Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida


“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”


Download 4.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/197
Sana01.11.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1737057
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   197
Bog'liq
“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9

“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” 
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
 
103 
Bahodir Jalolov. O‘zbekiston xalq Ilhom Bobomurodov. Sopol lagan. 
ustasi Muhiddin Rahimov portreti. Samarqand kulolchiligi. 
O‘zbek milliy kulolchilik buyumlaridan biri lagandir. Chetlari biroz ko‘tarilgan, 
likopchadan katta, quyuq ovqatlar, ho‘l mevalar solinadigan idish lagan deyiladi. 
Laganlar qadimdan ishlatilib kelayotgan idish turlaridan biri bo‘lib, uni kulollarimiz 
islimiy, girih, epigrafik usulida yozilgan yozuvlar, har xil qush, hayvonlar, hattoki 
olam surati bilan bezaganlar. Lagan nasiba ramzi bo‘lib, u doira shaklida bo‘lgani 
uchun olamni bildiradi. 
Laganlarni tayyorlash jarayoni qo‘yidagicha amalga oshiriladi. Maxsus tuproq 
tanlanib, kosagar loy tayyorlanadi. Kosagar loy – pat loy yoki tovoq loy deb ham 
yuritiladi. Bu loy tuproqqa qamish qozg‘og‘ini aralashtirib tayyorlanadi. Undan yassi 
yuzali idishlar tayyorlanadi. Kulolchilik dastgohida lagan shakli yasaladi, yasalgan 
lagan charxdan olingach yorilib ketmasligi uchun quyosh haroratida quritib olinadi
so‘ngra maxsus pechda quritiladi. Qurigan buyumga naqsh chizilib, rang va sirlar 
beriladi va maxsus pechda 1200 0 S xarorat ostida olovda pishiriladi. Shu tariqa turli 
hajmdagi laganlar tayyorlanadi. 
Kulolchilik laganlariga har bir naqsh ma’lum qonuniyatlar asosida tuziladi va 
chiziladi. Naqshlarning o‘ziga xos nomlari va ramziy ma’nolari ham bor. Har bir 
naqsh va uning elementini azaldan ota - bobolarimiz biror narsa va voqyeylikning 
ramzi tariqasida tasvirlab kelganlar. Masalan gul – go‘zallik, muhabbat, yaxshilik, 
himmat ifodasidir. Gul - jannatdan olingan ajoyib ne’matdir. Hayotimizni gulsiz 


“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” 
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
 
104 
tasavvur etib bo‘lmaydi. Gul ayol, ya’ni hayot guliga o‘xshatiladi naqsh atamasi 
o‘rnida ham ishlatiladi. Odamlar bir-biriga bo‘lgan sog‘inchini, mehr-muhabbatini 
gul bilan izhor qiladi. Risq gulini osoyishtalik va umr uzoqlik, jingalak naqshlar esa 
to‘kin – sochinlik, boylik, Anqo – (qush) kishiga baxt keltiruvchi hisoblanadi. 
Bodom – baxt iqbol ramzidir. U tabiatdan stillashtirib tasvirlangan islimiy naqsh 
turidir. U kulolcilik, zargarlik buyumlari, naqsh buyumlari, do‘ppilar, matolar, 
yog‘och o‘ymakorligi, zardo‘zlik va boshqa xalq amaliy bezak san’ati turlarida ham 
keng 
ishlatiladi. 
Qadimda 
ota-bobolarimiz 
bunday 
naqsh 
elementini 
buyumlarda juda ko‘p ishlatib kelganlar. Bularning hammasi kishilarimizni ezgu 
niyat, mehr-oqibat, shafqat hamda diyonat ruhida tarbiyalashi katta xizmat qiladi. 
Masalan, “Bodom guli” – bodom shaklining ma’lum masofada ritmik 
takrorlanishidan hosil bo‘lgan soda islimiy naqsh turidir. Ya’ni naqshning asosini 
bodom tashkil etadi. Shuning uchun ustalar bu naqshni “guli bodom ” deb ham 
atashadi. 

Download 4.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling