Ilk o`rta asrlarda samarqandning madaniy hayoti. Sug‘d hukmdorliklarining Samarqand atrofida birlashishi. Samarqand hukmdorlarining etnik mansubligi


Samarqand hukmdorlarining etnik mansubligi


Download 35.15 Kb.
bet2/4
Sana06.05.2023
Hajmi35.15 Kb.
#1435230
1   2   3   4
Bog'liq
1-Seminar

Samarqand hukmdorlarining etnik mansubligi
Sug‘dni ilk o‘rta asrlarga qadar boshqargan hukmdorlarning nomlari bizga hozircha ma’lum emas. Sug‘d hukmdorlarining ismlari asosan, xitoy yilnomalari va tangalar orqali bizgacha yetib kelgan. Yozma manbalar orqali faqat Devashtich, G‘urak yoki Tarxun kabi hukmdorlarning nomlari ma’lum.
Xitoy yilnomalarida, «Bey shi», «Suy shu» va «Tan shu» yilnomalarida Kan (Samarqand) hukmdorlarining kelib chiqishi Chjaovu o‘lkasidagi hududga borib taqalishi qayd etiladi hamda markazi Choch va o‘rta Sirdaryo bo‘lgan Qang‘ davlati hukmdorlarining ham Samarqanddagi Kan xonadoni bilan qarindoshligi tilga olinadi.
Xitoy yilnomalarida keltirilgan Kan (Samarqand) hukmdorlarining kelib chiqishi xususida K.Shoniyozov o‘z fikrlarini bildirib, ularni Qang‘ davlati hukmdor xonadoni tarmog‘idandir, degan mulohazani bildiradi: - «Xan sulolasi davridan (mil. av. 206 – mil. 220 yillar) boshlab hokimiyatning avloddan-avlodga o‘tib kelishi odat tusiga kirgan. Keyingi asrlarda bu odat muayyan ravishda davom etib kelgan hamda Kan hukmdori Yuechji hukmron xonadonidan chiqqan».
Yilnomalarda keltirilgan Kan (Samarqand)dagi xonadon to‘qqizta suloladan biri ekanligi ta’kidlanishi bilan birgalikda, ular orasida uning markaziy mavqega ega ekanligiga alohida urg‘u beriladi. Shuningdek, «Bey shi» va «Suy shu»da Xe (Kushoniya) va Mi (Maymurg‘) hukmdorlarining kelib chiqishi Chjaovu sulolasidan ekanligi va ularning nasli Kan (Samarqand) xonadoniga borib taqalishi haqidagi ma’lumotlar yuqoridagi fikrni tasdiqlaydi. Bu esa Chjaovu shahridan kelgan xonadon vakillari dastlab Samarqandga kelib o‘z sulolasini tashkil qilgani borasidagi fikrga asos bo‘ladi.
Xitoy yilnomalarida keltirilgan Samarqand, Buxoro, Choch hukmdorlarining nasli bir ekanligi borasidagi ma’lumot yanada aniqlik kiritadi. Chjaovu sulolasining dastlabki tashkil topishida turkiylar va keyinchalik sug‘diylar yetakchilik qilganligi yuqoridagi ma’lumotlardan ma’lum bo‘ladi. Samarqand boshqaruvchi sulolasining kelib chiqishi xususida Afrosiyob devoriy suratlaridagi bitiklarda ham ma’lumotlar keltirilgan.
VII asrning ikkinchi yarmidan boshlab Samarqanddagi sulola g‘arbiy turklarning O‘n O‘q ittifoqi bilan bog‘liq bo‘lsa, ungacha bo‘lgan konfederatsiya hukmdorlari shajarasi xitoy yilnomalarida keltirilgan chjaovular yoki mahalliy Kan xonadoni vakillari bo‘lgan sug‘diylar bilan aloqadordir.

Download 35.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling