Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida


“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”


Download 4.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/197
Sana01.11.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1737057
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   197
Bog'liq
“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9

“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” 
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
 
190 
malakali xodim va mutaxassislarni tayyorlash hamda etkazib berishda oʼziga xos 
oʼringa egadir. Taʼlim turizmi mamlakatlar oʼrtasidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy 
aloqalarni integrasiyalovchi xususiyatga egaligini ham taʼkidlash lozim. 
Taʼlim turizmi bu turizmning oʼziga xos shakli boʼlib, asosiy maqsadi taʼlim 
olish, oʼrganish, tajriba orttirish, oʼqituvchilar bilan talabalar oʼrtasida oʼzaro fikr 
almashishini tushunish lozim. Bu faoliyat oʼz ichiga koʼplab taʼlim yoʼnalishidagi 
turpaketlarni, urf-odat, madaniyat, simpoziumlar, seminarlar, akademik tadqiqotlar 
doirasidagi loyihalarni qamrab oladi. Taʼlim turizmining asosiy maqsadi - bu sayohat 
davomida taʼlim olish va oʼrganish hisoblanadi. 
Taʼlim turizmi tushunchasi XВIII asr oxirlarida paydo boʼlgan boʼlib, boy ingliz 
oilalarining (elitaning) farzandlari toʼliq bilimli va yaxshi tarbiyaga ega boʼlishi 
uchun albatta 2-3 yil davomida Evropa mamlakatlari boʼylab sayohatga chiqishi 
lozim boʼlgan. Hozirgi kungacha ham turizm sohasi yangi bilim va foydali 
koʼnikmalarni olishning norasmiy usuli boʼlib qolmoqda, demak u taʼlim olish 
xususiyatlarini oʼzida saqlab koladi va qamrab oladi. 
Innovatsion iqtisodiyotda ham har bir shaxsning sifatli taʼlim olishga boʼlgan 
xohishi yoki qoʼshimcha malaka oshirishga ehtiyoji taʼlimga boʼlgan talabni keltirib 
chiqaradi, uni rivojlantirish va takomillashtirishga asos boʼladi. 
Shu sababli taʼlim turizmi turizm iqtisodiyotida tez rivojlanuvchi sektor boʼlib, 
butun dunyoda oʼz oʼrnini egallab bormoqda. Bizning nazarimizda, taʼlim turizmi 
xizmatlariga boʼlgan talab va taklif doimiy ravishda oʼsib boradi va ushbu holat 
milliy iqtisodiyot darajasida ham, xalqaro iqtisodiy aloqalar darajasida ham jadal 
rivojlanadi. 
Insonlarning taʼlim va malaka darajasi qanchalik yuqori boʼlsa, nufuzli ish va 
yuqori toʼlovga ega boʼlgan ish qidirib topish imkoniyati shuncha yuqori boʼladi, 
ijtimoiy va kasbiy harakatchanligi ham rivojlanadi. Mamlakatimizda taʼlim turizmi 
xizmatlari sohasining rivojlanishidan nafaqat firma yoki tadbirkor manfaatdor balki 
istiqbolda davlatning oʼzi ham manfaatdordir. Zero, taʼlim turizmi xizmatlarining 
rivojlanishi natijasida mamlakat miqyosida katta ijobiy ijtimoiy-iqtisodiy samaraga 
erishiladi. Bizningcha bu samara quyidagilarda oʼzining yaqqol asosini topadi: davlat 



Download 4.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling