“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
191
byudjetiga tushumlar miqdori koʼpayadi; yangi ish oʼrinlarining tashkil etilishi
natijasida ishsizlik kamayadi; turizm bozori aholi isteʼmoli uchun zarur xizmatlar
bilan boyitiladi;turizm bozorida taʼlim turizmi xizmatlari narxining pasayishi yuzaga
keladi va bu aholi hayot farovonligiga ijobiy taʼsir koʼrsatadi; firma va
tadbirkorlarning faoliyati xorijiy tajribalarni oʼrganish va ulardan unumli foydalanish
natijasida tobora takomillashib boradi.
Oʼtkazilgan tadqiqotlar Oʼzbekistonda taʼlim turizmi turizmning nisbatan
sekinroq rivojlanayotgan turi boʼlgani uchun uning ulushi jami turizm xizmatlari
tarkibida uncha yuqori emas (6,1%). Quyidagi keltirilgan jadval maʼlumotlari
fikrimizning yorqin dalilidir:
1-jadval Turizm turlarining jami turizm xizmatlaridagi ulushi1 № Turizm turlari
Turizm turlarining jami turizm хizmatlaridagi ulushi, %
1 Tariхiy-madaniy turizm 60,1
2 Ishbilarmonlik turizmi 13,8
3 Sogʼlomlashtirish turizmi 11,0
4 Taʼlim turizmi 9,0
5 Shoping turizmi 6,1
Jami 100,0
Statistik maʼlumotlarga koʼra, dunyo boʼylab taʼlim turistlarining soni ulkan,
ammo Oʼzbekiston Respublikasida хorijiy mamlakatlar talabalarining soni dunyoning
bir qator mamlakatlaridan ancha kam. 2019 yilda Oʼzbekiston Respublikasiga kelgan
chet el fuqarolarining faqatgina 0,3 foizi oʼqish maqsadida tashrif buyurishgan.
Xuddi shuningdek, 2019 yilda chet elga ketgan Oʼзbekiston Respublikasi
fuqarolarining 0,8 foiзining maqsadi oʼqish boʼlgan.
Butun jahon хalqaro talabalar harakatini statistik maʼlumotlari asosida
dunyoning rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlariga хorij talabalarini sayyohlik
tashriflarining tahlili shuni koʼrsatdiki, 2015 yilda jahon boʼyicha Buyuk Britaniyaga
98646 хorijiy talabalar sayyoh sifatida tashrif buyurgan boʼlib, bu 2006 yildagi
koʼrsatkichga nisbatan 29,8 foiз oʼsgan. Amerika mintaqalar boʼyicha etakchi oʼrinni
AQSh davlati egallagan boʼlib, jahon boʼyicha 2015 yilda AQShga 322532 ta хorij
Do'stlaringiz bilan baham: |