“Ilk qadam” Davlat o`quv dasturi asosida bolalarning rivojlanish xaritasini yuritish


Download 1.02 Mb.
bet1/2
Sana04.01.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1077174
  1   2
Bog'liq
Taqdimot Psixologiya fanining maqsad va vazifalari

Urganch Davlat pedagogika instituti filologiya va san'at fakulteti TSMG yo’nalishi 222-guruh 1-kurs talabasi Karimova Oyjonning psixologiya fanidan mustaqil ishi.

Mavzu: Psixologiya fanining maqsad va vazifalari


Reja:
1. Psixologiya fani haqida umumiy tushuncha
2. Psixologiya fanining sohalari va boshqa fanlar bilan aloqasi
3. Psixologiya fanining prinsiplari va tadqiqot metodlari
 
1. Psixologiya fani haqida umumiy tushuncha
Psixologiya – grekcha «psyche» - jon, rux va «logos» - ta’limot, ilm so‘zlaridan iborat bo‘lib, inson ruxiy dunyosiga aloqador barcha xodisalar va jarayonlar uning predmetini tashkil qiladi.
Biroq hozirgi davrda “jon” tushunchasi o‘rniga “psixika”ni qo‘llashda davom etmoqdamiz. Lingvistik nuqtai nazardan jon, psixika tushunchalari aynan bir xil ma’noni bildiradi. Lekin psixika tushunchasi bugungi kunda jondan kengroq ko‘lamga ega bo‘lib ham ko‘zga ko‘rinuvchi ham ko‘zga ko‘rinmovchi tomonlarini o‘zida aks ettiradi. Demak, qisqa qilibpsixologiyaning predmeti konkret shaxs, uning jamiyatdagi xulq-atvori va turli faoliyatlarining o‘ziga xos tomonlaridir, deb ta’riflash mumkin.
Psixologiya fan sifatida psixikaning faktlarini, qonuniyatlarini va mexanizmlarini o‘rganadi desak to‘g‘ri bo‘ladi. Hozirgi vaqtda psixologiya o‘zi o‘rganadigan alohida predmetiga, o‘zining alohida vazifalariga, o‘zining maxsus tadqiqot metodlariga egadir; uning psixologik muassasalar tarmog‘i (institutlari, labororiyalari, psixolog kadrlarni tayyorlovchi o‘quv yurtlari), ixtisoslashtirilgan kitob nashiriyotlari mavjud. Psixik faoliyat mexanizmlari u yoki bu psixik jarayonni amalga oshiradigan konkret anatomik-fiziologik apparatlarning ishlashini taqazo qilgani uchun ham psixologiya bu mexanizmlarning tabiati va harakatini boshqa fanlar (fiziologiya, biofizika, bioximiya, kibernetika va boshqalar) bilan birgalikda ochib beradi.
Psixologiya fanining o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadigan muammolari juda xilma-xil bo‘lib, u eng avvalo, psixik faoliyatning asosiy qonunini belgilash, uning rivojlanish yo‘llarini aniqlash, xar-bir psixik jarayonning asosida qanday mexanizm borligi, uning o‘zgarish jarayonlarini ochib berish masalalarini o‘rganadi. Shuning uchun ham ilmiy psixologiya boshqa barcha o‘rganilayotgan fanlar orasida eng asosiy fanlardan hisoblanadiki, uning jamiyat rivojlanishi bilan ahamiyati yanada ortib va takomillashib boraveradi.
Psixologiya – inson ruhiy olamini o‘rganuvchi fan. Psixika – ruhiy holatlar yig‘indisi.
Psixologiyani o‘rganish insonlar tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklarni jamiyatdagi ilg‘or g‘oyalar va ta’limotlarni ta’lim –tarbiya, falsafa, huquk nafosat, adabiyot va shuningdek o‘quvchi yoshlarning kasbiy ruhiy kechinmalari, aqliy qobiliyati, idroki, xullas insonparvar psixologiyaning barcha qonuniyatlarini o‘z ichiga oladi. Mustabid tuzum rahbarlari uzoq yillar davomida insonning haq-huquqlarini cheklashga, eski andozalarga asoslangan ijtimoiy tarbiya – milliy psixologiyamizni so‘zsiz itoatkorlikka moyillik ruhida totalitar mavko‘raning ta’siri bilan yashashga odatlantirib keldi.

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling