Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi


Maktabgacha yoshdagilarning jismoniy tarbiya vositalari


Download 27.42 Kb.
bet6/8
Sana15.02.2023
Hajmi27.42 Kb.
#1203083
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar

Maktabgacha yoshdagilarning jismoniy tarbiya vositalari
Maktab yoshigacha bolalar jismoniy tarbiyasida tabiatning sog’lomlashtirish kuchlari, gigienik omillar va jismoniy mashqlar katta ahamiyatga ega. Yuqoridagilarni ta’siridan tashqari bolaning kunlik harakat faoliyati (har kunlik harakati, rasm olish, har xil o’yinlar, musiqa, jismoniy mehnat) shunday rejalashtirilsinki, bularning hammasi uning rivojlanishiga imkoniyat yaratsin. Tanlab kerakki, ular muskullar kuchini yaxshilasin.
Maktabgacha yoshdagi bolalardahamma organ va sistemalarni va jarayonlarni ishga solib, chidamlilik sifatini rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Yurush, yugurish, suzish va velosipedda yurushdek mashqlarni me’yorini barobarga ortirilsa bu sifat rivojlanadi. Bu o’z navbatida shug’ullanuvchi yoshini hisobga olishni unutmaslik lozimligini taqazo etadi.
Bu yoshda tayanchharakat apparati egiluvchan bo’ladi. Uni qobiliyatini susaytirmaslik uchun jismoniy mashqlarni yoshiga to’g’ri keladiganlarini barchasidan yaxshi foydalanish darkor.


Maktabgacha yoshdagilar jismoniy tarbiyasining shakllari
Mamlakatimizda maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi davlat va jamoat muassasalarida olib boriladi. Davlat muassasalarida – yaslilar, bolalar bog’chalari; jamoat muassasalarida – mahkamalar, korxonalar, shaxsiy pulli yasli va bog’chalar tarzida maktabgach yoshdagi bolalar muassasalari sifatida uyushtirilmoqda. Jismoniy tarbiya asosan davlat mu assasalarida amalga oshiriladi.
Davlat muassasalarida jismoniy tarbiya. Bolalar bog’chasi va yaslidagi jismoniy tarbiya jarayoniga mudir ra’barlik qiladi. Jismoniy tarbiya ishini tarbiyasi olib boradi. tarbiyachi mashg’ulotlarni musiqachi, shifokor bilan rejalashtiradi. SHifokor tarbiyachiga jismoniy mashqlarni tanlashga, uni meoyorini aniqlashga yordam beradi.
Yasli va bog’chalarda jismoniy tarbiya jarayonini amalga oshirish uchun o’quv tipidagi mashg’ulotlar ertalabki gimnastika, fizkulptura daqiqalari, chiniqtiruvchi muolajalar, harakatli o’yinlar ekskursiyalar, sayohatlar, bayramlar, yakkama-yakka va mustaqil mashg’ulotlar tarzida uyushtiriladi. Bulardan tashqari musiqa darslarida ham jismoniy tarbiyani vazifalarini hal qiladigan jismoniy mashqlar, o’ynlar va raqslardan vosita tarzida foydalaniladi.
O’quv tipidagi jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish mashg’ulotlari bolalarni harakatga o’rgatishda asosiy rop o’ynaydi. Bu mashg’ulotlar yasli va bog’chalarining hamma guruhlarida o’tkaziladi. 1 yoshgacha bolalarda har bir bola bilan ayrim jismoniy mashqlar uqalash bilan qo’shib olib boriladi.
1-3 yoshgacha bo’lgan bolalardan yoshi katta bo’lgan guruhlarda (6-12)haftada 3 marotabadan, 3-7 yoshgacha bo’lganlardahaftada 1 marta va hamma guruhlar bilan birga o’tkaziladi. Yoshi katta bo’lgan sari mashg’ulotlarning davomiyligi 10-45 daqiqagacha oshirilib borilaveradi. Mashg’ulotlar 4 qismdan - tashkiliy, tayyorlov, asosiy, yakunloq, qismlariga bo’lib olib boriladi va ularning har birida o’zlarining aniq vazifalari hal qilinadi. Jismoniy mashqlar osonlashtirilib, «o’rmonga sayohat», harakatli va syujetli («O’rmonga sayohat» va boshqa) shakllarda olib boriladi. Tarbiyachi oldin jismoniy mashqlarni tanlab, so’ngra syujet tanlaydi. Yurish, yugurish, to’siqlardan oshish, suzish va ochiq havoda bo’lishi kerak bo’lgan vaqt hisobiga o’tkaziladi.

Download 27.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling