Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida
“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
Download 18.72 Kb. Pdf ko'rish
|
19-37-PB
“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 6-sonli respublika ilmiy konferensiyasi 264 Davlat fuqarolik xizmatida kadrlar zaxirasini shakllantirish asosini quyidagilar tashkil etadi: 1) Kadrlar zaxirasi katta va ko‘p qirrali masalalarni xisobga olishi va buning uchun katta hajmdagi axborotni yig‘ish; 2) Kadrlar zaxirasini yaratish murakkab jaryon bo‘lganligidan ko‘zlangan maqsad o‘zgaruvchan xususiyat kasb etadi, buni hisobga olish lozim; 3) Kadrlar zaxirasini yaratishda professional kishilar, ya’ni ishbilarmon, ma’lum tajribaga ega bo‘lgan va maxsus tayyorgarlik ko‘rgan mutaxassislarga tayanish; 4) Kadrlar zaxirasini shakllantirish texnologiyasi insonlarni o‘z-o‘zini ko‘rsata olishiga, intelektli va professional ekanligini amalga oshirishiga layoqatini takomillashtirishga karatilgan bo‘lishi lozim; 5) Kadrlar zaxirasini shakllantirishda kasbiy malaka va kunikmalarni muttasil rivojlantirib borishga karatilgan keng kulamli ishlarni shu ishga mas’ul bo‘lgan shaxslar (korxona raxbariyati, kadrlar bo‘limi boshliqlari va mas’ul xodimlar) tomonidan tizim sifatida ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak; 6) tashkilot, korxona va davlat muassalarida hodimlar saolihiyati va faoliyat samaradorligini muntazam baholab borish. Kadrlar zaxirasini yaratishda Yaponiya tajribasiga qiyosiy solishtiradigan bo‘lsak, O‘zbekistonda davlat xizmatchilarini umrbod yollash prinsipi natijasi sifatida tashqi kadrlar zaxirasi to‘laqonli tizimi yaratilgan emas, ammo elementlari bor, ya’ni lavozimda ko‘tarilish imtihonlaridan muvaffaqqiyatli o‘tgan nomzodlar alohida ro‘yxatga olinadi va undan tegishli muassasa o‘ziga kerakli xodimni tanlab olishi mumkin. Lavozimga tayinlash sinov muddati bilan yuz beradi – bu muddat o‘tkach, natijalar yaxshi bo‘lsa rasman lavozimga tayinlanadi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning “kadrlar bilan ishlash holatini ham tanqidiy tahlil qilish zarur” [19] degan fikrlari rahbar va boshqaruv kadrlarini tayyorlashning mavjud tizimini o‘rganishni, uni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishni talab etadi. Mazkur sohada amalga oshirilgan ishlarni tizimli tashkil etish, davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, sud-huquq va boshqa sohalarda istiqbolli boshqaruv kadrlarining tizimli asosda tanlab olish, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tizimida ularning kasbiy malakasini uzluksiz oshirib borishga ko‘maklashish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 maydagi "Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling