Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida
Download 4.85 Mb. Pdf ko'rish
|
“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
- “Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
Annotatsiya: Bugungi kunda o‘zbek kulolchiligining qadimiy tarixi, an’analari, shakl, mazmun, ijodiy jarayoni va o‘ziga xos uslublaridan amaliy san’at darslarida keng foydalanish lozim. Ushbu maqolada amaliy san’at darslarida kulolchilik buyumlariga naqsh kompozitsiyasini chizush usullari haqidagi ma’lumotlar bayon etilgan. Kalit so‘zlar: amaliy san’at, kulolchilik, naqsh, bodom, gul. kompozitsiya. Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on, Shundan bilursankim ilm bepayon. Firdavsiy Ota-bobolarimizning bizga qoldirgan ma’naviy merosilardan biri san’at asarlaridir. Xalq amaliy san’ati asarlari bezakdorligi, chiroyli shakllari, qadimiyligi hamda chuqur falsafiy, tarbiyaviy, ruhiy xususiyatlari bilan o‘zining yuksak qiymatiga ega. Farzandlariga yoshligidan hunar o‘rgatib kelgan xalqimiz o‘zining an’analaridan, urf-odatlaridan, turli ma’naviy meroslaridan unmnli foydalanib keladi. Hozirgi kunimizda ham xalqimizning an’analarini, ustoz va shogird asosida yoshlarimizga hunar o‘rgatishga katta e’tibor berilmoqda. Shuningdek yurtimizning oliy ta’lim muassasalari, san’at maktablari va umumiy o‘rta ta’lim maktablarida yoshlarni kasb-hunar faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni vujudga keltirish, ularga tasviriy va amaliy san’atdan nazariy va amaliy bilimlami berish uchun samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Shuning uchun ham bugungi kunda buyuk ma’naviyatimizni tiklash va “Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi 102 uni yanada yuksaltirish yo‘lida ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. O‘zbek kulolchiligi uzoq tarixga, ajoyib an’analar, shakl, mazmun, ijodiy jarayon va o‘ziga xos uslubga ega. Sopol buyumlari sodda bo‘lsada uning ko‘rinishi qismlarining aniqligi, mutanosibligi saqlanishi, naqshlarining badiiy joylashishi, shakl va mazmunining birligi, uyg‘unligi o‘zbek kulollarini jahonga tanitib kelmoqda. Kulolchilik hunari loydan, piyola, kosa, tovoq, ko‘za, lagan, xurmacha, tog‘ora, xum, tandir, buyum, o‘yinchoqlar, qurilish materiallari va boshqalar tayyorlaydigan soha bo‘lib, u uzoq tarixga ega. Maxsus tuproqni olovda qizdirganda toshsimon bo‘lib pishishini, undan har xil idishlar tayyorlashni odamlar juda qadimdan neolit davrining boshlaridayoq bilganlar. Buxoro va Samarqand tarixiy - me’moriy obidalarini ta’mirlashda ishtirok etgan Toshkentlik mashhur usta kulol, O‘zbekiston xalq rassomi, san’atshunos, bir qancha orden va medallar sohibi, O‘zbekiston xalq rassomi Muhiddin Rahimov (1903-1985) ning yaratgan sopol buyumlari respublika va xorijiy mamlakatlar muzeylarida saqlanmoqda. Uning ishlarini o‘g‘ili - O‘zbekiston xalq rassomi Akbar Rahimov va nabirasi Alisher Rahimovlar davom ettirmoqda. Samarqand kulolchilik maktabi yo‘nalishi Afrosiyob uslubi degan nom bilan dunyoga tanilgan. Samarqand kulolchilik maktabi buyumlarining jarangdor nafisligida qo‘rg‘oshinli sir va sarg‘ish- yashil, jigarrang bo‘yoqlar muhim o‘rin tutadi. “Afrosiyob sopoli” an’analariga asoslanib tayyorlanilgan buyumlar bezagida o‘simliksimon naqshlar yyetakchilik qiladi, handasiy naqshlar, hayvonlar tasvirlari ham ishlatiladi. Samarqandlik usta kulol Ilhom Bobomurodov bu uslubda kulolchilik maktabini yaratgan O‘zbekiston xalq rassomi, usta kulol Umar Jo‘raqulovning shogirdi hisoblananadi. Hozirda kunda uning ishlarini o‘g‘ili Mehrojiddin Bobomurodov davom ettirmoqda. Bobomurodovlarning kulolchilik maktabi Samarqand tumanidagi qadimiy Konigil mahallasida joylashgan. Konigil – forschada gil, ya’ni sopol yasashda ishlatiladigan tuproqning koni degan ma’noni beradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling