga, bu еrdan Xuanxe daryosi bo’ylab Pekinga boradi. Bu sayyohat davomida otlardan, tuya qo’shilgan aravalardan va suv yo’lidan foydalanilgan. Bu esa o’sha davrning transport vositalari edi. Demak, qadimiy karvon yo’llari azaliy asrlar davomida o’z ahamiyatnini yo’qotmadi. Balki uni asrlardan asrlarga еtkazib dunyo xalqlarini birlashtirish uchun o’zining munosib ulushini qo’shib keldi. Savdo yo’lining «Ipak yo’li» deb nomlanishiga sabab qadim davrlarda g’arb mamlakatlari va umuan barcha xalqlar uchun qimmatbaho xom ashyo hisoblangan ipak matosi bilan bog’liqdir. Ma’lumotlarga ko’ra, ipak kurtlaridan ipak matosini tayyorlash sirlari xitoyliklarga 5 ming yil avval ma’lum bo’lgan. Xattoki, ipak tarixi bo’yicha yirik mutaxassis A.A.Tixomirov aniq Vaqtini ham aytib o’tgan, ya’ni miloddan avvalgi 2698 yil deb ta’kidlaydi. Ba’zi bir tadqiqotchilar yanada qadimiylashtirib ipakni 6-7 ming yil avval vujudga kelgan deydilar. Xitoy rivoyatlariga ko’ra ipak tolasining tarqalishi Xitoy imperatori Xoang-tining xotini malika Si Ling-chi nomi bilan bog’liq qilib ko’rsatiladi. Malika bog’da, tut daraxtlari soyasida choy ichib o’tirgan vaqtda uning piyolasiga yuqoridan pilla tushib, issiq choyda yumshab, uning tolalari yoyilib ketadi. Malika Si pilla tolalarini piyoladan olib tashlashga qancha urinmasin, uning uzundan-uzun tolalari chuvalab bo’lmaguncha choyni pilla tolasidan tozalay olmaydi. Rivoyatda aytilishicha, pilla tolasini olish usuli ana shu voqedan so’ng ma’lum bo’ladi. Xitoy xalqi pilla kalavasini topib olishni Osmon xudosi Si Ling CHiga bog’laydilar. Si Osmon xudosi nazari tushgan malika deb uni ilohiylashtiradilar. Unga atab ibodatxonalar qurilgan. Hozirgacha Xitoyda malika Siga atab har yili ipak bayrami o’tkaziladi. Fanda ipaknng vatani deb xitoy tan olingan. Ammo bu masalada olimlar orasida baxslar bo’lib turadi. Xitoy manbalarida ham miloddan avval xitoyliklar o’zining shimoliy qo’shnilarini ipak matolar bilan ta’minlaganliklari to’g’risida ma’lumotlar ko’p. Biroq O’zlarini «xanzu»miz deb nomlaydigan, qadimda Xuanxe (Sarik daryo)ning janubida istiqomat qilgan xitoyliklarning ipak ishlab chiqarganligi to’g’risida aniq ma’lumot yo’q Xitoy manbalaridagi ipak ishlab chiqarish bilan bog’liq ma’lumotlar shimolda yashagan rung-dilar xududiga to’g’ri keladi. Xanzular esa, ularning janubida istiqomat qilganlar. Binobarin qadimda xanzular ipak ishlab chiqarganmi yoki yo’qmi degan savolning tug’ilishi tabIIy. SHuning uchun ham Xanzu davlati ipak mamlakati bo’lganmi yoki yo’k masalasi jiddiy munozaraga sabab bo’lmokda. Xind olimi Mukerji Xindistonda ipakning qachon paydo bo’lganligi haqida aniq va ishonarli ma’lumot bera olmasa-da, u ipakning Xitoyda paydo bo’lib, u еrdan boshqa еrlarga tarqalganligi haqidagi fikrlarga ko’shilmaydi. U Xindistonda ham tog’li tumanlarda yovvoyi ipak qurti tut daraxtlari ustida pilla o’rashlarini ta’kidlaydi. Ko’p olimlar ipakning vatani Turkiston deb ta’kidlaydilar. Turkiston qadimiy «Ipak mamalakati» bo’lganligini undan topilgan arxeologiya yodgorliklari tasdiqlaydi. Xitoy arxeologlari tomonidan Turkistonning sharqiy SHinjang Uyg’ur Muxtor O’lkasining Olguy degan mavzeida qadimiy qabrlardan topilgan chiroyli kashtali gul tikilgan ipak matolar milod. avv VIII-IV asrlarda to’qilganligi taxmin qilinadi. Albatta 3000 yil avval kashtali gul tikilgan ipak mato ishlab chiqarilganligi aniq. Buni qadimshunos olim akademik A.Asqarovning buyuk kashfiyoti tasdiqlab beradi. Axmadali Asqarov olib borgan ko’p yillik arxeologik izlanishlar oqibatida O’zbekistoning Surxondaryo viloyatidagi Sopollitepa yodgorligi va Jarko’ton mozorlarini qazish paytida 3,5-4 ming yillik tarixga ega ipak mato qoldiqlari topilgan. Topilgan kiyim parchalarini O’zbekiston fanlar akademiyasining akademigi M.Xojinova boshchiligidagi bir gurux olimlarning sinchiklab tekshirishlari natijasida u tabIIy ipakdan to’qilganligi aniqlandi. Mazkur ipak matolarini A.Asqarov eng sodda to’qimachilik dastgohlarida to’qilganligini, urchug’ boshlarining shu joydan topilishi bilan isbotladi. So’nggi yillarda Markaziy Osiyo va qo’shni hududlarda olib borilgan tarixiy-arxeologik tadqiqotlar bu minmaqa Qadimgi Sharq tsivilizatsiyasining shakllanishi va rivojlanushuda uziga xos o’rin to’tganligini ko’rsatuvchi ko’plab ashyoviy dalillarni yuzaga chiqardi. Ularga asoslanib, biz “Markaziy Osiyo tsivilizatsiyasi”, “O’rta Osiyo tsivilizatsiyasi” “Turon” yoki “Turkiston tsivilizatsiyasi” kabi tarixiy tushunchalardan ilmiy tadqiqotlarda keng foydalana boshladik. Prezidentimiz ta’kidlab o’tganlarideq hozirgi O’zbekiston hududining o’lkan Evroosiyo mintaqasi markazida, muhim tranzit yo’llari kesishgan chorraxada joylashganligi tarixan belgilangan bo’lib, bu vatanimizni kishilik tarixining ilk bosqichlaridayok Sharq va G’arb dunyosi o’zaro muloqotga kirishadigan joy sifatidagi ahamiyatini belgilab berdi. Sru tufayli ham tarix fanining hozirgi taraqqiyot bosqichida vatanimiz tarixini jaxon tsiviliatsiyasining muhim tarkibiy qismi sifatida o’rganish dolzarb vazifa sifatida kun tartibiga qo’yilmokda. O’rta Osiyo tsivilizatsiyasining shakllanishi va bosqichma-bosqich rivojlanib borishida mintaqaviy va transmintaqaviy iqgisodiy-madaniy aloqalar tizimi faoliyati yetakchi o’rin egallaydi. Mintakqamizda qadimgi aloq savdo yo’llarining shakllanishi va rivojlanishi murakkab tarixiy jarayon bo’lib. u iqtisodiy xo’jalik turlarining paydo bo’lishi, tarqalishi va evolutsiyasi, qadimgi ahili migratsiyasi va etnogenez jarayonlari, urbanizatsiya va shaharsozlik madaniyati rivoji, o’zaro mahsulot almashuvi, savdo-sotiqning vujudga kelishi va rivojlanishi, ilk ulov va transport vositalaridan foydalanishga o’tilishi, uning ahamiyati hamda qator ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy, madaniy jarayonlar bilan kechdi. Bu jarayonlarni ilmiy o’rganish va tahlil qilish O’rta Osiyo tarixining ko’pgina muxim xodisalariga baho berishda, turli tarixiy davrlardagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotdagi an’analarni aniqlashtirishda katta o’rin tutadi. Asrlar mobaynida xalqaro savdo va aloqa yo’llari chorrahasida joylashgan, “hunarmandchilikda, dehqonchilikda va savdo-sotiqda qadim an’analarga ega bo’lgan mamlakatimiz umuman O’rta Osiyo mintaqasida XX-XXI asr boshlarida olib borilgan tarixiy-arxeologik tadqiqotlar bu hududdagi qadimgi makonlar va madaniyatlar o’rtasidagi o’zaro aloqalardan dalolat beruvchi, qadimgi tosh davridayoq ilk aloqalar uchun xizmat qilgan yo’llar shakllana boshlaganligini kursa- tuvchi ko’plab ashyoviy dalillarni yuzaga chiqardi. Bu moddiy manbalar O’rta Osiyo xalqlari ilk yozma manbasi — «Avesto», ahamoniy shoxlarning qoyatosh bitiklari, qadimgi yunon, Rim, Xitoy tarixchi va geograflarining asarlarida tilga olinishdan ancha ilgarirok rivojlangan madaniyat barpo etganliklarini ko’rsatib berdi. Bu ma’lumotlar ajdodlarimiz yaratgan qadimiy madaniyatlari tarixiy ildizlari va asoslarini aniqlashtirishni, o’rganishni zamonaviy o’zbek tarixshunosligi oldida turgan muxim vazifalardan biri sifatida qarashga majbur etmoqda. Markaziy Osiyo va Qadimgi Sharq mamlakatlarining iqtisodiy-madaniy aloqalarida muxim o’rin tutgan aloqa-savdo yo’llari ilmiy adabiyotlarda turli ramziy nomlar bilan atalib kelinayotganligini ko’ramiz. Ular ichida xalqaro aloqalarda muhim o’rin to’tgan mahsulotlar nomi bilan ataluvchi yo’llar (Lojuvard yo’li, Oltin yo’li, Ipak yo’li, Nefrit yo’li), tarixiy shaxs faoliyati (Shox yo’li) yoki geografik hudud nomi va xususiyati (Dasht yo’li, Badaxshon yo’li, Samarqand yo’li, Kavkaz yo’li va boshqalar) bilan bog’liq nomlarni ko’rishimiz mumkin. Ahamiyatiga ko’ra transmintaqaviy, mintaqalararo va maxfiy yo’llarga bo’linadigan ushbu kommunikatsiya tizimi faoliyatini o’rganish bo’yicha bir qator ishlar olib borilgan. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab mintaqaning qadimgi davr va o’rta asrlardagi aloqa-savdo yo’llari tarmoqlari, yo’l bo’yi inshootlarini ilmiy o’rganish bo’yicha mintaqa tarixchi olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning ahamiyati, ayniqsa, katta bo’ldi. Bu masalaning ayrim jihatlari bo’yicha evropalik olimlar tomonidan ham XIX asrdan boshlab ilmiy tadqiqotlar olib borilgani ma’lum. Biz o’rganib chiqqan manbaga oid ilmiy ma’lumotlar mintaqamizning turli shaharlarida bo’lib o’tgan xalqaro miqyosdagi ilmiy anjumanlarda, O’zbekistonda o’tkazilgan Respublika ilmiy anjumanlari va ilmiy to’plamlar xamda ilmiy jurnallardagi ko’plab maqolalarda o’z aksini topgan. Bu ishlar mintaqadagi qadimgi yo’llar tarmoqlari va ularning evolyutsiyasi masalalari yoritilgani bilan katta ilmiy ahaamiyat kasb etadi. Olib borilgan tadqiqotlarda asosiy e’tibor Buyuk ipak yo’li tarixini o’rganishga qaratib kelinmoqda. Bu jixatdan mintaqamiz hududining asrlar mobaynida Buyuk ipak yo’li bo’yidagi markaziy xalqasi, Sharq va G’arb tsivilizatsiyalari uchrashadigan, hamkorlik qiladigan joy sifatida mashhur bo’lgani katta ahamiyatga ega. Prezidentimiz ta’kidlab o’tganidek Buyuk ipak yo’li “2000 yildan ortiqroq vaqt mobaynida Sharq bilan G'arbni savdo-iqtisodiy rishtalar bilan bog’ladi. Mazkur mintaqada yashovchi xalqlarning madaniy-ma’naviy aloqalarini mustahkamladi”[1]. Shu sababli ham Ipak yo’lini tiklash hayotiy zaruratga aylandi. So’nggi yillarda O’zbekistonni Xitoy, Eron va Kavkazorti orqali Qora dengiz portlari, Afg’oniston orqali Hindiston portlari bilan bog’laydigan zamonaviy yo’llarni barpo etish uchun katta ishlar amalga oshirilmoqda. Bularni amalga oshirishda qadimgi yo’llar yo’nalishlarini aniqlashtirish, to’plangan tajribalardan foydalanish amaliy ahamiyatga ega. Shu tufayli ham O’rta Osiyo, shu jumladan, O’zbekiston hududidagi qadimgi aloqa-savdo yo’llarining shakllanishi va rivojlanishi bosqichlarini o’rganish zamonaviy o’zbek tarixshunosligidagi dolzarb muammolardan biriga aylandi. Zero, bugungi kunda O’zbekistonning dunyodagi ko’plab mamlakatlar bilan amalga oshirayotgan iqtisodiy-madaniy aloqalari rivoji ko’p jihatdan bu aloqalarning qadimgi davr va o’rta asrlardagi tarixiy an’analari, yo’nalishlari, xususiyatlari, xarakterli belgilarini o’rganishga ham bog’liqdir. Buyuk ipak yo`lining Janubiy trassasi – Dengiz yo`li Misrdan, Qizil dengizdagi Mios Xormos va Berenika portlarida boshlanib, Arabiston yarim orolini aylanib o`tgan va Hindistonning g`arbiy sohil bo`ylari – Barbarikon, barigaza va Mimirika portlariga o`tgan. Hindistondan Dengiz yo`li yarimorlini aylanib o`tib, Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga etib borgan. Bu yo`l haqida Xan katta xonadoni tarixida yozib qoldirilgan. Va nihoyat Buyuk ipak yo`lining uchinchi trassasi – Dasht yo`li Shimoliy Qoradengizbo`yi shaharlari- Tira, lviya, Xersones, Paktikapeya, Fanagoriyadan boshalanib, Don qo`yi oqimida joylashgan Tanais shahri orqali Janubiy Rus dashtlari, Quyi Volgabo`yi, Orolbo`yi kesib o`tgan. So`ngra janubiy Qozog`iston orqali Oltoyga va u erdan Sharqiy Turkistonga etibborgan. Bu erda yo`l, aftidan, Buyuk ipak yo`lining asosiy trassasi bilan birlashgan.Buyuk ipak yo`li Sharqu G`arbni bog`lovchi, turli mamlakatlarning savdo-sotiq, tijorat aloqalarining eng asosiy vositasi bo`lgandan, bu yo`nalishda joylashgan davlatlar undan o`z manfaatlari yo`lida foydalanishga yohud bu borada o`z mavqeini mustahkamlashga intilganlar. Shu bois turli tarixiy bosqichlarda turli davlatlar bunga intilib, Buyuk ipak yo`li ustidan o`z nazoratlarini o`rnatganlar. Masalan, mil.av. VI-IV asrlarda Eron ahmoniylari, mil.av. IV asrda esa makedoniyalik Iskandar, mil.av. II-I asrlarda Rim Parfiya davlatlari o`rtasida bu borada qattiq raqobat ketdi. Yohud arab xalifaligi vujudga kelgunga qadar bu yo`lning Eron va Sug`diyona hududlaridan o`tgan qismida Eron va Sug`d savdogarlari yetakchilik rolini o`ynaganlar. Arab halifaligi kuchayib, ko`plab hududlarni qo`lga kiritgach, bu yo`l arab savdogarlari tasarrufiga o`tadi. Chingiziylar davrida Buyuk ipak yo`lining tasarrufida butunlay ularning qo`l ostida bo`lgan. Buyuk sohibqiron Amir Temur davriga kelib uning qudratli saltanati vujudga kelgach, Buyuk ipak yo`li sarhadlari yangidan kengayib, katta miqyoslar kasb etib, yanada rivoj topadi. Vatanimiz sarhadlari ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy yuksalishining Buyuk ipak yo`li bilan bevosita bog`liqlik jihatlari juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Yunon-Rim olimlari Gerodot, Ktesiy, Arrian ma`lumotlariga, Eron mixxat yozuvlariga asoslanib fikr yuritadigan bo`lsak, mil.av. IV asrda O`rta Osiyo hududlarida sug`orma dehqonchilik madaniyati, hunarmandchilik, chorvachilik, tog`-kon ishlari ancha rivoj topgan.O`rta Osiyo la`li Xorazmning qimmatbaho feruza ma`dani, Sug`d oltini ko`plab miqdorda qazib olinib, ishlov berilib, xorijiy ellarga ham chiqarilgan. Jumladan, O`rta Osiyo la`liga (lazuriti) Eron, Hindiston, Misr, Mesopatamiya va Xitoy singari mamlakatlarda qiziqish va talab g`oyatda katta bo`lgan. Mil.av. II asr boshlarida Davan va Qang` davlatlariga tashrif buyurgan Xitoy elchisi va sayyohi Chjan Szyan safaridan so`ng Xitoy bilan O`rta Osiyo davlatlari o`rtasidagi diplomatik va sado-sotiq aloqalari yangi bosqichga ko`tariladi. Elchining bu yurtda ko`rgan-kechirganlari. Ayniqsa, uzumchilik, vino-tayyorlash, rangli shishalar ishlab chiqarish, zargarlik, zotdor, uchqur otlar Xitoy hukmdorlarini qiziqtirgan. Bu esa ikki o`rtadagi aloqalarga keng yo`l ochgan. Xitoy O`rta Osiyoning zotdor otlari, rangli shishalari, zargarlik mollari, la`liga xaridor bo`lsa, ayni chog`da Xitoydan ko`proq ipak va ipak mollari, chinni buyumlar, choy mahsulotlar keltirila boshlagan. Shuningdek, Yaponiyadan gurunch, Hindistondan ip gazlama, ziravor va dorivor mahsulotlar, mushk anbar va shu kabi narsalar keltirilgan. Ayni chog`da o`zbek diyoridan bu mamlakatlarga qishloq xo`jalik mahsulotlari, mevalar, chorva mollari, otlar, gilamlar, zargarlik mahsulotlari, nafis junli matolar chiqarilgan. O`rta Osiyo hukmdorlari buyuk ipak yo`lida savdo karvonlarining tinchligi, xavfsizligi va ularning bexatar, muntazam qatnovini ta`minlash borasida ham doimiy chora-talbirlar ko`rib borganlar. Shu maqsadda kerakli nuqtalarda, aholi siyrak bo`lgan joylarda karvonsaroylar, yemakxonalar, barpo qilingan, suv oladigan quduqlar qazilgan, chor atrofi shinam bino shakliga keltirilib qurilgan rabotu-sardobalar tiklangan. Hozirda ham Qizilqum, Mirzacho`l. Malik cho`li sarhadlarida o`tmish arxitekturasining noyob namunalari sanalgan shunday me`moriy obidalar xarobalari ko`plab uchraydi. Ayniqsa, Somoniylar, Qoraxoniylar va G`aznaviylar sulolalari hukm surgan, Movarounnahr hududlari jiddiy iqtisodiy va madaniy yuksalish jarayonini boshdan kechirgan davrlarda xalqaro karvon savdosi yurtimiz ijtimoiy taraqqiyotida muhim rol o`ynagan. O`sha davrda Mag`ribu Mashriqqa ma`lum va mashhur Buxoro, Samarqand, Marv, Shosh, Balx, Isfijob, Termiz singari shaharlarda o`nlab xashamatli karvonsaroylar. Sado bozorlari barpo etilib, ularda tijorat ishlari avjida bo`lgan, turli mamlakat tujjorlari ularda