Ilk etnopedagogik fikrlar va xalq pedagogik tafakkuri taraqqiyoti
Download 74 Kb.
|
XALQ HAYOTIDAGI HODISALARGA ETNOPEDAGOGIK YONDASHUV
2. Qadimgi miflarda bayon etilgan
pedagogik fikrlar Porloq kelajakka umid ko`zi bilan boqqan ajdodlarimiz inson qobiliyati va qudratini ideallashtiruvchi mifologik obrazlarni yaratgan. Mifologik obazlarning ilk namunalari qadimiy mif va afsonalarda o`z aksini topgan. Mif grekcha “myfhos”-so`z, rivoyat so`zidan olingan bo`lib, dunyoning paydo bo`lishi, tabiat hodisalari, xudolar, afsonaviy pahlavonlar; goh inson, goh jonzod qiyofasidagi zulmkor dushmanlar haqidagi to`qima afsonalardir. Mifologiya - miflarni o`rganuvchi fan bo`lib, u ibtidoiy insonning tabiat sirlarini bilishga intilishi tufayli vujudga kelgan. Insonning tabiat stixiyalariga qarshi kurashdagi ojizligi (bo`ron, sel, zilzila, dovul...) tufayli ularga qarshi kurasha oluvchi ғayritabiiy obrazlar yaratishga eҳtiyoj tugilgan. Natijada yaxshilik va yomonlik haqidagi mifologik tasavvurlar paydo bo`lgan. Olam haqidagi bunday ibtidoiy miflar ta`sirida osmon, oy, quyosh va turli hayvonlar, xudolar, g`ayritabiiy pahlavonlar haqidagi miflar vujudga keldi. Hayvonlar va tabiat stixiyalariga qarshi kurashga qaratilgan (so`z kuchi, afsun “avrash” vositasida ularga ta`sir etish tufayli, yovuz kuchlarga teng keladigan qurol inson ixtiyorida bo`lmagan bir paytda) miflar yaratildi. Ko`rinib turibdiki, miflar insonga osoyishta yashash, yovuz kuchlarni yengishga ko`maklashuvchi orzular ifodasidir. Miflarda yaxshilik va yomonlik, go`zallik va xudbinlik, yorug`lik va zulmat orasidagi kurash jarayoni tasvirlanadi. Komil insonlar hamisha yaxshilik, go`zallik, yorug`likning tantana qilishi ko`maklashadi. Aniqroq aytilganda, miflarni o`qigan o`quvchi ijobiy qahramonlarning tarafdoriga aylanadi. “Avesto” da yaxshilik – Axura Mazda, yomonlik – Axriman qiyofasida namoyon bo`ladi. Kitob g`oyasiga ko`ra barcha hodisalar (tabiat va jamiyatdagi) ana shu ikki yaratuvchining o`zaro kurashidan kelib chiqadi. Mitra – quyosh va yorug`lik xudosi, Noxit – obodonlik, farovonlik xudosi, Xumo – baxt, tole xudosi va boshqa yaxshilik tantanasiga ko`maklashadi. Yomonlik kuchlari: ajdar, dev, jin, yalmog`iz va boshqa mifologik obrazlarda tasvirlangan. Shuningdek, Kayumars va Jamshid haqidagi miflar ham O`rta Osiyoda qadimdan tarqalgan. Uning turli variantlari mavjud (“Avesto” da, “Qadim xalqlardan qolgan yodgorliklar” da, “SHohnoma” da va b.) Kayumars “G`iyosul lug`at” da Govmard (inson - buqa) deb ta`riflanib, Amudaryo bo`yida yashagan, bo`yi daryoning narigi betiga yetgan va hokazo .... Miflardagi ijobiy obrazlar xalq manfaati uchun, adolat, go`zallik uchun kurashadi. Kishilarga hayotda, kurashda yordam beradi. Ularga oliy insoniy sifatlarda o`rnak ko`rsatadi, kasb-kor o`rgatadi. Demak, miflarda xalq ommasining ilk pedagogik tafakkuri o`z ifodasini topgan, deyish mumkin. Jamshid haqidagi mif O`rta Osiyo va Eronda keng tarqalgan bo`lib, unda Jamshid najotkor qahramon sifatida ko`rsatilgan (“Avesto” da). Jamshid adolatli podsho bo`lib, uning ming yillik shohlik davrida qahraton sovuq, jazirama issiq, kasalliklar va o`lim kamaya borgan. Uning yerida mollar va odamlar ko`paya borgach, u yerni uch marta ko`paytiradi, chorva va qushlarni ham ko`paytiradi. Ammo, to`satdan qahraton qish, toshqin boshlanadi. Odamlarni qutqarish uchun Jamshid (yima) ariqlar ochadi. Bu afsona A. Navoiyning “Mulki Ajam”, Firdavsiyning “SHohnoma” asarlarida tasvirlangan. Bunday mifologik obrazlar keyinchalik ertak va dostonlarda rivojlantirildi. “Odami Od” hikoyasida Nuh payg`ambar bo`yi bulutga yetadigan usta yordamida chinordan kema yasatib, odamlarni kemaga o`tqazib, o`zi kemani torta ketibdi (“Od” – fors-tojikcha “ulkan odam”). “Er Xubbi” mifi ham insonga g`amxo`rlik timsolidagi etnopedagogik asardir. U Xorazm va Farg`onada keng tarqalgan. Xubbi insonparvar, daryoning hokimi, Amudaryoda 700 yil yashagan va bu davrda daryoga jinlar yaqinlasha olmagan. Jamshid taxtga o`tirishi bilan u dom-daraksiz g`oyib bo`lgan. Bundan Xubbining opasi aza tutgan, u bilan birga daryo, tog`u-toshlar, qushlar, hayvonlar, odamlar, osmonda farishtalar, yer ostida devlar yig`lagan. Ular Xubbi tirik, qiyomatgacha yashaydi, deb tasavvur qilganlar. “To`maris”, “SHiroq” rivoyatlari, Rustam haqidagi epos, qadimgi qo`shiqlarda ham yuksak tarbiyaviy sifatlar targ`ib etilgan. Ularda kishilar yaxshilik qilishga, xushxulq bo`lishga, yomon odatlardan xalos bo`lishga chorlangan. Jumladan, “Devonu lug`otit turk” da quyidagi pedagogik g`oyalar madh etiladi: Download 74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling