Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, biz siz bilan bitta o’yinchoq va ko’p o’yinchoqlar haqida gaplashganmiz. (Tarbiyachi stol ustiga bitta Qo’g’irchoqni qo’yadi). Qo’g’irchoq nechta, bolajonlar? To’g’ri, Qo’g’irchoq 1 ta. (So’ng Qo’g’irchoqni olib qo’yadi va bitta mashinani qo’yadi.) Mashina nechta, bolajonlar? To’g’ri, mashina 1 ta. Bugun faqat 1 soni haqida gaplashamiz.
Bitta o’yinchoqni sanayotganda bir sonini ishlatamiz. Demak, sanoq bir sonidan boshlanadi.
Sizlar bir sonini bilasizlarmi? Mana bu son- bir!
1
Bir sonini flanelegrafga ilib qo’yadi.
Bolajonlar, stolingizdagi o’yinchoqlarga e’tibor bering. Har bir stolda o’yinchoq nechta? To’g’ri, bolajonlar, har bir stolga bitta o’yinchoq qo’yilgan.
Bolalar uchun amaliy ish.
Bolalarga bitta va ko’p predmetlar tasvirlangan rasm beriladi va rasmdagi 1 ta narsani bo’yash va bir raqami bilan birlashtirish topshiriladi.
Guruhiy ish.
Bolalar 1 raqami xar xil ranglarda yozilgan medalionlar yordamida 4 ta guruhga bo’linadilar.
Masalan: sariq rangdagi bir raqamini olganlar bitta guruhga, qizil rangdagi bir raqamini olganlar bitta guruhga, yashil rangdagi bir raqamini olganlar bitta guruhga, ko’k rangdagi bir raqamini olganlar bitta guruhga birlashadilar. Tarbiyachi bolalardan so’rashi mumkin: Bolajonlar, medalionlar qanday shaklda?
Har bir guruhga rasmlar to’plami beriladi. Bolalarga bitta va ko’p predmetlar tasvirlangan rasmlar to’plami ichidan faqat bitta narsa tasvirlanganlarini ajratish topshiriladi. 5 daqiqa vaqt beriladi, shu vaqt ichida qaysi guruh nechta ajratganligiga e’tibor beriladi, lekin natijani bolalarga aytish shart emas. Ular uchun oddiy hamkorlikdagi ish bo’lishi kerak.
So’ng har bir guruhga bir soni tasvirlangan kartochka beriladi va bitta predmet tasvirlangan rasmlarni klaster usulida bir soni atrofiga qo’yib chiqish topshiriladi. Klasterni qilib bo’lganlaridan keyin har bir kichik guruhdan bitta bola bir raqami atrofiga nimalarni terib chiqqanliklarini tushuntirib beradi. Masalan: Biz bir raqamining atrofiga 1 ta olma, 1 ta koptok, 1 ta qo’g’irchoq, 1 ta mashina, 1 ta kitob tasvirlangan kartochkalarni qo’ydik.
Do'stlaringiz bilan baham: |