BOLANI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA FAOLIYAT
bolani ismi bilan chaqirish;
bolaning tana a’zolarini ko‘rsating va nomini aytish;
bolaga ko‘proq tabassum bilan qarash, u bilan birgalikda ko‘zguga qarash;
turli vaziyatlarda bolaning hissiyotlarini ta’riflab o‘tish («Zarina ayiqcha kelganiga xursand bo‘lyapti», «Shahzoda charchadi, uyqusi kelyapti);
bolaning harakatlariga ko‘ra munosabatni bildirish.
|
bolaga o‘zini ijobiy baholashida ko‘maklashish: «men — yaxshi», men tirishqoq»;
bolani boshqalar bilan bo‘lashishga o‘rgatishni boshlash;
«o‘g‘il bolalar — kuchli», «qiz bolalar — muloyim» kabi stereotiplardan qochish;
«man etiladi» va «...mumkin emas» iboralaridan voz kechish; bolaga noto‘g‘ri harakatlar oqibatini tushuntirgan holda uni yo‘naltirish («qum ko‘zingga tushsa, ko‘zing og‘riydi»).
|
bolani boshqalar bilan muloqotda o‘zini tanishtirishga odatlantirish;
bolani yutuqlari uchun albatta maqtash, yutuqlar kichikroq bo‘lsa ham;
bola bosh bo‘ladigan holatlarni tashkillashtirish;
tanbeh berishdan o‘zini tiyish.
|
IJTIMOIY-HISSIY RIVOJLANISH
|
Kichik soha: Hissiyotlar va ularni boshqarish
|
Talab: Bola boshqalarning his-tuyg‘ularini farqlashi va o‘zinikini ifodalashga qodir
|
0-1 yosh
|
1-2 yosh
|
2-3 yosh
|
KUTILAYOTGAN NATIJALAR
|
atrofdagilar kayfiyatini so‘zlashuv ohangiga qarab aniqlaydi (onam xursand bo‘lyapti, bobomning jahli chiqyapti);
qarsak chaladi, xursand bo‘ladi, biron-bir tovush yoki harakati atrofdagilarga ta’sir qilishini anglasa, ushbu tovush va harakatlarni qaytaradi.
|
kattalarning unga munosabatidan o‘z hissiyotlarini, taassurotlarini namoyon qiladi;
hayrat, zavq, qo‘rqinchni ifodalaydi;
mustaqil o‘yin harakatlari bilan bog‘liq bo‘lgan quvonchni (xafalikni) ko‘rsatadi.
|
muloqotda ochiq, ijobiy emotsional ruhiyat ustun, atrofdagilarga asossiz tajovuzkorlik ko‘rsatmaydi;
boshqalarga achinadi, qayg‘uradi ;
boshqa odamning emotsional holatini tushuna boshlaydi va shunga mos munosabat bildiradi.
|
|