“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
mavzusidagi 6-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
262
A guruhi- hozirgi vaqtda yuqori lavozimga tayinlanishi mumkin bo‘lgan
nomzodlar;
B guruhi - ko‘tarilishi yaqin 1-3 yilda rejalashtirilayotgan nomzodlar.
Davlat fuqarolik xizmatida kadrlar zaxirasini shakllantirishdan asosiy maqsad
bu, demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirish jarayonida davlat xizmatida tayyor
bo‘lgan, tanlov, saralash, joy-joyiga qo‘yish, kadrlarni tayyorlash va lavozim
bo‘yicha ko‘tarish, davlat xokimiyati xizmatiga mos vazifa va masalalarni samarali,
professional imkoniyatli amalga oshirishdir. Bunda davlat fuqarolik xizmatida
zaxira instituti funksiyalarini to‘liq bajarilishi muhim ahamiyat kasb etadi (2- rasm).
2-rasm. Davlat fuqarolik xizmatida zaxira instituti funksiyalari
Kadrlar zaxirasining shakllantirilishi quyidagi tamoyillarga asoslanadi: 1) zaxira
dolzarbligi - lavozimni almashtirishga bo‘lgan ehtiyoj real bo‘lishi lozim; 2)
nomzodning lavozim va zaxira turiga mos kelishi - ma’lum bir lavozimdagi ishga
qabul qilinadigan nomzod malakasiga bo‘lgan talabga javob berish; 3) nomzodning
istiqboli - kasbiy o‘sishga yo‘naltirilganligi, ma’lumotiga bo‘lgan talab, yoshi,
umuman, lavozimdagi ishlash staji, sog‘ligining holati va karyerasining dinamikligi
(karyera dinamikligi- xodimning iyerarxik zinapoyadan qanchalik darajada tez
ko‘tarilganligi to‘g‘risida ma’lumot beruvchi kasbiy yo‘lining indikatordir).
Davlat fuqarolik xizmatida kadrlar zaxirasini shakllantirishning tashkiliy-
huquqiy asoslarini takomillashtirishda quyidagi jihatlarga e’tibor qaratish maqsadga
muvofiq: 1) vakant lavozimlarni to‘ldirish tanlovini o‘tkazish tartibi; 2) kadrlar
zaxirasini shakllantirish tartibi; 3) kadrlar rotatsiyasi; 4) kadrlar malakasini va
kasbiy mahoratini oshirish; 5) yagona idoralararo «Kadrlar» zamonaviy axborot
Do'stlaringiz bilan baham: |