tunu-kun turfa rang mollarini sotganlar yohud mol ayirbosh qilganlar. Buyuk ipak yo`lining shuhrati ayniqsa, XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrda, ya`ni Amir Temur qudratli markazlashgan davlat barpo etish barobarida uning barcha hududlarida tinchlik va osoyishtalik o`rnatdi. Uning o`zi tuzuklarida: «Dunyoning yarmini oldim, salatnatimning u chetida bu chetiga biror bolakay boshida bir lagan tillo ko`tarib o`tadigan bo`lsa, bir donasiga ham zarar yetmaydigan tartib-intizom o`rnatdim», deb aytgan so`zlari bejiz emasdir. Katta salohiyat egasi bo`lgan Sohibqiron mamlakatning yuksak rivojida xalqaro savdoning nechog`lik ulkan ahamiyat kasb etishini bilganligidan. Bu sohani butun choralar bilan o`stirishga alohida etibor bergan. Bunda yurt tinchligi, ulus farovonligi masalalari xar doim uning diqqat markazida turgan. Shu bois ulug` Amir savdo yo`llarini qo`riqlash, odamlar, musofirlar, turli yurt savdogarlari manfaatlarini bosqinchilar, qaroqchilar tajovuzidan muhofaza qilishni muhim davlat ahamiyatiga molik vazifalardan deb hisoblagan. Tuzuklarda: «...yana buyurdimki, yo`l ustiga kuzatuvchilar, zobitlar tayinlasinlarki, yo`llarni qo`riqlab, o`tkinchilar, savdogarlar, musofirlarni kuzatib, mol-mulki va boshqa narsalarni manzildan-manzilga yetkazib qo`ysinlar. Yo`l ustida birortasining narsasi yo`qolsa, o`zi o`ldirilsa yoki boshqa kor-hol yuz bersa, bular uchun javob berish ularning zimmasida bo`lsin.» deb bejiz ta`kidlab o`tmagan. Amir Temur tashabbusi bilan mamlakatning har bir yirik shaharlarida savdo karvonlarining kirishi va chiqishini nazorat qiluvchi davlat nazorat xizmati va maxsus bojxonalar tashkil etilgan. Savdo karvonlaridan mollarning hajmi. Miqdoriga qarab boj to`lovlari undirilgan. Bu davrda poytaxt Samarqand dunyo savdogarlarining yirik markaziga aylandi.Uning keng ko`chalari bo`ylab maxsus qurilgan muhtasham karvonsaroylar, savdo bozorlari, rastalarda tunu-kun savdo ishlari to`xtamagan. Turli mamlakatlardan kelgan savdogarlar o`z mollarini xaridorlarga sotganlar yohud o`zlariga kerakli mollarni xarid qilganlar. Samarqand qog`ozining mashhurligi yetti iqlimga ma`lum bo`lgan. Movarounnahr va Xuroson shaharlari Buyuk ipak yo`lining eng qaynoq yo`liga aylangan. Bu yerga Hindistondan juda ko`plab tijorat karvonlari kelib turardi. Xitoy bu hududlarga ipak gazlamalari, chinni kosalar, billur qadahlar, qimmatbaho toshlar yuborardi. Shimoldan noyob po`stinlar, mo`ynalar keltirilardi. Ushbu turli iqlimlarning mollari Samarqand va boshqa O`rta Osiyo shaharlarida toy-toy boylanib, Osiyoning yirik shaharlariga va Yevropaga jo`natilardi. Savdogarlar bir yo`l bilan Genza ko`liga borardi. Ikkinchi yo`l Hirot, Kazvin, Tabriz, Trabzon orqali genuyaliklar, venesiyaliklar, pizaliklarning kemalariga tushib Yevropaga yetardi. Amir Temurning Oltin O`rda xoni To`xtamish ustidan qozongan zafarlari tufayli Buyuk ipak yo`li shimoliy tarmoqlarining janubiy bosh yo`lga qo`shib yuborilishi orqasida Movarounnahr va Xuroson shaharlarining xalqaro karvon savdosidagi nufuzi va mavqei yanada ortgan. 1402 yilda mashhur Anqara jangida Turkiya ustidan qozonilgan ajoyib g`alabadan so`ng Amir Temur davlati bilan G`arbiy Yevropa davlatlari o`rtasida turli xil aloqalar, yaqinliklar yangi pallaga kirdiki. Bunda ayniqsa, xalqaro savdo aloqalari, shubhasiz, birinchi darajali ahamiyat kasb etdi. Xullas, Amir Temur va uning avlodlari zamonidan davlatlar o`rtasida savdo-tijorat aloqalari yangi hududiy kengliklar kasb etib bordiki, bu bir tomondan, yurtimizning iqtisodiy-madaniy, ma`naviy yuksalishini ta`minlagan bo`lsa, ikkinchidan, uning xorijiy ellar, xalqlar bilan yaqinlashuvi, hamkorligi kuchli turtki berdi. Bu esa Buyuk ipak yo`li shuhratining yanada ortishiga olib keldi. Prezidentimiz I. A. Karimov ta`kidlaganidek «Amir Temurning tarixiy xizmati yana shundan iboratki, uning harakatlari tufayli Osiyo va Yevropa davlatlari tarixda birinchi marta yagona jug`rofiy-siyosiy makonda ekanliklarini his etdi». Shu tariqa Amir Temur va temuriylar davrida Buyuk ipak yo`lining dovrug`i beqiyos katta bo`lganligi, u mamlakatlarning umumiy yuksalishiga, bir-birlari bilan yaqindan bog`lanishlarga jiddiy ijobiy ta`mir o`tkazganligiga shohid bo`lamiz. Buyuk ipak yo`li XVI asrdan etiboran o`z ahamiyati va rolini yo`qotib, tushkunlik sari yuz tutdi. Bu hollarni qanday sabablar bilan izohlash mumkin. tabiiyki, bu jarayon o`z-o`zidan, bir lahzada to`satdan sodir bo`lgani yo`q, albatta. Bizning nazarimizda, Buyuk ipak yo`li ahamiyatining so`nib, pasayib borishi bir qator ob`yektiv va sub`yektiv sabablar orqasida, tarixiy jarayonlarning murakkab, ziddiyatli kechishi davomida yuz berganligi shubhasiz. Birinchidan, Amir Temur va Temuriylar sulolasining pirovard oqibatda chuqur inqirozga yo`liqishi va tarix sahnasiga boshqa hukmron sulolalarning, chunonchi, Shayboniyxonlar, Ashtarxoniylar sulolasining chiqishi hamda ularning boshqaruv usulining g`oyatda murakkab kechganligi, markaziy hokimiyatning kuchsizlanib mamlakat hududlarining tarqoq holatda uchrashi, o`z qobig`iga o`ralishi va hokazo hollar bu hududning tashqi dunyodan tobora ajralishiga bois bo`ldi. Ikkinchidan, Turkistondagi xonliklar, amir-beklar, sultonlar o`rtasida hokimiyat talashib olib borilgan o`zaro jangu-jadallar, doimiy qon to`kishlar natijasida o`lka tobora iqtisodiy bo`hronlarga duch kela bordi, siyosiy beqarorlik avj oldi. Mamlakat tashqi davlatlar bilan aloqalar bog`lash, iqtisodiy, savdo-sotiq bobida hamkorlik qilish imkoniyatlaridan mahrum bo`ldi. Uchinchidan, ilg`or Yevropa olimlari, sayyohlari tomonidan XV-XVI asrlardan e`tiboran boshlangan buyuk geografik kashfiyotlar, bularning natijasida jahonning turli qutblari tomon yangi, qulay suv yo`llarining ochilishi, shu jumladan, Hindiston, Xitoy va boshqa sharqiy-janubiy mamlakatlarga tomon shunday yo`llarning kashf etilishi, bular Buyuk ipak yo`li shuhratining pasayishi va so`nib borishga olib keldi. Download 25.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling