Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida


“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”


Download 4.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/197
Sana01.11.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1737057
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   197
Bog'liq
“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9

“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” 
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
 
73 
Konfliktlarni qator fanlar o‘ziga xos jihatdan o‘rganishiga qaramasdan, odamlar, 
boshqaruv organlari uning alohida psixologik, huquqiy, falsafiy, sotsiologik va 
boshqa xususiyatlaribilan emas, balki yaxlit real konfliktlar bilan ish ko‘radilar. 
Konfliktning markaziy obʼekti ijtimoiy konfliktlar bo‘lsa, uning yadrosi – 
shaxslararo konfliktlardir. Shaxslararo konfliktlarni o‘rganish orqali konfliktli o‘zaro 
taʼsirning asosiy sabablarini ochish mumkin bo‘ladi. Ijtimoiy konfliktlar shaxs 
ichidagi konfliktlar bilan chambarchas bog‘liq. Shuning uchun odam psixikasida 
sodir bo‘ladigan va konfliktli xulq-atvordan oldin keladigan jarayonlarni 
o‘rganmasdan turib ijtimoiy konfliktlarning motivlarini tushunish qiyin bo‘ladi. 
Konfliktlar to‘g‘risida absolyut hamma narsani bilib bo‘lmaydi, chunki u turli-
tuman ko‘rinishda va doimiy o‘zgarishda. Konflikt odam psixik hayotining eng 
ahamiyatli hodisalaridan biri sifatida butun psixologiya fanining fundamental 
muammosi bo‘lgan – psixik muvaffaqiyatlilik muammosi bilan bevosita bog‘liq. 
Shaxsni va uning rivojlanishini shaxsning turli sohalari o‘rtasidagi qarama-
qarshiliklar va konfliktlarga asoslangan degan tasavvur asosida tushunadigan K.Xoll 
va G.Lindseylar qatʼiy taʼkidlashadiki, “aslini olganda, barcha shaxs nazariyotchilari 
shaxsda konfliktlarga kirishuvchi qarama-qarshi tendensiyalar mavjud deb 
hisoblashadi”2. 
Psixoanaliz taʼlimotning asoschisi Zigmund Freydning fikricha, odam o‘z 
atrofidagilar va butun olam bilan doimiy ichki va tashqi konflikt holatida bo‘ladi. 
Rohatlanish prinsipiga tayangan xolda odam, ‘tashqi cheklovlar – ahloqiy va 
ijtimoiy normalar tufayli – ko‘pincha o‘z xohish va istaklarini qondirishdan voz 
kechishga majbur bo‘ladi”3. Bu esa psixik konfliktning paydo bo‘lishiga olib keladi, 
psixoanaliz nuqtai nazaridan bu konflikt normal yechimini topishi mumkin: ahloqiy 
to‘g‘ri keladigan yo‘llar bilan rohatlanishga erishish mumkin. Bunga badiiy yoki 
ilmiy ijod ko‘rinishidagi sublimatsiyani misol keltirish mumkin. Odamdagi turli 
ko‘rinishdagi psixik buzilishlarga patogen konfliktlar olib kelishi mumkin bo‘lib, 
jamiyat talablari bilan mos kelmaydigan xohishlarni zudlik bilan qondirishdan tashqi, 
2 Xoll K.S., Lindsey G

Teoriya lichnosti.-M.: “Izdeliya”.1999.-39 s 
3 S.Freyd. A general introduction to psychoanalysis. New York: Doubleday.184 p.



Download 4.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling