Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida
Download 18.72 Kb. Pdf ko'rish
|
19-37-PB
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keywords
- “Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 6-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
Kalit so‘zlar: davlat fuqarolik xizmati, kadrlar zaxirasi, kadrlar menejmenti,
zaxiraga kiritish mezonlari, boshqaruv kadrlari. Annotation: This article examines the priorities of the formation of the personnel reserve in the civil service. Also, the stages of implementation of the technology of formation of the personnel reserve in the civil service were analyzed, and suggestions and recommendations were made to improve the system of work with the personnel reserve. Keywords : civil service, personnel reserve, personnel management, reserve criteria, management personnel. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida so‘zlagan nutqida amaldagi kadrlar tizimi faoliyatiga tanqidiy baho berib, “Hozirgi vaqtda davlat va hokimiyat idoralarida ko‘p hollarda kadrlar salohiyatidan foydalanish, ularning vazifa va vakolatlari taqsimoti oqilona va samarali yo‘lga qo‘yilmagani sezilmoqda. Eng yomoni, bu holat ishimizga xalaqit bermoqda. Bir idorani qarasangiz, yuzlab odam nomiga ishlab o‘tiribdi. Boshqa idorani qarasangiz, ish ko‘p, vazifa ko‘p, lekin ishlaydigan “Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 6-sonli respublika ilmiy konferensiyasi 257 odam, kadr yetishmaydi. Bunday noto‘g‘ri ish taqsimotiga mutlaqo chek qo‘yishning vaqti yetdi”[1] degan fikrni bildirdi. Bundan ko‘rinadiki, kadrlarning amaliy zaxirasini shakllantirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlashning muhim masalalarini o‘z ichiga oladigan maqsadli dasturni ishlab chiqish bugungi kunning asosiy talablaridan biri hisoblanadi. 2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining “Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishi”da davlat xizmatiga zamonaviy fikrlaydigan, tashabbuskor, mas’uliyatli, kasbiy tayyorlangan kadrlarni jalb etish vazifasi belgilangan. Shundan kelib chiqib, kadrlar zaxirasini shakllantirish tizimidagi islohotlarning ijtimoiy zaruriyatidan kelib chiqib, birinchidan kadrlar zaxirasini shakllantirishning huquqiy asoslari yetarli darajada shakllantirish; ikkinchidan kadrlar zaxirasi uchun nomzodlarni tanlash va zaxiraga kiritish tizimida yagona uslub va yondashuvni joriy etish lozim. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Bugun hayotning o‘zi bizdan professional, tezkor va samarali davlat xizmati tizimini shakllantirish, yangicha fikrlaydigan, tashabbuskor, el- yurtga sadoqatli kadrlarga keng yo‘l ochish bo‘yicha samarali tizim ishlab chiqishni talab etmoqda” [2]. degan fikrlari davlat fuqarolik xizmatida kadrlar zaxirasini shakllantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ilmiy-amaliy jihatdan tadqiq etishni taqozo etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 oktabrdagi «O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5843-son Farmonida davlat fuqarolik xizmati masalalari bo‘yicha vakolatli organning mavjud emasligi davlat organlari va tashkilotlarida yagona kadrlar siyosatini olib borishga, xodimlarni samarali boshqarish va inson resurslarini rivojlantirishga, malakali kadrlar zaxirasini raqobat asosida shakllantirishga hamda ular tomonidan davlat fuqarolik |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling