Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida


“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”


Download 4.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/197
Sana01.11.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1737057
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   197
Bog'liq
“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9

“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” 
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
 
93 
Boshlangʻich ta’limdagi 1-2-sinflarda oʻqitiladigan “Atrofimizdagi olam” va 3-
4-sinflarda oʻqitiladigan “Tabiatshunoslik” fanlari oʻquvchilarga ekologik tarbiya 
berishda muhim oʻrin tutadi. Lekin yosh avlodda ekologik madaniyatni 
shakllantirishda sinfda oʻqish darslari ham muhim oʻrin tutadi. Ayniqsa, ona-tabiat
yil fasllari bilan bogʻliq mavzularni oʻrganishda bu masalaga bevosita yondashiladi. 
Masalan, 2-sinf “Oʻqish kitobi’ darsligining “Tabiatni asrang, avaylang” hamda 
“Qushlar, hayvonlar-bizning doʻstimiz” boʻlimlari, 3-sinf “Oʻqish kitobi” darsligidagi 
“Tabiatni seving va asrang” boʻlimi, 4-sinf “Oʻqish kitobi” darsligidagi “Hayvonot 
olamida” boʻlimi materiallarini oʻrganish orqali oʻquvchilarga ekologik tarbiya berish 
maqsadga muvofiq hisoblanadi. Masalan, 3-sinf “Oʻqish kitobi”darsligidagi “Tabiatni 
seving va asrang” boʻlimida Qambar Otaning “Ona tabiat” she’ri berilgan. Bu she’rni 
oʻqish darsida nafaqat oʻquvchilarning ifodali oʻqish malakalari takomillashtiriladi
balki ularning ona tabiat haqidagi tushunchalari kengaytiriladi, shuningdek, ularga 
inson ham tabiatning ajralmas bir boʻlagi ekanligi, tabiatni avaylab-asrash oʻzimizni 
asrash ekanligi uqtiriladi [1]. 
Mazkur boʻlimda oʻrganiladigan Habib Rahmatning “Bogʻim” she’ri ham 
oʻquvchilarda tabiatning bir qismi boʻlgan oʻsimliklar dunyosiga muhabbat 
uygʻotishga xizmat qiladi. She’r: 
Dunyoni bogʻ etishni, 
Orzu qilar odamlar, 
Daraxt ekish sirlarin, 
Oʻrgatdilar dadamlar. 
misralari bilan boshlanadi. She’rda bogʻ yaratishning afzalliklari, daraxtlarning 
inson hayotidagi oʻrni masalasi yoritiladi. Shu oʻrinda oʻqituvchi oʻquvchilarga 
oʻsimliklarning, ayniqsa, daraxtlarning hayotimizdagi oʻrnini koʻrsatib berishi, 
atmosferani kislorod bilan boyitishi kabilarni tusuntirishi lozim. 
Shuningdek, bolalarga daraxt nihollarini, shox va butoqlarini sindirish 
kerakmasligini, daraxtlarni doimo parvarishlash zarurligini uqtirib, xalqimizningi 
“Birni kessang, oʻnni ek” maqolining mazmunini izohlashi maqsadga muvofiqdir [1]. 



Download 4.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling