Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida
“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
Download 4.85 Mb. Pdf ko'rish
|
“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi 103 Bahodir Jalolov. O‘zbekiston xalq Ilhom Bobomurodov. Sopol lagan. ustasi Muhiddin Rahimov portreti. Samarqand kulolchiligi. O‘zbek milliy kulolchilik buyumlaridan biri lagandir. Chetlari biroz ko‘tarilgan, likopchadan katta, quyuq ovqatlar, ho‘l mevalar solinadigan idish lagan deyiladi. Laganlar qadimdan ishlatilib kelayotgan idish turlaridan biri bo‘lib, uni kulollarimiz islimiy, girih, epigrafik usulida yozilgan yozuvlar, har xil qush, hayvonlar, hattoki olam surati bilan bezaganlar. Lagan nasiba ramzi bo‘lib, u doira shaklida bo‘lgani uchun olamni bildiradi. Laganlarni tayyorlash jarayoni qo‘yidagicha amalga oshiriladi. Maxsus tuproq tanlanib, kosagar loy tayyorlanadi. Kosagar loy – pat loy yoki tovoq loy deb ham yuritiladi. Bu loy tuproqqa qamish qozg‘og‘ini aralashtirib tayyorlanadi. Undan yassi yuzali idishlar tayyorlanadi. Kulolchilik dastgohida lagan shakli yasaladi, yasalgan lagan charxdan olingach yorilib ketmasligi uchun quyosh haroratida quritib olinadi, so‘ngra maxsus pechda quritiladi. Qurigan buyumga naqsh chizilib, rang va sirlar beriladi va maxsus pechda 1200 0 S xarorat ostida olovda pishiriladi. Shu tariqa turli hajmdagi laganlar tayyorlanadi. Kulolchilik laganlariga har bir naqsh ma’lum qonuniyatlar asosida tuziladi va chiziladi. Naqshlarning o‘ziga xos nomlari va ramziy ma’nolari ham bor. Har bir naqsh va uning elementini azaldan ota - bobolarimiz biror narsa va voqyeylikning ramzi tariqasida tasvirlab kelganlar. Masalan gul – go‘zallik, muhabbat, yaxshilik, himmat ifodasidir. Gul - jannatdan olingan ajoyib ne’matdir. Hayotimizni gulsiz “Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi 104 tasavvur etib bo‘lmaydi. Gul ayol, ya’ni hayot guliga o‘xshatiladi naqsh atamasi o‘rnida ham ishlatiladi. Odamlar bir-biriga bo‘lgan sog‘inchini, mehr-muhabbatini gul bilan izhor qiladi. Risq gulini osoyishtalik va umr uzoqlik, jingalak naqshlar esa to‘kin – sochinlik, boylik, Anqo – (qush) kishiga baxt keltiruvchi hisoblanadi. Bodom – baxt iqbol ramzidir. U tabiatdan stillashtirib tasvirlangan islimiy naqsh turidir. U kulolcilik, zargarlik buyumlari, naqsh buyumlari, do‘ppilar, matolar, yog‘och o‘ymakorligi, zardo‘zlik va boshqa xalq amaliy bezak san’ati turlarida ham keng ishlatiladi. Qadimda ota-bobolarimiz bunday naqsh elementini buyumlarda juda ko‘p ishlatib kelganlar. Bularning hammasi kishilarimizni ezgu niyat, mehr-oqibat, shafqat hamda diyonat ruhida tarbiyalashi katta xizmat qiladi. Masalan, “Bodom guli” – bodom shaklining ma’lum masofada ritmik takrorlanishidan hosil bo‘lgan soda islimiy naqsh turidir. Ya’ni naqshning asosini bodom tashkil etadi. Shuning uchun ustalar bu naqshni “guli bodom ” deb ham atashadi. Download 4.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling