Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi


Download 0.53 Mb.
bet1/2
Sana21.11.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1792477
  1   2
Bog'liq
I bob. Ilk qadam dasturi asosida mtt ning katta va tayyorlov gur-fayllar.org


Takomillashtirilgan «Ilk qadam» davlat o'quv dasturi va "Ilm yoʻli" variativ dasturlarni amaliyotga keng joriy etish. katta va maktabga tayyorlov guruhlarda savodxonlik-ka o'rgatish ta'limiy faoliyati va didaktik materiallar mazmunini takomillashtirish hamda ulardan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish.
.

Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi Maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o‘quv dasturi “O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablari”ga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari, o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g‘oyalari, maktabgachayoshdagi bolalarni ta’limning keyingi bosqichiga o‘tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilab berilgan. O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta’lim muassasalarida:


· davlat maktabgacha ta’lim muassasalari; · maktabgacha ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi nodavlat muassasalari; · maktabgacha guruhlarga ega bo‘lgan «Mehribonlik» bolalar uylari; · maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlarida – ushbu davlat o‘quv dasturini qo‘llash majburiydur.
Davlat o‘quv dasturi 7bobdan iborat bo‘lib, I-bobda MTM davlat o‘quv dasturini qo‘llash va MTTning maqsad va vazifalari aks ettirilgan.
Davlat o‘quv dasturi variativ o‘quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat hisoblanadi.
Ta’lim muassasalari Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan variativ o‘quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega. Ta’lim muassasasi Davlat o‘quv dasturi asosida o‘zining MTT ishchi o‘quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta’lim muassasasining ishchi o‘quv dasturi muassasa pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadi1. Davlat o‘quv dasturidaMTMningquydagi maqsad va vazifalaribelgilab berilgan.
· bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga oid Davlat talablari asosida hamda Davlat o‘quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; · maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘quv-tarbiyaviy faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish;
· bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatga tegishli bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish; · bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish. II-bob:- MTT ta’lim jarayonining maqsad va tamoyillari deb nomlanib, u quydagilarni: -MTT ta’lim jarayonining maqsadlari -MTTda ta’lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari -Qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini tashkil qilish -Alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan ta’lim faoliyati -Ota-onalar bilan hamkorlikni o‘z ichiga oladi.
Davlat dasturida MTTta’lim jarayonining maqsad va tamoyillariaks ettirilgan bo‘lib:
-O‘quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi bolalarda umumiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iboratdir. MTTda ta’lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari: · bola huquqlari, o‘ziga xos rivojlanish xususiyat va salohiyatlarini hisobga olish;
· ta’lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o‘zaro bog‘liqligi; · bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu jumladan, uning harakatlanish ehtiyojlarini qondirish; · bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash; · o‘yin orqali ta’lim berish va rivojlantirish; · bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish; · bola uchun xavfsiz muhitni ta’minlash; · MTTning oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi; · milliy madaniy an’analar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish;
Alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan ta’lim faoliyati Maktabgacha ta’lim muassasasida alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uni amalga oshirish uchun maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari javobgar bo‘ladi. Zarurat tug‘ilganda, pedagoglar tarkibi va maktabgacha ta’lim muassasasi rahbariyati, tor ixtisosdagi mutaxassislarni jalb etgan holda, bola (uning rivojlanishi) uchun o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning individual rejasini tuzadi.
Ota-onalar bilan hamkorlik Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash uchun maktabgacha ta’lim muassasasi ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikning quyidagi shakllarini tashkil qilishi mumkin:
· ota-onalarning maktabgacha ta’lim muassasasi borasidagi fikrlarini hisobga olish;
· ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish; · ota-onalarni o‘quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish; · ota-onalarning muassasa hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash.
III-bob:- Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuv deb nomlanib, dasturning majburiy 5ta ta’lim soxasini o‘z ichiga oladi.
· «Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish» sohasi kompetensiyalari · «Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari · «Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari» sohasi kompetensiyalari · «Bilish jarayonining rivojlanishi» sohasi kompetensiyalari · «Ijodiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari
Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari Kompetensiya bolaning bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir.Boshlang‘ich kompetensiyalar, rivojlanish sohasidan qat’i nazar, bola shaxsi shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Kommunikativ kompetensiya – muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish ko‘nikmasi.
O‘yin kompetensiyasi – bolaning o‘yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va ko‘nikmalardan ijodiy foydalanishi. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat uchun asos hisoblanadi.
Ijtimoiy kompetensiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tutish mahorati.
Bilish kompetensiyasi – atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o‘quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish.
VI O‘quv-tarbiyaviy faoliyat bobida O‘zbekiston Respublikasidagi barcha MTMlarda tashkil etiladigan o‘quv va tarbiyaviy ishlarini tashkil etish masalalarini o‘z ichiga oladi.
Bunda:- MTTlarda o‘quv-tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish turlari yillik mavzuviy va haftalik ish rejalari va tarbiyachi tomonidan rejalashtirishni amalga oshirish yoritib beriladi.
O‘quv-tarbiyaviy faoliyat «O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktab yoshidagi bolalarni rivojlantirishga oid davlat talablari» asosida amalga oshiriladi.
V-bob Bolaning rivojlanish sohalari bo‘yicha yutuqlari MTT pedagoklari tomonidan:- bolaning rivojlanishini kuzatib borish xaritasiyiliga uch marta to‘ldiriladi2(3 dan 7 yoshgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan) shuninkdek 6-7 yoshdagi bolaning maktabga tayyorlik xaritasi xam to‘ldiriladi. Buxarita Davlat dasturiga muvofiq bolarivojlanishning beshta sohasi kompetensiyalari bo‘yicha kutilayotgan natijalar ifodalanadi.
6- Rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish bobida Maktabgacha ta’limmuassasasidaquyidagi mazmunda: -ko‘rgazmali-rivojlantiruvchi, -madaniy-tarixiy qadriyatlar: -milliy va mintaqaviy an’analar; -tabiat, iqlimdan kelib chiquvchi xususiyatlarga mos bo‘lishi yoritiladi; . Dastur O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining 2018 yil 7 iyuldagi 4-sonli hay'at yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlangan va nashr qilish uchun tavsiya etilgan. 1-bob. Umumiy qoidalar Maktabgacha ta'lim muassasasining davlat o‘quv dasturi (quyida: «MTM davlat o‘quv dasturi») O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me'yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha ta'lim muassasasining maqsad va vazifalari, o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g‘oyalari ifodalangan, shuningdek, bolaning ta'limning keyingi bosqichiga o‘tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilangan. MTM davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta'lim muassasalarida qo‘llash uchun majburiy: • davlat maktabgacha ta'lim muassasalari; • maktabgacha ta'lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi nodavlat muassasalari; • maktabgacha yoshdagi bolalar guruhlariga ega bo‘lgan «Mehribonlik» bolalar uylari; • maktabgacha va boshlang‘ich ta'limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlari. 1.1. MTMda davlat o‘quv dasturini qo‘llash MTM davlat o‘quv dasturi variativ o‘quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat hisoblanadi. Ta'lim muassasalari Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan variativ o‘quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega. Maktabgacha ta'lim muassasasi davlat o‘quv dasturi asosida o‘zining MTM ishchi o‘quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta'lim muassasasining ishchi o‘quv dasturi muassasa pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadi . 1.2. MTMning maqsad va vazifalari MTMning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat: • bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga qo‘yilgan Davlat talablari asosida hamda MTM davlat o‘quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; • maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘quv-tarbiyaviy faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish; • bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatga tegishli bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish; • bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish. 2-bob. MTM ta'lim jarayonining maqsad va tamoyillari 2.1. MTM ta'lim jarayonining maqsadlari O‘quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi bolalarda umumiy asosiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iboratdir. 2.2. MTMda ta'lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari MTM ta'lim jarayonining tamoyillari quyidagilardan iborat: • bola huquqlari, o‘ziga xos rivojlanish xususiyatlari va salohiyatlarini hisobga olish; • ta'lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o‘zaro bog‘liqligi; • bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu jumladan, uning harakatlanish ehtiyojlarini qondirish; • bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash; • o‘yin orqali ta'lim berish va rivojlantirish; • bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish; • bola uchun xavfsiz muhitni ta'minlash; • MTMning oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi; • milliy madaniy an'analar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish; Bolaning maktabgacha ta'lim muassasasidagi rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uning amalga oshirilishi uchun maktabgacha ta'lim muassasasi rahbari javobgar bo‘ladi. 2. 3. Qo‘shimcha ta'lim xizmatlarini tashkil qilish Qo‘shimcha ta'lim xizmatlari maktabgacha ta'lim muassasasi tomonidan imkoniyatlardan kelib chiqqan holda bolalar va aholi ehtiyojlariga mos ravishda tashkil etiladi. Qo‘shimcha ta'lim xizmatlari fakultativ hisoblanadi va ularni tashkil qilishda ko‘ngillilar (volontyorlar), ota-onalar va homiylar ishtirok etishi mumkin. 2.4. Alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan ta'lim faoliyati Maktabgacha ta'lim muassasasida alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uni amalga oshirish uchun maktabgacha ta'lim muassasasi rahbari javobgar bo‘ladi. Zarurat tug‘ilganda, pedagoglar tarkibi va maktabgacha ta'lim muassasasi rahbariyati, tor ixtisoslikdagi mutaxassislarni jalb etgan holda, bola (uning rivojlanishi) uchun o‘quv-tarbiyaviy jarayonning yakka tartibdagi rejasini tuzadi. 2.5. Ota-onalar bilan hamkorlik Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta'minlash uchun maktabgacha ta'lim muassasasi ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikning quyidagi shakllarini tashkil qilishi mumkin: • ota-onalarning maktabgacha ta'lim muassasasi borasidagi fikrlarini hisobga olish; • ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish; • ota-onalarni o‘quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish; • ota-onalarning muassasa hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash. 3-bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berishda kompetensiyaviy yondashuv Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berishda kompetensiyaviy yondashuv o‘sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan, axloqiy me'yor va qadriyatlarni o‘zlashtirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, «Men» obrazini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni ko‘zda tutadi. Boshlang‘ich muhim kompetensiyalar bolaning faoliyat va axloq subyekti sifatidagi yaxlit rivojlanishini talab etadi. Kompetensiya bolaning bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir. Boshlang‘ich kompetensiyalar, rivojlanish sohasidan qat'i nazar, bola shaxsi shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 3.1. Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari Kommunikativ kompetensiya – muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish ko‘nikmasi. O‘yin kompetensiyasi – bolaning o‘yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va ko‘nikmalardan ijodiy foydalanishi. O‘quv-tarbiyaviy jarayon uchun asos hisoblanadi. Ijtimoiy kompetensiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va me'yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tuta olish mahorati. Bilish kompetensiyasi – atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o‘quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish. 3.2. Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari Bolaning kompetensiyalari bola rivojining quyidagi sohalarida belgilanadi: • jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi; • ijtimoiy-hissiy rivojlanish; • nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari; • bilish jarayonining rivojlanishi; • ijodiy rivojlanish. 3.2.1. «Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish» sohasi kompetensiyalari «Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi» sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakunlanganidan so‘ng 6-7 yoshli bola: • o‘z imkoniyatlari va yoshi bilan bog‘liq jismoniy rivojlanish me'yorlariga mos ravishda jismoniy faollik ko‘rsatadi; • turli harakatchanlik faolligini uyg‘un ravishda va maqsadli bajarishni biladi; • turli hayotiy va o‘quv vaziyatlarida mayda motorika ko‘nikmalaridan foydalanadi; • o‘z harakatlarini hissiyot va sezgi organlari yordamida boshqaradi; • shaxsiy gigiyena malakalarini qo‘llaydi; • sog‘lom turmush tarzi va ovqatlanish asoslarini biladi; • xavfsiz hayotiy faoliyat asoslari qoidalariga rioya qiladi. 3.2.2. «Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari «Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so‘ng 6-7 yoshli bola: • o‘z «Men»i va boshqa insonlarning hayotiy faoliyat muhitidagi roli to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ladi; • o‘z hissiyotlarini boshqaradi va ularni vaziyatga mos ravishda ifodalaydi; • o‘zgalarning hissiyotlarini farqlaydi va ularga mos ravishda javob beradi; • kattalar va tengdoshlar bilan vaziyatga mos ravishda muloqot qiladi; • murakkab vaziyatlardan konstruktiv chiqish yo‘llarini topadi. 3.2.3. «Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari» sohasi kompetensiyalari «Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari» sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so‘ng 6-7 yoshli bola: • nutqni eshitadi va tushunadi; • o‘z nutqida to‘g‘ri talaffuz, qulay grammatik shakllar va xilma-xil gap konstruksiyalaridan foydalanadi; • ikkinchi tilni o‘rganishga qiziqish namoyon qiladi; • ikkinchi tilni egallash bo‘yicha dastlabki bilimlarini ko‘rsatadi; • badiiy adabiyot asarlariga qiziqish namoyon qiladi; • so‘zning lug‘aviy, bo‘g‘inli va fonetik tuzilishi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ladi; • turli ma'no shakllarini mustaqil ravishda tuzish va so‘zlab berishni biladi; • yozishning dastlabki malakalari va vositalaridan foydalanishni biladi. 3.2.4. «Bilish jarayonining rivojlanishi» sohasi kompetensiyalari Bilish jarayonining rivojlanishi sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so‘ng 6-7 yoshli bola: • bilim olishga faol qiziqishni namoyon etadi; • o‘quv va hayotiy faoliyat uchun axborotni mustaqil ravishda topadi va undan foydalanadi; • predmetlar, voqealar va ko‘rinishlar o‘rtasidagi oddiy aloqalarni tushunadi va ularni yaxlit bir butunlik sifatida idrok qiladi; • raqamlar, hisob-kitobni biladi va ularni hayotda qo‘llaydi; • makon, shakl va vaqtga mos ravishda ish tutadi; • elementar matematik hisoblashlarni amalga oshiradi; • atrof-muhitdagi voqea-hodisalar va ko‘rinishlarni kuzatadi hamda tadqiq qiladi; • atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona va g‘amxo‘r munosabatni namoyon etadi. 3.2.5. «Ijodiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari «Ijodiy rivojlanish» sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so‘ng 6-7 yoshli bola: • san'at va madaniyatga qiziqishni namoyon qiladi; • milliy an'analarni qadrlaydi va ularni kundalik hayotining bir qismi sifatida idrok etadi; • san'atning muayyan turini afzal ko‘rishini mustaqil ravishda ifodalaydi; • olingan bilim va ko‘nikmalardan turli hayotiy vaziyatlarda o‘z ijodiy rejalarini tuzish va tatbiq qilish uchun foydalanadi; • insonning dunyoni o‘zgartirishdagi yaratuvchanlik rolini tushunadi. 4-bob. O‘quv-tarbiyaviy jarayon O‘quv-tarbiyaviy jarayon «O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yilgan davlat talablari» asosida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim muassasasi o‘quv-tarbiyaviy jarayonni o‘quv yili bo‘yicha tashkil qiladi. O‘quv yili 2 sentyabrda boshlanadi va 31 maygacha davom etadi. 1 iyundan 31 avgustgacha MTMda yozgi sog‘lomlashtirish davri tashkil etiladi. 4.1. O‘quv-tarbiyaviy jarayonni rejalashtirish O‘quv-tarbiyaviy jarayon guruhning kundalik ish tartibiga tayanadi va unda pedagog tomonidan rejalashtirilgan kundalik harakatlar, bolalar o‘yinlari, bo‘sh vaqt va o‘quv-tarbiyaviy faoliyat turlari navbatma-navbat amalga oshiriladi . O‘quv-tarbiyaviy jarayon ta'lim va ijtimoiy ehtiyojlar (salomatlik, ovqatlanish va xavfsizlik)ni qondirish maqsadida bolaning yoshi va individual rivojiga asoslanuvchi o‘quv rejaga muvofiq olib boriladi. O‘quv-tarbiyaviy jarayon bola hayoti va uning atrofidagi muhitdan kelib chiquvchi yagona bir butun mavzuga birlashtiriladi . O‘quv-tarbiyaviy jarayonni rejalashtirish ta'lim sharoitlariga bog‘liq holda integratsiya, xilma-xillik va moslashuvchanlik tamoyillaridan tarkib topadi. O‘quv-tarbiyaviy jarayonda quyidagi rejalashtirish turlari qo‘llaniladi: • yillik mavzuviy; • haftalik Rejalashtirishda ta'lim jarayonining mavzusi, maqsadlari, mazmuni va turlari yoritiladi. Jarayon turlarini tanlashda nafaqat o‘quv-tarbiyaviy jarayonning umumiy maqsadlari, balki rivojlanish sohalari bo‘yicha maqsadlar, faoliyat mazmuni va turlarini integratsiyalash ham hisobga olinadi. Rejalashtirishda kun tartibini hisobga olish zarur. Kun tartibi ish sur'atini belgilaydi va bolaga bir faoliyatdan boshqasiga oson o‘tishda yordam berishi lozim. Shuni yodda tutish joizki, o‘yin maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyati hisoblanadi. Kun tartibini tuzishda kunduzgi uyqu, dam olish vaqti va sayrga chiqish vaqti hisobga olinadi. Yillik mavzuviy reja Yillik mavzuviy rejada har bir yosh guruhi uchun oy mavzulari va hafta mavzulari aks ettiriladi. Maktabgacha ta'lim muassasasi hudud yoki boshqa xususiyatlarni hisobga olgan holda o‘zining yillik mavzuviy rejasini tuzishga haqli. Mazkur mavzuviy reja maktabgacha ta'lim muassasasining Pedagogika kengashida tasdiqlanadi . Haftalik reja Haftalik reja yillik mavzuviy rejaga asoslanadi va haftaning kichik mavzulari, shuningdek, mazkur mavzu bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Haftalik reja barcha rivojlanish sohalari bo‘yicha maqsadlarni belgilash, tegishli markazlarni tayyorlash, mashg‘ulotlarni hafta mavzusiga mos ravishda taqsimlashga yo‘naltirilgan. Hafta mavzusi barcha erkin faoliyat markazlari orqali o‘tishi lozim. Haftalik rejada guruhdagi va sayr vaqtidagi didaktik va harakatli o‘yinlar rejalashtiriladi . Bolalar bilan olib boriladigan ishning mazmuni va izchilligi faoliyat turi (faol faoliyat/ passiv faoliyat; individual faoliyat/ kichik guruhda, katta guruhda; tarbiyachi rahbarligi ostida o‘tadigan faoliyat/ bola rahbarligi ostida o‘tadigan faoliyat) va uni o‘tkazish joyi (xona ichidagi faoliyat/ ko‘chadagi faoliyat)ni hisobga olgan holda rejalashtirilishi kerak. Haftalik reja xilma-xil va moslashuvchan bo‘lishi lozim. Boshqacha aytganda, ob-havo o‘zgarishi va bolaning qiziquvchanligini hisobga olgan holda, rejalashtirilayotgan faoliyat boshqasiga almashtirilishi yoki faollik vaqti biroz ko‘proq yoxud kamroq vaqtga mo‘ljallanishi mumkin. Masalan, agar tarbiyachi bahorda gullagan bog‘ga borishni rejalashtirgan bo‘lsa-yu, ob-havo juda yomg‘irli bo‘lsa, bu tadbirni xonada o‘tkazishning imkoni bo‘lgan boshqa tadbirga almashtirishi mumkin. Haftalik reja – bu tarbiyachining ish jurnali va mashg‘ulotlar ishlanmasidan iborat. Tarbiyachining ish jurnali quyidagi bo‘limlardan tashkil topadi: • titul varag‘i; • guruhning o‘quv yili va yozgi mavsumdagi kun tartibi; • ertalabki badantarbiya kompleksi; • guruhda sentyabrdan avgustgacha bo‘lgan ta'lim jarayonini rejalashtirish tarkibiga ertalabki suhbat, sayr, kunning ikkinchi yarmi, ota-onalar bilan suhbat kiradi; • haftalik ish tahlili; • ilovalar. Mashg‘ulotlar ishlanmasida maqsadlar, jarayonning qisqacha ta'rifi, zaruriy jihozlar ifodalanadi. Mazkur ishlanmalar tavsiyaviy xarakterga ega va tarbiyachi tomonidan ijodiy o‘zgartirilishi mumkin. 5-bob. Bolaning rivojlanish sohalari bo‘yicha yutuqlari Mazkur dastur bola rivojiga individual yondashuv, uning shaxsini hurmat qilish, uning manfaatlari, ehtiyojlari va rivojlanish darajasini hisobga olish, hissiy qulaylik borasida g‘amxo‘rlik qilish, erkin ijodiy o‘z-o‘zini ko‘rsatishi uchun sharoitlar yaratishga intilishni ko‘zda tutadi. Shu sababli, rejalashtirish bilan bir qatorda, bola rivojlanishini kuzatib borish pedagog faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagog bolani va uning o‘zini tutishi sabablarini yaxshiroq tushunish, bola rivojini, uning ichki dunyosini ko‘rish, qo‘llab-quvvatlash, rivojlanish yo‘llarini belgilash, ehtiyoj va manfaatlarini aniqlash uchun bola hayotini sistematik kuzatib boradi. Pedagogik kuzatuvlar asosida ta'lim jarayonini rejalashtirish amalga oshiriladi va takomillashtirib boriladi. Bolaning individual rivojlanishini kuzatish uchun O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yilgan Davlat talablarida aks ettirilgan sohalar va kichik sohalar hamda kutilayotgan natijalar (malaka va ko‘nikmalar) olingan. Bolaning rivojlanish xaritasi 3 dan 7 yoshgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi, har bir bola uchun individual tarzda yiliga uch marta to‘ldiriladi . Maktabgacha ta'lim muassasasidan chiqishda 6-7 yoshdagi bolaning maktabga tayyorlik xaritasi to‘ldiriladi (faqat maktabgacha ta'lim muassasa bitiruvchilari uchun6). Maktabga tayyorlik deganda bolada umumiy kompetensiyalarni va rivojlanish sohalari kompetensiyalarining shakllanganligi tushuniladi. Bu xarita maktabgacha ta'lim muassasasining har bir bitiruvchisi uchun to‘ldiriladi. Unda Davlat dasturiga muvofiq rivojlanishning beshta sohasi (bola kompetensiyalari) bo‘yicha kutilayotgan natijalar ifodalanadi. Tarbiyachiga u yoki bu natija qanday darajada aks etayotganini belgilash taklif etiladi. Rivojlanishning beshta sohasi (bola kompetensiyalari) umumlashtiriladi va tavsiya hamda takliflar ko‘rinishida ota-onalar e'tiboriga havola etiladi. 6-bob. Rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish Maktabgacha ta'lim muassasasida rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishda bolalarning o‘ziga xos belgilarga ega bo‘lgan yoshga doir xususiyatlari va ehtiyojlarini hisobga olish muhim ahmiyat kasb etadi. Rivojlantiruvchi muhit mazmuni: maktabgacha ta'lim muassasasining ko‘rgazmali-rivojlantiruvchi muhiti mazmuni madaniy-tarixiy qadriyatlar: milliy va hududiy an'analar; tabiat, iqlimdan kelib chiquvchi xususiyatlarga mos bo‘lishi lozim; muhit mazmuni birlamchi dunyoqarash asoslarini shakllantirish, bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiy moslashuviga yordam berishi lozim. 7-bob. Davlat o‘quv dasturiga ilovalar 1-ilova MTM ta'lim dasturini tuzish bo‘yicha tavsiyalar Ta'lim dasturi (quyida – Dastur) – MTM Davlat o‘quv dasturiga asosan muayyan yosh guruhida tashkil etiladigan ta'lim jarayonini amalga oshirishga xizmat qiluvchi muhim hujjat bo‘lib, u qo‘yilgan maqsadlarga erishishni ta'minlashi lozim. Dastur – muhim vosita bo‘lib, uning yordamida tarbiyachilar (mutaxassislar) O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablariga muvofiq muayyan yosh guruhidagi bolalar uchun eng maqbul va samarali shakllar, metodlar va ta'lim jarayonini tashkil qilish yo‘llarini belgilaydilar. Dastur majburiy qism va ta'lim jarayoni ishtirokchilari tomonidan shakllantiriladigan qismdan tashkil topadi. Har ikki qism ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablarini amalga oshirish nuqtai nazaridan o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi hamda zaruriy hisoblanadi. Dasturning majburiy qismi barcha beshta ta'lim sohasi: jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish; nutq, muloqot, o‘qish va yozish ko‘nikmalari; bilish jarayonining rivojlanishi; ijtimoiy-hissiy rivojlanish hamda ijodiy rivojlanishni amalga oshirishga kompleks yondashuvni ko‘zda tutadi. Dastur tarbiyachi (mutaxassis) ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga quyiladigan Davlat talablari asosida bolalar rivojlanishining muayyan sharoitlari, ehtiyojlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda ta'limning individual pedagogik modelini qanday yaratayotganini ko‘rsatib berishi lozim. Dastur uchta asosiy bo‘limni qamrab oladi: • maqsadli – bu tushuntirish xati hamda dastur o‘zlashtirilishining rejalashtirilayotgan natijalarini o‘z ichiga oladigan bo‘lim; • mazmunli – bu Dasturning umumiy mazmunini ifodalovchi va bolalar shaxsining to‘laqonli rivojlanishini ta'minlovchi bo‘lim; • tashkiliy – bu Dasturning moddiy-texnik ta'minoti ta'rifini, ta'lim va tarbiyaning metodik materiallar va vositalar bilan ta'minlanganligini, kun tartibini, shuningdek, tadbirlar, bayramlar, rivojlantiruvchi muhitni o‘z ichiga oluvchi bo‘lim. Dastur MTMning pedagogik kengashida muhokama qilinadi.
2. Mundarija sahifalar ko‘rsatilgan holda Dasturning barcha qismlari, paragraflar, bo‘limlar nomi, adabiyotlar va ilovalar ro‘yxati, matnda mavjud bo‘lgan barcha sarlavhalarni o‘z ichiga oladi. Ularning ta'rifi ish mazmuniga to‘liq mos kelishi, qisqa, aniq va izchil bo‘lishi hamda uning ichki mantiqiy qonuniyatlarini aniq ifodalashi lozim. 3. Maqsadli bo‘lim tarkibiga tushuntirish xati kiradi va unda Dastur ishlab chiqilishiga asos bo‘lgan me'yoriy-huquqiy hujjatlar, shuningdek, ta'lim jarayonini tashkil qilishning turli shakllari, metodlari va yo‘llari ko‘rsatilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, quyidagilar ham ta'riflanishi lozim: • dastur bo‘yicha ta'lim olayotgan tarbiyalanuvchilarning yoshga oid ruhiy va individual xususiyatlari; • dasturning maqsadi; • dasturning vazifalari; • dasturni amalga oshirish muddati; • asosiy tamoyillar; • bola shaxsining asosiy tavsiflari. Dasturning maqsadli yo‘nalishlari ta'rifi maktabgacha ta'lim muassasasining Davlat o‘quv dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yilgan Davlat talablarining maqsadli yo‘nalishlariga mos kelishi lozim. 4. Mazmunli bo‘limga bola rivojining beshta ta'lim sohasi yo‘nalishlariga mos ravishdagi ta'lim faoliyatining ta'rifi kiradi: ta'lim sohasining vazifalari, ta'lim faoliyatining mazmuni, ta'lim faoliyatining natijalari, mintaqaviy tarkibiy qism (komponent), ta'lim sohasini amalga oshirish bo‘yicha ta'lim faoliyatini tashkil qilish shakllari. Kompleks-mavzuviy rejalashtirish (barcha beshta ta'lim sohasini amalga oshirishni hisobga olgan holda). Mazkur kichik bo‘limning ta'rifi integrativ modelni ko‘zda tutadi va u hafta mavzusini faoliyatning turli ko‘rinishlarida, shakllarida, ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilari bilan birgalikda ochib beradi. Dasturda ifodalangan kompleks-mavzuviy rejalashtirishning tarkibiy qismi jadvallar ko‘rinishida taqdim etilishi mumkin. Kompleks-mavzuviy rejada dasturdagi bo‘limlar va mavzularni o‘rganish ketma-ketligi ochib beriladi. Ta'lim faoliyatining taqsimoti, bolalar bilan ishlash shakllari va yakuniy tadbirlar ko‘rsatiladi. 5. Tashkiliy bo‘lim. Mazkur bo‘limda kun tartibi, o‘quv yili tuzilmasi, ta'lim faoliyati jadvali (me'yoriy hujjatlarga muvofiq), yoshni hisobga olgan holda rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish, tarbiyalanuvchilarning yoshi va individual xususiyatlari, ularning ta'lim ehtiyojlari va qiziqishlarini hisobga olgan ravishda Dasturni amalga oshirishining turli shakllari, metod va vositalarining qisqacha ta'rifi beriladi. Shuningdek, turli xildagi faoliyatning o‘ziga xos ruhiy-pedagogik xususiyatlari, tarbiyalanuvchilarning oilalari bilan o‘zaro hamkorlik turlari ifodalanishi mumkin. 6. Dasturni amalga oshirish shartlari: • moddiy-texnik ta'minot; • o‘quv-metodik ta'minot (dasturlar, texnologiyalar, o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy-metodik va o‘quv-metodik adabiyot, bolalar, ota-onalar uchun mo‘ljallangan adabiyot, internet-resurslar, ta'limiy CD-disklar, didaktik material, hujjatlar). 7. Foydalanilayotgan adabiyotlar ro‘yxati. 8. Dasturga ilovalar, ularda quyidagi materiallar berilishi mumkin: • mashg‘ulotlar ishlanmalari, xordiq, bayramlar ssenariylari va h.k; • tarbiyachi ishining chuqurlashtirilgan yo‘nalishi bo‘yicha ish dasturi (rejasi); • o‘yinlar va didaktik o‘yinlar ta'rifi; • pedagoglar va ota-onalar uchun mahorat maktabi ssenariylari; • har bir yosh bo‘yicha ilova qilinadigan metodik jild-to‘plamlar; • ota-onalar uchun tarbiyalanuvchilarning oilalari bilan hamkorlikning turli shakllari ssenariylari (maslahatlar, davra suhbatlari, treninglar, praktikumlar, seminarlar).Izoh:har bir MTM bolalarning muassasada bo‘lish soatlari miqdoridan kelib chiqqan holda va sanitariya-gigiyena talablariga muvofiq ravishda o‘z kun tartibini ishlab chiqishi mumkin. Shuni yodda tutish lozimki, o‘yin-ta'lim faoliyati kunduzgi uyquni hisobga olmaganda kamida 38% ni, bolalarning ochiq havoda bo‘lishi kamida 38% ni, mustaqil o‘yin faoliyati kamida 24% ni, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish (sanitariya-gigiyena ko‘nikmalari) kamida 20% ni, ota-onalarni bolalar rivoji taraqqiyoti to‘g‘risida xabardor qilish kamida 3% ni tashkil etadi. Bolalar qisqa muddat mobaynida bo‘lad44. O‘yin, Sayr, bolalarning uyga ketishi 17:30-17:40 Izoh: o‘yinli ta'lim jarayoni kamida 43% ni, kommunikativ mustaqil faoliyat, ochiq havoda bo‘lish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish (sanitariya-gigiyena ko‘nikmalari) Faoliyat turlari O‘tkazish davriyligi 1. Bolalarning erkin, mustaqil faoliyati Har kuni 4. O‘yin faoliyati Har kuni 5. Tasviriy faoliyat Haftasiga ikki marta 6. O‘rganuvchi tadqiqiy faoliyat (atrofdagi olamni anglash) Haftasiga ikki marta 7. Tabiat bilan tanishuv Haftasiga 1 marta 8. Matematika Haftasiga ikki marta 9. Musiqa Haftasiga ikki marta 10. Jismoniy madaniyat Haftasiga ikki marta 11. Nutqni rivojlantirish Haftasiga 1 marta 12. Savodxonlikka o‘rgatish Haftasiga 1 marta Jami 15 soat 4-ilova Yillik mavzuviy reja namunasi Oylar Oy mavzusi Oy haftalari Hafta mavzulari Yosh guruhlari Kichik guruh O‘rta abr O‘zbekiston – mening Vatanim 1-hafta Men va bolalar bog‘chasi Men va bolalar bog‘chasi Mening qadrdon O‘zbekistonim Mening qadrdon O‘zbekistonim 2- hafta Mening shahrim Mening shahrim – mening mahallam Mening shahrim – mening mahallam Mening shahrim – mening mahallam 3- hafta Men va mening oilam Men va mening oilam Men va mening oilam Men va mening oilam 4- hafta Men va mening do‘stlarim Men va mening do‘stlarim Men va mening do‘stlarim Men va mening do‘stlarim Oktyabr Kuz bo‘yoqlari 1- hafta Oltin kuz Oltin kuz Mavsumiy o‘zgarishlar. Ko‘chmanchi qushlar. Mavsumiy o‘zgarishlar. Ko‘chmanchi qushlar. 2- hafta Sabzavot va mevalar Tabiat omborxonasi: sabzavotlar, mevalar, rezavor mevalar Tabiat omborxonasi: sabzavotlar, mevalar, rezavor mevalar Tabiat omborxonasi: sabzavotlar, mevalar, rezavor mevalar 3- hafta Non hammasiga sarkor Non hammasiga sarkor Non hammasiga sarkor Non hammasiga sarkor 4- hafta O‘zbekistonning oq oltini O‘zbekistonning oq oltini O‘zbekistonning oq oltini O‘zbekistonning oq oltini Noyabr Transport, ko‘cha harakati qoidalari (KHQ) Hayotiy faoliyat xavfsizligi asoslari (HFXA) 1- hafta Transporbilan tanishuv Yer usti transporti Havo, suv va yer usti transporti Havo, suv va yer usti transporti 2- hafta Rangli svetofor Rangli svetofor Ehtiyotkor piyoda haftasi Ehtiyotkor piyoda haftasi 3- hafta Tez yordam va o‘t o‘chirish yordami Shoshilinch (tezkor) harakat xizmatlari Shoshilinch (tezkor) harakat xizmatlari Shoshilinch (tezkor) harakat xizmatlari 4- hafta Bizning yaxshi ishlarimiz Barcha kasblar muhim Bizning yaxshi ishlarimiz Bizning yaxshi ishlarimiz Dekabr Qish 1- hafta Qish Qish. Qish. Konstitusiya kuni Qish. Konstitusiya kuni 2- hafta Sog‘lom tanda – sog‘lom ruh Sog‘lom tanda – sog‘lom ruh Sog‘lom tanda – sog‘lom ruh Sog‘lom tanda – sog‘lom ruh 3- hafta Kiyim-bosh Mavsumiy kiyim-bosh va poyafzal Mavsumiy kiyim-bosh va poyafzal Mavsumiy kiyim-bosh va poyafzal 4- hafta Yangi yil nima? Yangi yil nima? Yangi yil nima? Yangi yil nima? Yanvar Bolalar bog‘chasi 1- hafta Qishki o‘yin-kulgilar Qishki o‘yin-kulgilar Qishki o‘yin-kulgilar Qishki o‘yin-kulgilar 2- hafta Vatan himoyachilari kuni Vatan himoyachilari kuni Vatan himoyachilari kuni Vatan himoyachilari kuni 3- hafta Men va mening badanim Men va mening badanim Men va mening badanim Men va mening badanim 4- hafta Xushmuomalalik alifbosi Xushmuomalalik alifbosi Xushmuomalalik alifbosi Xushmuomalalik alifbosi Fevral G‘aroyib dunyo 1- hafta Bizning inoq mamlakatimiz Bizning mamlakatimiz – do‘stlik va tinchlik mamlakati Qo‘shni mamlakatlar Qo‘shni mamlakatlar 2- hafta Hayvonlar va qushlar bilan do‘stlashamiz Hayvonlar va qushlar bilan do‘stlashamiz Dunyo mamlakatlari Dunyo mamlakatlari 3- hafta O‘simlik-lar bilan do‘stlasha-miz O‘simliklar bilan do‘stlashamiz O‘zbekistonning buyuk arboblari O‘zbekistonning buyuk arboblari 4- hafta Kitob bilan do‘stlasha-miz Kitob bilan do‘stlashamiz Kitob tarixi Kitob tarixi va inson Mart Go‘zal bahor 1- hafta Onamning kuni Onamning kuni Onamning kuni Onamning kuni 2- hafta Mavsumiy o‘zgarishlar. Mavsumiy o‘zgarishlar. Mavsumiy o‘zgarishlar. Mavsumiy o‘zgarishlar. 3- hafta Navro‘z bayrami Navro‘z bayrami Xalq manbalari. Navro‘z bayrami Xalq manbalari. Navro‘z bayrami 4- hafta Hasharotlar Hasharotlar Hasharotlar Hasharotlar Aprel Yer sayyorasi – umumiy uyimiz 1- hafta Gullab-yashnayotgan bahor Gullab-yashnayotgan bahor Gullab-yashnayotgan bahor Gullab-yashnayotgan bahor 2- hafta Koinot sirlari Koinot sirlari Koinot sirlari Koinot sirlari 3- hafta Yer sayyorasi kuni Qushlar hovlisi Yer sayyorasi kuni Yer sayyorasi kuni 4- hafta O‘yinchoqlarga g‘amxo‘r munosabat Shaharga g‘amxo‘r munosabat Sayyorani saqla! Sayyorani saqla! May Asboblar va anjomlar 1- hafta Men va mening uyim Men va mening uyim Men va mening uyim. Xotira kuni Men va mening uyim. Xotira kuni 2- hafta Mebel Mebel Mebel Mebel. Milliy hunarmandchilik 3- hafta Idishlar Maishiy asboblar Idishlar. Milliy naqshlar Idishlar. Milliy naqshlar 4- hafta Bizning yordamchilarimiz maishiy asboblar Bizning yordamchilarimiz maishiy asboblar Bizning yordamchilarimiz maishiy asboblar Bizning yordamchilarimiz maishiy asboblar 5-ilova Haftalik ish reja namunasi Tema mesyatsa: «Uzbekistan – moy kray rodnoy» Guruh Tayyorlov guruhi ___________________ (nomi) Mavzu MENING SHAHRIM. MENING MAHALLAM Davr Sentyabrning 2-haftasi Rivojlanish sohalari bo‘yicha maqsadlar jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish Kolonnada bir, ikki, to‘rt kishi bo‘lib yurish ijtimoiy-hissiy (emotsional) rivojlanish O‘z hissiyotlarini nazorat qilishni o‘rganish nutq, muloqot, o‘qish va yozish ko‘nikmalari Bolaning og‘zaki nutqini yoshiga muvofiq mustahkamlash bilish (anglash) orqali rivojlanish Vatan, mahalla to‘g‘risidagi bilimlarni mustahkamlash ijodiy rivojlanish Hamkorlikdagi faoliyatga ijobiy munosabatni shakllantirish, ritm hissini, musiqani his etish fazilatini, harakatlarda ritmik ifodalilikni tarbiyalash Rivojlanish markazlari O‘quv-tarbiyaviy faoliyat Dushanba Seshanba Chorshanba Payshanba Juma Resurslar, izoh Ertalabki doira Dam olish kunlarini qanday o‘tkazgani haqida suhbat Qanday kayfiyatda kelding? Ob-havo haqida suhbat Markazlarda erkin faoliyat «Qurilish va konstruksiyalash» markazi Mening bo‘lajak uyim Zamonaviy shahar Mahalla ko‘chalari (uzun-qisqa) Qurilish bloklari, lego, konstruktor «Syujet-rolli o‘yinlar va dramalashtirish» markazi «Buvijonimnikida mehmonda» «Sartaroshxona» Niqoblar, kiyim-bosh, atributlar «Til va nutq» markazi «Mening shahrim, mening mahallam» nomli syujetli rasm bo‘yicha suhbat Shahar parklariga ekskursiya (AKT – slaydlar yordamida Syujetli rasmlar,AKT materiallar «Ilm-fan va tabiat» markazi Loy, tosh va qumning xususiyatlari «Kimning uyi mustahkamroq?» Loy, qum, tosh, maxsus idishlar, sharlar «San'at» markazi Ochiq havoda o‘z fikri bo‘yicha rasm chizish «Obod mahalla» mavzusida origami va applikatsiya A-4 qog‘oz, rangli qog‘oz, bo‘yoqlar, tabiiy materiallar Musiqa va ritmika markazi «Shahrisabz» qo‘shig‘ini tinglash «Salom nima degani?» qo‘shig‘i sadolari ostida kuylash va ritmik harakatlanish «Dunyo rang-barang yaylovga o‘xshaydi» qo‘shig‘ini kuylash Musiqa markazi, musiqali disklar Katta guruhlarda ishlash 6-ilova 3 dan 7 yoshgacha bo‘lgan bolaning rivojlanish xaritasi Bolaning rivojlanish xaritasini to‘ldirish uchun uch sikldan iborat bo‘lgan kuzatuv olib boriladi: dastlabki (o‘quv yili boshida), oraliq va yakuniy. Dastlabki kuzatuv o‘quv yili boshida o‘tkaziladi (taxminan sentyabr oyi mobaynida). Bu bosqichda har bir bolaning boshlang‘ich imkoniyatlari aniqlanadi, uning shu davrgacha erishgan yutuqlari belgilanadi. Tarbiyachi ta'lim sohalarini o‘zlashtirish bo‘yicha mavjud bo‘lgan muammolarga ham e'tibor qaratadi, bolaning qanday sifatlari qo‘llab-quvvatlashni talab etishini, har bir bola uchun qanday vazifalar dolzarbligini aniqlaydi. Keyin Bolaning ayni davrdagi yoshini hisobga olgan holda uning rivojlanish sohalari bo‘yicha yutuqlari xaritasi to‘ldiriladi. Oraliq kuzatuv birinchi yarim yillik oxirida (dekabr, yanvar) o‘tkaziladi. Bu monitoringni o‘tkazishdan maqsad bolaga nisbatan tanlangan metodikaning to‘g‘riligini aniqlash, rivojlanish dinamikasini belgilashdan iborat. Mazkur kuzatuv natijalariga ko‘ra, tarbiyachi, boshqa mutaxassislar bilan hamkorlikda, zarurat tug‘ilgan holatlarda pedagogika jarayoniga tuzatishlar kiritishi mumkin. O‘quv yili oxirida (odatda may oyida) tarbiyachi yakuniy kuzatuv o‘tkazadi. Mazkur kuzatuv asosida yil boshida qo‘yilgan vazifalar qanday hal qilingani baholanadi, mazkur bola rivojida kutilayotgan yangi natijalarni hisobga olgan holda keyingi pedagogik jarayondan ko‘zda tutiladigan maqsadlar belgilanadi. Kuzatuv o‘tkazishda quyidagi tamoyillarga tayanish lozim: • kuzatuv bola uchun odatiy sharoitda amalga oshiriladi va bolaga yordam berishga yo‘naltirilgan bo‘ladi; • bola rivoji borasida yanada xolis tasavvur hosil qilish uchun kuzatuv kamida ikki hafta (yoki oy) mobaynida olib boriladi; • tarbiyachi bola to‘g‘risidagi ma'lumotlarni ota-onalar yoki muassasaning boshqa xodimlari bilan suhbatlar jarayonida olishi mumkin; • tarbiyachi bolaning moyilliklari, qiziqishlariga, uning muloqot qilish va bilim olish xususiyatlariga e'tibor qaratishi lozim. O‘quv yili oxirida tarbiyachi yakuniy pedagogika kengashiga bolalar tomonidan o‘quv dasturi o‘zlashtirilishining sifat darajasi to‘g‘risida hisobot yozadi va unda bolalar tomonidan tegishli natijalarga erishilmagan bandlar hamda ular nega bajarilmaganligi sabablariga to‘xtalib o‘tadi (ba'zi metodikalar o‘zlashtirilmagani, tarqatma materiallar, adabiyotlarning yetarli bo‘lmagani, guruh texnika vositalari bilan yetarli darajada ta'minlanmagani, bolaning betob bo‘lgani va darslarni o‘tkazib yuborgani, ota-onalarning faol bo‘magani va h.k.). Ushbu natijalar asosida sabablarni bartaraf etish borasidagi ishlar rejalashtiriladi va mazkur guruh uchun kelasi yilga mo‘ljallangan vazifalar belgilanadi. Keyinchalik pedagog (tarbiyachi) bola yutuqlari xaritasini yiliga kamida 3 marta to‘ldiradi va erishilgan natijani tegishli belgi (✔) bilan belgilaydi. Kuzatuv rivojlanishning barcha sohalari bo‘yicha olib boriladi. Agar u yoki bu bilim olish sohasida indikator «ishlamasa», pedagog (tarbiyachi) daftar hoshiyalariga tegishli belgilar qo‘yishi lozim. Bu bola rivojlanishini kuzatish kundaligini yuritishda yordam beradi. Mazkur tashxis (diagnostika) asosida pedagog (tarbiyachi) ruhshunos (psixolog), logoped, jismoniy tarbiya bo‘yicha yo‘riqchi va boshqalar bilan hamkorlikda bolaning yutuqlarini ajratadi, shuningdek, ta'lim sohalarini o‘zlashtirishning salbiy tomonlarini aniqlaydi. Olingan natijalarga mos ravishda ta'lim jarayoniga tuzatishlar kiritiladi, shuningdek, individual ish rejalashtiriladi va uni amalga oshirish borasidagi vazifalar belgilanadi. Ilk qadam” dasturi asosida Pedagogik jarayonni rejalashtirish vazifalari. Maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim-tarbiyaviy ishni rejalashtirish pedagoglar, tarbiyachi-metodist, mudira faoliyatining muhim turlaridan biridir.
Rejalashtirish - ta'lim-tarbiyaviy ishning zarur sharoit, foydalanadigan vosita, ishning usul va metodlarini ko'rsatib, ta'lim-tarbiyaviy ish dasturini amalga oshirish tartibi, izchilligini oldindan aniqlashdir.Maktabgacha pedagogika maktabgacha ta'lim muassasasi ishini rejalashtirish mumkinligini va zarurligini ta’kidlab, bunda u inson shaxsining shakllanishida ijtimoiy omillar, muhit va tarbiyaning muhim ahamiyatga egaligi haqida asosiy qoidalarga tayanadi. Rivojlanishning asosiy omiii bo'lgan tarbiya jarayonida bilim, aqliy va amaliy malakalar hamda harakat usullarini bola tomonidan egallanishi amalga oshiriladi. Tarbiyaning mazmunini uning maqsadi belgilaydi. Rejalashtirishning maqsadi - «Maktabgacha ta'lim muassasasi ta'lim-tarbiya dasturi»ning bajarilishini ta'minlashdir.Pedagogik jarayonni yagona bir butun sifatida tashkil etish vazifasi rejalashtirishda yetakchi hisoblanadi,
Rejalashtirish pedagogik jarayonni yaxlit tashkil etishga: bolalar jamoasi va ayrim bolalarni tarbiyalash vazifasini aniqlashga, bolalarni yoshga ko'ra pedagogik ta’sir mazmunini va usullarini tanlashga, bolalaAhayoti, faoliyat turlari, rahbarlik metodlari va shu kabilarni tashkil etishning turli shakllaridan foydalanishga yo'llangan bo'lishi kerak.
Maktabgacha ta'lim muassasalaridagi ta'lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish murakkab bo'lib, tarbiyachidan bolalarning ruhiy fiziologik taraqqiyot darajasi to'g'risidagi bilimlarni,ta'lim-tarbiya dasturini, ta'lim va tarbiyaning metod va usullarini bilishni taqozo etadi.
Reja bolalar bilan amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiya ishlarigaoldindanpuxta tayyorgarlik ko'rish metod vausullarni yaxshilab o'ylab olish, kerakli material va jihozlarni tayyorlash imkonini yaratadi. Tarbiyachi rejalashtirgan hamma ishlar har bir bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’ minlashi lozim.
Shu bilan birga reja qotib qolgan narsa bo'lmay, vaziyatdan kelib chiqib, unga o'zgarishlar kiritish mumkin.Shuning uchun MTTda bir-birini to'ldiradigan bir necha xil reja tuziladi:
MTTning yillik rejasi, istiqbol rejasi va tarbiyachining kalendar rejasi. Yillik reja asosan MTT mudirasi, metodist tarbiyachilar tomonidan tuzilib, bolalar muassasasida amalga oshiriladigan barcha ishlarni o'z ichiga oladi.
Istiqbol rejasi 1-3 oyga mo'ljallangan bo'lib, undan ko'zlangan asosiy maqsad bolalar bilan olib boriladigan ta'lim- tarbiya ishlarini tartibga solish va uning ma'lum maqsadgaqaratilgan va samarali bo'lishini ta'minlashdir. Unda «MTTda ta'lim-tarbiya dasturi»ning hamma bo'limlari o'z aksini topadi.Istiqbol rejasida dasturning hamma bo'limlari bo'yicha amalga oshirilishi lozim bo'lgan ta'lim- tarbiya ishlari tizimi bolalar faoliyatining hamma turlarida aniq mavzular bo'yicha belgilab chiqiladi.
Kalendar reja 10-12 kunga tuziladi kun davomida amalga oshiriladigan ta'lim- tarbiya mazmunini aks ettiradi. Uni tuzishda dastur talablari, bolalarning rivojlanish va tarbiyalanish darajalari, maktabgacha ta'lim muassasasining ish sharoiti hisobga olinadi.Kalendar rejaga bolalarning aniq bilim va tasavvurlarni egallash jarayoni va ularda tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar to'g'risida umumlashgan bilimlarni shakllantirish, bilishga qiziqish va aqliy qobiliyatlarni o'stirish, axloqiy ongini shakllantirish, axloqiy xulq, odat va malakalarni egallashi va boshqalar kiradi.
Kichik yoshdagi bolalar uchun to‘g’ri keladigan o‘quv rejasi qanday tarzda bo'lishi kerakligi hali hamon turli xil mulohazalarga olib kelmoqda, biroq shunisi aniq bo‘lmoqdaki, natijaning soddalashtirilgan choralari, faqat qisqa mudat ichida o‘sishga qaratilgan bilim va uddalay olishlik kompitentlari, masalani jiddiy tarzda baholay olmayapti.
MTT tarbiya dasturini yaxshi bilish kalendar rejani muvaffaqiyatli tuzishning asosiy garovidir.Pedagog va psixolog olimlar olib borgan ilmiy tadqiqot ishlarining xulosalari bolalarning malaka va ko'nikmalarni egallashi ma'lum yosh bosqichida yuzaga kelishini ko'rsatdi.
Tarbiyachi xuddi mana shu davrni qo'ldan boy bermay, bolani har tomonlama rivojlantirishga erishmog'i zarur. Tarbiyachi o'zi ishlayotgan guruh, shuningdek, o'zidan oldingi va keyingi guruhlar dasturi talablari va mazmunini yaxshi bilishi kerak. Masalan, dasturning kichkina guruh bolalarini tevarak-atrof bilan tanishtirish bo'limida bolalarni hayvonlar, o'simliklar va shunga o'xshashlar to'g'risidagi eng oddiy bilim va tushunchalar bilan tanishtirish vazifasi belgilangan.O'rta guruhda dastur bo'yicha bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish va narsa-buyumlarga, voqea- hodisalarga nisbatan qiziqishini o'stirish va shu asosda eng oddiy tasavvur va tushunchalar hosil qilish, eng muhimi esa, kuzatuvchanlikni, narsa va buyumlar, voqea-hodisalar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni topa bilishga o'rgatish bosh vazifa hisoblanadi. Katta va tayyorlov guruhi bolalarini narsa-buyumlar, voqea- hodisalar to'g'risidagi haqiqiy tasavvur va tushunchalarini, ularning tabiiy sabablar bilan bog'liq ekanligini shakllantirish dasturning muhim vazifasidir.Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga ta'lim-tarbiya berish ishini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun dasturni yaxshi bilishning o'zi yetarli emas, shu bilan birga, har bir bolaning shaxsini rivojiantirish yo'llarini yaxshi bilish, bolaning bilim, malaka va ko'nikmalarni egallab olish qobiliyati har xilligini ham e'tiborga olish kerak.
Tarbiyachining ishini muvaffaqiyatli rejalashtirishning yana bir zarurati - uning metodik qo'Ilanma, pedagoglar kengashi, metodik birlashma, kurslarda va shunga o'xshashlardan olgan tavsiyalardan keng foydalanishidir. Kalendar rejani guruhda ishlovchi har ikkala tarbiyachi birgalashib bamaslahat tuzishlari lozim. Tarbiyachilar vaqti- vaqti bilan bolalarning ishlarini tahlil qilib borishlari lozim. Kalendar reja bir-ikki haftaga tuziladi va tarbiyachining majburiy hujjati hisoblanadi. Dasturga muvofiq hamma ta’lim-tarbiya ishlari bolalar faoliyatining barcha turlari: o'yin, mehnat, maishiy faoliyatva mashg'ulot orqali amalga oshiriladi. Kalendar rejaning mazmuni bolalar faoliyatining hamma turlarida aks ettiriladi. Kalendar rejani tarbiyachi kun tartibiga binoan tuzib chiqadi. Bolalarning o'yini ham, mehnat mashg'uloti ham, maishiy faoliyati ham tarbiyachining har kungi kalendar rejasidan o'rin olishi lozim. Kalendar rejaning mazmuni va shakli bolalarning har tomonlama barkamol shaxs bo'lib shakllanishi qay darajada borayotganligiga qarab baholanadi."Ilk qadam” dasturi orqali Ta'lim- tarbiya ishlarini rejalashtirish mazmuni. Ta'lim-tarbiyaviy ishning mazmuni, metodi va usullari hamda uni tashkil etish turlari, bolalar xulq-atvorini tarbiyalash mazmuni, ularda madaniy-gigiyenik malakalarni shakllantirish, bolalar mehnati va o'yinlariga rahbarlik usullari, bolaning bo'sh vaqti, ko'ngilochar daqiqalarni tashkil etish, shuningdek, ota- onalar bilan ishlash turlari rejalashtirilishi lozim. O'qitishning har bir bolimiga doir mashg'ulotlarni rejalashtirishda bilimlarni egallashning asosiy bosqichlari hisobga olinadi. Rejada bilimlar mazmunining takrorlanishi, ularni sekin-asta murakkablashtirish nazarda tutiladi. Istalgan bo'limga doir mashg'ulotlarni rejalashtirishda mazkur bo'lim bilan bog'langan asosiy ta'lim-tarbiyaviy masalalardan tashqari dasturning boshqa boTimlaridan ayrim masalalarni kiritish kerak. Mashg'ulotlarni bunday yaxlitlash ularni rivojlantiruvchi samarasini oshiradi. Ta’lim-tarbiyaviy ishlar mashg'ulotlardan tashqarida: kundalik turmush, o'yin, mehnatda ham davom ettiriladi. Rejada bolaning xulq-atvorini: bir-birlariga xayrixohlik munosabatini, bir-birining o'yiniga qiziqishlari bilan hisoblashishni, yuzaga kelgan nizolarni haqgo'ylikbilan hal qilish kabilarni tarbiyalash vazifalari nazarda tutiladi. Rejada o'yinda bolalarni o'zaro munosabatlari va xulq- atvorlarini tarbiyalash vazifasini kiritib, tarbiyachi bolalar o'yinlarining mazmunini, ularning o'ynash ko'nikmalarini hisobga oladi. Kun davomida tarbiyachi xilma-xil harakatli va didaktik o'yinlarni uyushtiradi, ularga rahbarlik rejalashtiradi. Bolalarning mehnat faoliyatlarini tashkil etish shakllariga doir rejalashtirish muhimdir. Mehnatni tashkil etish shakli sifatida barcha guruhlarda topshiriqlardan foydalaniladi.
O'z mazmuniga ko'ra topshiriqlar turlicha bo'lishi mumkin. Tarbiyachining ish rejasida yangi topshiriq mazmuniniqayd etish, so'ngra uni bajarishga jalb etiladigan bolalar ismlarini ko'rsatish maqsadga muvofiqdir. Tarbiyachi bolalar navbatchiligiga rahbarlikni rejalashtirar ekan, tarbiyachi mehnat hajmi va mazmunini, bolalarga navbatchilik vazifalarini tanishtirishda foydalanadigan jihoz, metod va usullarni ko'rsatadi. Rejada bolalarning jamoa shaklidagi mehnatlarini tashkil qilish mazmuni va tarkibi, o'tkazish vaqti ko'rsatiladi. Zarur jihozlar belgilanadi va joylashtiriladi, Mustaqillik bayramlari, mustaqil yurtimizdagi muhim sanalar va hodisalar bilan bog’liq bayramlar, maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarga Vatanga muhabbat, baynalminal hislarni tarbiyalash, ularni xalqimizning boy milliy va umumbashariy qadriyatlari asosida tarbiyalash maqsadida bayram ertaliklari o'tkaziladi. Bayramlarni tarbiyaning muhim vositasi sifatida puxta rejalashtirish lozim. Rejada muassasaning butun jamoasi, bolalarning tayyorlarligi aks ettiriladi. Pedagogik kengashda bayram ssenariysi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.Maktabgacha ta'lim muassasasi ota-onalar o'rtasida pedagogik targ'ibotni amalga oshiradi. Ularni oila va maktabgacha ta'lim muassasasining bolalarga ta’sir ko'rsatishda hamkorlikni yo'lga qo'yish maqsadlarida ta'lim- tarbiyaviy ish mazmuni bilan tanishtiradi. Bolalarni oilada tarbiyalashning ilg'or usullarini o'rganadi, umumlashtiradi va tarqatadi. Bu ish izchil tarzda amalga oshiriladi va maktabgacha ta'lim muassasasi mudirasi tomonidan yillik rejada, tarbiyachi tomonidan ham rejalashtiriladi.
Ishni tashkil etish usullari quyidagilarni: ota-onalar majlisi, bola oilasiga borishni, ochiq eshiklar kunini, mashg'ulotlar o'tkazishni, bolalar ishlari bo'yicha ko'rgazmalar tashkil etishni nazarda tutadi. Ta'lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish shakllarini ilova etamiz.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsad va vazifalari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli qarori ijrosini ta'minlashda bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlarini tatbiq etish, malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, bolalarni har tomonlama intellektual, ahloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, ta'lim muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash ishlarini izchil davom ettirish maqsad qilib olindi.
Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari rejasi ishlab chiqildi.
Ta'lim tizimining hozirgi kundagi rivojlanish bosqichida uning birinchi bo‘g‘ini hisoblangan maktabgacha ta'limda jadal o‘zgarishlar yuz bermoqda va ular quyidagilarda namoyon bo‘lmoqda: maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatining xuquqiy-me'yoriy asosi takomillashmoqda; maktabgacha ta'lim muassasalari moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining yangi turlariga o‘tmoqda; nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog‘i kengaymoqda; ta'limning ilg‘or texnologiyalari joriy etilmoqda; xodimlar malaka oshirish tizimi takomillashmoqda; qisqa muddatli guruhlar asosida maktabgacha ta'lim muassasalarining muqobil shakllari joriy etilmoqda.
Maktabgacha ta'limning mazkur Konsepsiyasi uning 2017 yilgacha bo‘lgan vazifalari, strategiyasi, maqsad va tamoyillarini aniqlab beradi.
Konsepsiyaning xuquqiy asosini quyidagi me'yoriy-xuquqiy hujjatlar tashkil etadi: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta'lim to‘g‘risida"gi qonun va ta'lim sohasidagi boshqa huquqiy-me'yoriy hujjatlar.
Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'limning boshlang‘ich bo‘g‘ini hisoblanadi. U bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga qiziqishni shakllantirish maqsadini ko‘zlagan holda, olti-yetti yoshgacha oilada hamda davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarida olib boriladi. Maktabgacha ta'limning maqsad va vazifalarini tatbiq etishda jamoat va homiy tashkilotlari, mahalla, xalqaro fondlar faol ishtirok etadilar.
Maktabgacha ta'lim-bolaning individual va yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda uning jismoniy va psixik rivojlanishini ta'minlovchi, uni uzluksiz ta'limning keyingi bosqichi - maktabga borishiga zamin yaratuvchi, har tomonlama maqsadli yo‘naltirilgan ta'lim va tarbiya jarayonidir.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling