Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida


Download 4.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/197
Sana01.11.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1737057
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   197
Bog'liq
“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9

 
Annotatsiya: Bugungi kunda o‘zbek kulolchiligining qadimiy tarixi
an’analari, shakl, mazmun, ijodiy jarayoni va o‘ziga xos uslublaridan amaliy 
san’at darslarida keng foydalanish lozim. Ushbu maqolada amaliy san’at darslarida 
kulolchilik buyumlariga naqsh kompozitsiyasini chizush usullari haqidagi 
ma’lumotlar bayon etilgan. 
Kalit so‘zlar: amaliy san’at, kulolchilik, naqsh, bodom, gul. kompozitsiya. 
Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on, Shundan bilursankim ilm bepayon. 
Firdavsiy 
Ota-bobolarimizning 
bizga 
qoldirgan 
ma’naviy 
merosilardan 
biri san’at asarlaridir. Xalq amaliy san’ati asarlari bezakdorligi, chiroyli 
shakllari, qadimiyligi hamda chuqur falsafiy, tarbiyaviy, ruhiy xususiyatlari 
bilan 
o‘zining yuksak qiymatiga ega. Farzandlariga yoshligidan hunar 
o‘rgatib kelgan xalqimiz o‘zining an’analaridan, urf-odatlaridan, turli ma’naviy 
meroslaridan unmnli foydalanib keladi. Hozirgi kunimizda ham xalqimizning 
an’analarini, ustoz va shogird asosida yoshlarimizga hunar o‘rgatishga katta e’tibor 
berilmoqda. Shuningdek yurtimizning oliy ta’lim muassasalari, san’at maktablari va 
umumiy o‘rta 
ta’lim maktablarida 
yoshlarni kasb-hunar 
faoliyati bilan 
shug‘ullanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni vujudga keltirish, ularga tasviriy va 
amaliy san’atdan nazariy va amaliy bilimlami berish uchun samarali ishlar amalga 
oshirilmoqda. Shuning uchun ham bugungi kunda buyuk ma’naviyatimizni tiklash va 


“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” 
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
 
102 
uni yanada yuksaltirish yo‘lida ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish muhim 
vazifalardan biri hisoblanadi. 
O‘zbek kulolchiligi uzoq tarixga, ajoyib an’analar, shakl, mazmun, ijodiy 
jarayon va o‘ziga xos uslubga ega. Sopol buyumlari sodda bo‘lsada uning ko‘rinishi 
qismlarining aniqligi, mutanosibligi saqlanishi, naqshlarining badiiy joylashishi
shakl va mazmunining birligi, uyg‘unligi o‘zbek kulollarini jahonga tanitib 
kelmoqda. Kulolchilik hunari loydan, piyola, kosa, tovoq, ko‘za, lagan, xurmacha, 
tog‘ora, xum, tandir, buyum, o‘yinchoqlar, qurilish materiallari va boshqalar 
tayyorlaydigan soha bo‘lib, u uzoq tarixga ega. Maxsus tuproqni olovda qizdirganda 
toshsimon bo‘lib pishishini, undan har xil idishlar tayyorlashni odamlar juda 
qadimdan neolit davrining boshlaridayoq bilganlar. 
Buxoro va Samarqand tarixiy - me’moriy obidalarini ta’mirlashda ishtirok etgan 
Toshkentlik mashhur usta kulol, O‘zbekiston xalq rassomi, san’atshunos, bir qancha 
orden va medallar sohibi, O‘zbekiston xalq rassomi Muhiddin Rahimov (1903-1985) 
ning yaratgan sopol buyumlari respublika va xorijiy mamlakatlar muzeylarida 
saqlanmoqda. Uning ishlarini o‘g‘ili - O‘zbekiston xalq rassomi Akbar Rahimov va 
nabirasi Alisher Rahimovlar davom ettirmoqda. Samarqand kulolchilik maktabi 
yo‘nalishi Afrosiyob uslubi degan nom bilan dunyoga tanilgan. Samarqand 
kulolchilik maktabi buyumlarining jarangdor nafisligida qo‘rg‘oshinli sir va sarg‘ish-
yashil, jigarrang bo‘yoqlar muhim o‘rin tutadi. “Afrosiyob sopoli” an’analariga 
asoslanib tayyorlanilgan buyumlar bezagida o‘simliksimon naqshlar yyetakchilik 
qiladi, handasiy naqshlar, hayvonlar tasvirlari ham ishlatiladi. Samarqandlik usta 
kulol Ilhom Bobomurodov bu uslubda kulolchilik maktabini yaratgan O‘zbekiston 
xalq rassomi, usta kulol Umar Jo‘raqulovning shogirdi hisoblananadi. Hozirda kunda 
uning 
ishlarini 
o‘g‘ili 
Mehrojiddin 
Bobomurodov 
davom 
ettirmoqda. 
Bobomurodovlarning kulolchilik maktabi Samarqand tumanidagi qadimiy Konigil 
mahallasida joylashgan. Konigil – forschada gil, ya’ni sopol yasashda ishlatiladigan 
tuproqning koni degan ma’noni beradi. 



Download 4.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling