Bilimlarni mustahkamlash va aniqlash uchun savollar:
1. Bolajonlar, biz qaysi sonni o’rgandik?
2. 7-rasmdagi bitta bo’lgan narsalarning nomini ayt.
3. Sanoq qaysi sondan boshlanadi?
Faoliyat yakunida tarbiyachi bolalarni rag’batlantiradi.
Son va sanoq
Mavzu: 2 soni bilan tanishtirish va 2 soni ichida predmetlarni sanashni o’rgatish
Maqsad:
2 soni ichida predmetlarni sanashni o’rgatish, nutqida «bitta», «ikkita», «bir», «ikki» so’zlarini ishlatishni mashq qildirish.
Kutilayotgan natija:
Kerakli jihozlar:
Faoliyatga tayyorgarlik:
Tarbiyachi Faoliyat oldidan stollarga har xil o’yinchoqlarni 1 tadan, 2 tadan qo’yib chiqadi.
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, qaranglar guruhimizga mehmon kelibdi? Bu Kachal polvon.
Kachal polvon: Salom, bolalar! Men sizlarni soginib keldim. Sizlar bilan o’ynayman, yangi-yangi bilimlarni o’rganaman, deb keldim. Bolajonlar, bir sonidan keyin qaysi son kelishini bilasizlarmi?
Bolalarning javobi.
Tarbiyachi: Kel, Kachal polvon, sen ham bolalar bilan o’tirib olgin. Bolajonlar, mana bu bitta mashina, uning yoniga yana bitta mashina qo’ysam, ular ikkita bo’ladi. Hammamiz birgalikda aytamiz bitta mashina, yana bitta mashina-ikkita mashina. Demak, birga-birni qo’shsak ikki soni hosil bo’lar ekan. Tarbiyachi «birga-birni qo’shsak» so’zini aytib, o’yinchoq yordamida ko’rsatadi.
Keyin bitta mashinani olib qo’yadi va nechta mashina qolganligini so’raydi. «Bitta mashina» ekanligini ta’kidlab aytadi. So’ng yana bitta mashinani qo’yadi va endi 2 ta bo’lganligini ta’kidlab aytadi.
Bolajonlar, mana bu son –2.
2
Tarbiyachi 2 soni katta qilib yozilgan kartochkani bolalarga yaxshi ko’rinadigan joyga ilib qo’yadi.
Tarbiyachi flanelegrafning yuqori katoriga bitta olma shaklini qo’yadi. Ikkinchi qatorga 1 ta nokni qo’yadi va so’raydi olma va nok nechta? Keyin ikkinchi qatorga yana bitta nok qo’yadi va so’raydi «Noklar nechta bo’ldi? To’g’ri noklar 2 ta bo’ldi».
Do'stlaringiz bilan baham: |