Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida
TADQIQOT NATIJASI VA MUHOKAMA
Download 4.85 Mb. Pdf ko'rish
|
“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9
- Bu sahifa navigatsiya:
- ”Milliy dasturi”
TADQIQOT NATIJASI VA MUHOKAMA
“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi 99 Pisa xalqaro baholash dasturi o‘quvchilarning ta’lim olishga bo‘lgan munosabati va motivatsiyasi haqida kerakli ma’lumotlar to‘playdi hamda ularning muammosini hal qila olish ko‘nikmalarini, global ahamiyatga ega masalalarni hal etishda o‘quvchi yoshlarning fikr-mulohazalari va ular bergan yechimlarni baholaydi. MDH mamlakatlarining qator olimlari kompetentlik tushunchasini psixologiya va pedagogika nuqtai nazaridan ilmiy-nazariy va metodik jihatdan tadqiq etgan bo‘lsada, so‘ngi pedagogik tadqiqotlarda aynan mutaxassis - kadr kompetensiyasi masalasi o‘z dolzarbligi, katta qiziqish uyg‘otayotganligi va ta’lim jarayonini tashkil qilish, uning samaradorligini ta’minlash uchun muhimligi va zaruriyatini namoyon etmoqda. Ijtimoiy faol va harakatchan, tashabbus ko‘rsatib, o‘zining professional maqsadlarini aniq anglaydigan, yuksak madaniyatli, innovatsion fikrlash qobiliyatiga ega va ta’limda yangiliklarni amalga oshirishga tayyor o‘qituvchi shaxsini shakllantirish va ta’minlash oliy ta’lim muassasalarining muhim vazifasi hisoblanadi. XULOSA Yuqoridagi talablarning ta‟lim tizimi uchun juda muhim ekanligi, aksariyat xorijiy davlatlardagi kabi ta‟lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta‟lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg„or tajribalarni sohaga jalb qilish kerakligini anglatadi. Davlatimizga ta‟lim sifatini baholash xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etish tadqiqotlarda olingan natijalar mamlakatdagi ta‟lim sifati va uning xalqaro standartlarni hisobga olgan holda egallagan o„rni to„g„risida xulosalar chiqarish imkonini bеradi. O‘quvchilarni xalqaro PISA, PIRLS baholashning asl mohiyati o‟quvchilarda tafakkur uyg‘oqligi, ularni ixtirochi, ijodkorlikka o‘rgatishning asosiy belgisi hisoblanadi. O‟zbekistonda ta‟lim tizimiga xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda o„quvchilarning bilim darajasini baholash va monitoring qilishning ”Milliy dasturi”ni yaratish hozirgi kun talabiga mos keladi. Yana shuni aytish joizki, ushbu dastur zamon bilan hamnafas qadam tashlaydi hamda o„zining baholash mezonlarini zamonaviy talablarga muvofiq ravishda takomillashtirib boradi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali kadrlar va yetuk mutaxassislarga bo‘lgan talabni yanada |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling