Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida
“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
Download 4.85 Mb. Pdf ko'rish
|
“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9
“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi 194 yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi ijrosini ta’minlash doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehmonxona xo‘jaligi faoliyatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 27 maydagi qarori qabul qilindi. Ushbu qaror tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan mehmonxonalar qurilishini rag‘batlantirish, turizm sohasida investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirilishini jadallashtirish, taniqli va nufuzli xalqaro mehmonxona brendlarini mamlakatga faol jalb etish, respublikadaga umumiy mehmonxona xonalari sonini oshirishga qaratilgan vaziflarni huquqiy tartibga soladi. So‘nggi yillarda turizm salohiyatini oshirish maqsadida davlatimiz rahbarining olib borayotgan keng ko‘lamli siyosatlari natijasida O‘zbekistonning tarixiy hududlarida, hususan, Toshkent shahri, Samarqand va Buxoro viloyatlarida xalqaro brendli mehmonxona xizmatlari bozorida faoliyat yurita boshladi. Bugungi kunda O‘zbekistonda dunyoning eng ko‘zga ko‘ringan brendlari: Hilton, Hampton by Hilton, Wyndham Tashkent, Radisson Blue, Hyatt Regency, Ramada, Le Grande Plaza, Lotte Hotel Tashkent, Court Yard By Marriot, Mercury, Ateca, Minyoun Hospitality, Hilton Garden Inn, Movenpick Hotels & Resort brendlari faoliyat yuritmoqda va jumladan shu 2023-yil Toshkent shahrida yangi InterContinental Toshkent brendining ochilishi bo‘lib o‘tdi “Ma’lumot uchun O‘zbekistonda InterContinental Toshkent brendi franshizasi bilan 15 yil ishlagan va 2012 yil may oyida tark etgan”. InternterContinental Hotels and Resorts-Britaniyaning Intercontinental Hotels Group kompaniyasiga tegishli xalqaro mehmonxonalar tarmog‘i (brend) hisoblanadi. Bunday yirik mehmonxonalarning ochilishidan biz O‘zbekiston Respublikasida mehmonxona biznesi yuqori darajaga yetib keldi deb shak shubxasiz ayta olamiz, hamda bundan keyin yanada yuqori bosqichlarga chiqishiga ishonamiz. Mehmonxona sohasi O‘zbekiston iqtisodiyotning eng tezkor va muvaffaqiyatli rivojlanayotgan sohalaridan biri bo‘lib, yildan yilga 15-20 foizga o‘sib bormoqda. Biroq koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab bu biznes hozircha to‘liq tiklangani yo‘q. Shunday bo‘lsa-da, aynan shu inqiroz mehmonxona biznesida mavjud bo‘lgan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling