BOLANI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA FAOLIYAT
bolaning har bir yutug‘ini maqtash va qo‘llab-quvvatlash;
o‘yinchoqlarga ovoz berib, turli hissiyot va harakatlarni tanish imkoniyatini berish;
oilada emotsional ijobiy holatni yaratish va har kuni bola bilan o‘ynash;
o‘yin vaqtida bolaga o‘ziga ishonch hissini oshirish uchun yaqin turishga harakat qilish va barcha birgalikda bajarilayotgan harakatlarni bolaga aniq va lo‘nda tushuntirish;
baland tovush va shovqinlarni cheklash.
|
bola bilan u bilan bog‘liq bo‘lgan turli vaziyat va hissiyotlarni muhokama qilish;
bolaga rad javobini berilishi sababini tushuntirish;
bolaning jahli chiqganda, xafa bo‘lganda yoki o‘zini yomon his etganda yonida bo‘lish.
|
bola bilan suhbatda hissiyotlarni ta’riflovchi so‘zlarni qo‘llash;
multfilm qahramonlarining yorqinligini tahlil qilish; hissiyotlarni ifodalovchi so‘zli o‘yinlardan foydalanish, kayfiyat va his tuyg‘ular haqidagi hikoyalar va she’rlarni o‘qish.
|
IJTIMOIY-HISSIY RIVOJLANISH
|
Kichik soha: Ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot
|
Talab: Bola tengdoshlari va kattalar bilan muloqot malakalarini rivojlantirishga qodir
|
0-1 yosh
|
1-2 yosh
|
2-3 yosh
|
KUTILAYOTGAN NATIJALAR
|
salomlashadi, munosabat bildiradi, xayrlashayotganda qo‘lini silkitadi;
boshqa bola harakatini kuzatadi, kuladi yoki bog‘lanishsiz gapiradi;
kattalarning ko‘p murojaatlariga javob beradi, biroq ba’zilarini e’tiborga olmaydi.
|
kattalar harakatiga taqlid qilishga intiladi;
tovushi yoki harakati bilan boshqa bolaning diqqatini o‘ziga tortadi;
boshqa bolalar bilan o‘yinda qatnashadi;
turi harakatlarni bajarib, hayvonlar harakatini o‘xshatib harakatli o‘yinlarda ishtirok etadi.
|
kattalar harakatiga taqlid qiladi;
kattalarni birga o‘ynashga jalb qilishga intiladi;
tengdoshlari yonida o‘ynaydi;
boshqa bolalar bilan o‘yinchoqlarini bo‘lishadi.
|
|