“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
106
TASVIRIY VA AMALIY SAN’AT DARSLARIDA BADIIY ASARLARGA
MINATYURA ILLYUSTRATSIYASINI CHIZISH METODIKASI
Raxmatov Jaloliddin Jamoliddin o‘g‘li
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat universiteti
“Amaliy san’at” yo‘nalishi 4-bosqich talabasi
Raxmatov Jamoliddin Yuldoshevich
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat universiteti
“San’atshunoslik” kafedrasi katta o‘qituvchisi
Annotatsiya: Miniatyura asarlaridagi o‘ziga xos go‘zallik
va insonparvarlik
g‘oyalari yoshlarni ezgulikka undash, ularning badiiy
estetik dunyoqarashlarini
boyitish manbai hisoblanadi. Ushbu maqolada o‘zbek xalq ertaklari syujetlari asosida
miniatyura illyustratsiyasini ishlash haqida ma’lumotlar yoritilgan.
Kalit so‘zlar: amaliy san’at
,
miniatyura
,
illyustratsiya, kompozitsiya
,
syujet
.
Ko‘p asrlar davomida rivojlanib kelgan Sarq miniatyura rangtasviri jahon san’ati
tarixida haqli ravishda faxrli o‘rinni egallaydi.
Miniatyura asarlaridagi o‘ziga xos go‘zallik va insonparvarlik g‘oyalari
yoshlarni ezgulikka undash, ularning badiiy estetik
dunyoqarashlarini boyitish
manbaidir. Chunki mo‘jaz tasvirlarda chinakam xalqchillik g‘oyalari, qadimiylik
hamda mahalliylik ko‘rinishlari o‘z aksini topgandir. Bu o‘rinda
dastlab o‘zbek xalq
ertaklari syujetlari asosida miniatyura usulida illyustrativ
rasm ishlash muhim
ahamiyat kasb etadi.
Illyustratsiya-lotincha ko‘rgazmali tasvirlash, yoritish ma’nosini anglatadi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tasviriy san’at darslari va amaliy-bezak san’ati
to‘garaklarining dekorativ kompozitsiya mashg‘ulotlarida
naqsh ishlash, ertak va
hikoyalar, adabiy asarlar asosida illyustratsiyalar ishlash nazarda tutiladi.
Dekorativ kompozitsiy mashg‘ulotlari jarayyonida
illyustrativ rasm ishlashga
alohida etibor berilib,
ular ertak, hikoya, masal, she’r, adabiy asar kabilar asosida