Ilk yoshdagi bolalar rivojlanishga qo‘yilayotgan talablar


Download 133.75 Kb.
bet12/31
Sana30.04.2023
Hajmi133.75 Kb.
#1404356
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31
Bog'liq
Davlat talablari - tayyori

0-1 yosh

1-2 yosh

2-3 yosh

KUTILAYOTGAN NATIJALAR

o‘z o‘yinchoqlarini tekshirish(o‘rganish)ni boshlaydi: og‘ziga soladi, uloqtiradi, bo‘laklarga bo‘ladi, taqillatib ko‘radi, ikkitasini bir-biriga uradi va chiqayotgan tovushni tinglaydi;
biror bir tovushni atrof-muhit bilan bog‘laydi (masalan, mushukni «myau» bilan, kuchukni «vov» bilan)
atrofidagi ob’ektlarni kuzatadi.

rasmdagi predmetlarni taniydi;
tabiat hodisalarini qisqa muddat ichida kuzatadi;
ayrim sabzavot va mevalarni biladi va farqlaydi;
hasharotlar (chuvalchanglarni tegib ko‘radi, chumolini kuzatadi), hayvonlar (uy hayvonlariga qaraydi, ularni ko‘rsatadi), o‘simliklar (gullarni yuladi, barglarni to‘playdi) bilan qiziqadi.

tana a’zolarini ko‘rsatadi va ularning funksiyasini biladi;
predmetlarning taktil xususiyatlarini biladi (yumshoq, qattiq, dag‘al, silliq);
predmetli rasmlar orqali jonli tabiat ob’ektlarining nomini biladi (hayvonlar, o‘simliklar, qushlar);
tabiatning ayrim hodisalarini far?laydi (yomg‘ir, qor).

BOLANI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA FAOLIYAT

bolaga turli ob’ektlarni boshqarish imkonini berish;
bolani bir-biriga mos o‘yinchoqlarni jamlashga qiziqtirish — qo‘g‘irchoq kiyimi qo‘g‘irchoqqa mos kelishi
bolaga atrofdagi yangi narsalarni ko‘rsatish va uning munosabatini kuzatish;
yangi ob’ektlarni qo‘llagan holda bola bilan o‘ynash ;
turli hayvonlar turli tovushlar chiqarishini namoyish qilish.

bola bilan toza havoda, fermada (uy hayvonlari), hayvonot bog‘ida sayr qilish;
ob havo va hissiyotlar haqida so‘zlashish;
yomg‘ir yoki qor vaqtida bola bilan qor parchalari yoki yomg‘ir tomchilarini kuzatish;
ko‘lmakka sakrash, qordan shakl yasash;
varrak uchirish
biror bir ob’ektni uzoq kuzatish.

turli fakturali predmetlarni ushlab ko‘rishni va nomini aytishni taklif qilish;
barglar, cho‘plar, toshlar yig‘ish
hududda qush va hasharotlarni, akvariumda baliqlarni, ariqda yoki ko‘lmakda suv harakatini kuzatish;
tabiat hodisalarini kuzatish, qor, ko‘lmak, quyoshli quyonchalar, qum, suv va soya bilan o‘ynash.


Download 133.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling