Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida
“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
Download 18.72 Kb. Pdf ko'rish
|
19-37-PB
“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
mavzusidagi 6-sonli respublika ilmiy konferensiyasi 259 Davlat fuqarolik xizmatida kadrlar zaxirasini shakllantirish tartibi, shakllari va usullariga doir qator tadqiqotlar o‘tkazilgan. Tarixiy nuqtai anazardan alloma Abu nasr Forobiyning “Fozil odamlar shahri” va Amir Temurning “Temur tuzuklari”da bu borada qator qarashlar va yondashuvlar mavjud. O‘zbekistonlik olimlardan A.To‘xtaboyev[4], Q.X.Abdurahmanov Sh.R.Xolmo‘minov, N.K.Zokirova[5] va D.S.Qosimova[6]lar personalni boshqarish, kadrlar zaxirasini shakllantirish masalalarini tadqiq etishgan. Xorijlik olimlardan V.V.Travin, V.A.Dyatlov[7], Richard Daft[8], T.Y.Bazarova[9] kabi olimlar o‘rgangan. Shunigdek, P.V.Juravlyov [10], A.Y.Kibanov., I.B.Durakovalar [11] kadrlar ma’muriyati va ishlab chiqarish munosabatlarini, Uondel French[12] kadrlarni boshqarish jarayonida inson resurslari ma’muriyatini, D.Mayster[13] va Fernandes-Araos, Klaudiolar[14] kadrlar ma’muriyatining prinsiplari va amaliyoti kabi masalalarini tadqiq etishgan. Yosh tadqiqotchi J.Q.Yusubov ta’kidlashicha “davlat hokimiyati organlarining kadrlar zaxirasi bilan ishlash faoliyati kadrlarni tanlash va zaxirani shakllantirish kabi ishlardan boshlanib, ularni qayta o‘qitish muddatlari va uslublarini aniqlash, boshqaruv faoliyatiga bevosita tayyorlash va zaxiradagi nomzodni rahbarlik mansabiga tavsiya etishgacha bo‘lgan bir nechta bosqichlarda amalga oshirib boriladi. Umuman, rahbarlik mansablariga kadrlar zaxirasini tayyorlashning quyidagi usullari shakllandi: amaldagi kadrlar zaxirasi; istiqbolli (yaqin va uzoq istiqboldagi ) kadrlar zaxirasi” [15]. Rahbar kadrlar tanlash va saralash borasida tadqiqot olib borgan olim F.R.Ravshanov «kadrlar zaxirasi - bu tegishli maqsadli tayyorgarlikdan so‘ng rahbarlik lavozimiga tavsiya etilishi nazarda tutilgan xodimlarning guruhidir. Zaxira bo‘lajak rahbarlarni rejali tayyorlash va ularning tayyorgarligini oldindan tekshirish uchun anih asos bo‘lib xizmat qiladi hamda rahbarlik lavozimiga nomzodlarni tanlash jarayonining doimiyligi va ularning moslashish davrini qisqartirish imkonini beradi» [16] degan fikrini ta’kidlaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling