Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida
“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
Download 4.85 Mb. Pdf ko'rish
|
“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi 132 silliq o‘tishiga tutashma deyiladi. Bir chiziq ikkinchisiga o‘tadigan nuqta tutashuv nuqtasi deb ataladi. Tutashuvlar quyidagi ko‘rinishlarda mavjud bo‘ladi: 1) aylana yoylari bilan to‘g‘ri chiziqning tutashuvi; 2) ikki to‘g‘ri chiziq bilan aylana yoyining tutashuvi; 3) aylana yoyi bilan to‘g‘ri chiziqning tutashuvi; 4) ikki aylana yoylarining uchinchi aylana yoyi bilan tutashuvi. Tutashmalar yasashda tutashuv nuqtalari, tutashtirish markazi va tutashtirish radiusini topishga to‘g‘ri keladi. Bu elementlardan bitta yoki ikkitasi berilishi ham mumkin. Ikki aylana yoyini berilgan radiusli uchinchi yoy vositasida tashqi va ichki tutashtirish mumkin. rasmda radiusi R 1 va markazi O 1 nuqtada hamda radiusi R 2 va markazi O 2 nuqtada bo‘lgan aylanalar R radiusli aylana yoyi bilan tashqi tutashtirish ko‘rsatilgan. Buning uchun berilgan aylana radiuslariga tutashtirish radiusi R ni qo‘shib (R+R,) radius bilan O, markazdan, shuningdek, (R+R 2 ) radius bilan 0 2 markazdan yoylar chizilgan. Yoylar o‘zaro kesishib, tutashma markazi О nuqta topilgan. So‘ngra topilgan О nuqta berilgan aylanalarning markazlari O, va O 2 bilan tutashtirilib, К va K1 nuqtalar aniqlangan. Bu nuqtalar izlanayotgan tutashuv nuqtalaridir. So‘ngra О markazdan R radius bilan К va K 1 nuqtalar tutashtirilgan. Tutashmalar mavzusini o‘tish jarayonida o‘quvchilarga mavjud detallarni namoyish qilib, tutashmalar yasashlarning ahamiyati tushuntiriladi. Tutashmalarning “Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi 133 ishlab chiqarish va texnikada amaliy qo‘llanishini o‘quv ko‘rgazmali qo‘llanmalardan keng foydalanib tushuntiriladi. O‘qituvchi quyish yoki mexanik ishlov berish usulida tayyorlangan silliq shaklli detallarni o‘quvchilarga ko‘rsatib, sirtlar orasidagi ravon o‘tish qanday amalga oshirilishini, buni chizmada qanday qilib grafik tasvirlash kerakligini tushuntiradi. Prokladka, flanets, shayba, disk kabi sirtida aylana bo‘ylab teshik va o‘yiqlar bir tekis joylashgan detallar chizmasini bajarishda oldin o‘qituvchi o‘quvchilarga shunga o‘xshash detal yoki uning modelini ko‘rsatishi kerak. Sinf doskasida o‘quvchilarga tutashmalar bajarish usullari amaliy chizib ko‘rsatiladi. Hozirgi zamon mashina va jihozlar ishlab chiqarish texnologiyalarini chizmalarni o‘qishni bilmasdan turib egallab bo‘lmaydi. Chunki har bir mutaxassis va yuqori malakali ishchi texnika yordamida turli buyumlar va ularning detallarini yasash hamda nazorat qilishda ishtirok etadi. Barcha muhandislar o‘z g‘oyalari va fikrlarini ifodalashda faqat chizmalardan foydalanishadi. Shu boisdan bunday chizmalar hujjat hisoblanadi va jahonda ishlab chiqariladigan barcha sanoat mahsulotlari hamda uy-ro‘zg‘or buyumlari faqat chizmalar asosida tayyorlanadi. Narsaning aniq shakli va o‘lchamlarini to‘liq ifodalaydigan va buyumni nazorat qila oladigan tekislikdagi tasvir chizma deyiladi. Chizma esa texnikaning tilidir. Download 4.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling