Ilm-fan taraqqiyotida zamonaviy metodlarning qo‘llanilishi
Download 47.3 Kb. Pdf ko'rish
|
54-57
ILM-FAN TARAQQIYOTIDA ZAMONAVIY METODLARNING QO‘LLANILISHI 27.02.2023 30-SON HTTPS://ACADEMICSRESEARCH.COM/INDEX.PHP/CONFERENCE 54 EKOLOGO-GEOGRAFIK UZOQ DURAGAYLARDA QIMMATLI XO‘JALIK BELGILARINING O‘ZGARUVCHANLIGI U.Z.Abdumalikov – Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti tayanch doktoranti Annotatsiya Ekologo-geografik uzoq duragaylarda qimmatli xo‘jalik belgilarining jumaladan tola chiqimi va tola uzunligini o‘zgaruvchanligi aniqlangan, bunda F 13 BC 3 S 1 -47-8-1-17 x C-6524, T-323/26, F 12 BC 2 S2-2-45-2-1 x Turon, C- 6532 x BCx4PL-12, F 12 BCx4PL-10 x Omad va F 13 BC 3 S 1 -1-6-3-4-15 x C-6524 yuqori avlod seleksion ashyolari qimmatli xo‘jalik belgilarning kompleks majmui bo‘yicha andozaga nisbatan yuqori natijalarni qayd etganligini ko‘rishimiz mumkinligi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: G‘o‘za, paxta, nav, duragay, yuqori avlod, seleksion ashyolar, kombinatsiya, tola uzunligi, tola chiqimi. Malumki, paxtachilik xalq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega tarmoq hisoblanadi. O‘zbekistonda g‘o‘za seleksiyasida erishilgan katta yutuqlarga qaramasdan, tola sifati IV-tipga mansub, tezpishar, tola chiqimi 40% dan yuqori, vilt kasalligiga bardoshli bo‘lgan o‘rta tolali g‘o‘za navlarini yaratish va amaliyotga tadbiq etish ishlari talab darajasida emas. Chunki, paxtachilik rivojlangan Xitoy, Avstraliya, Isroil, Gretsiya kabi davlatlarda ishlab chiqarishda ekilayotgan g‘o‘za navlari nafaqat tola sifati, balki tola hosildorligi (chiqimi) bo‘yicha ham yuqori ko‘rsatkichlarga ega. Shuning uchun, xo‘jalik belgilarning ijobiy majmuasiga ega bo‘lgan g‘o‘za navlari seleksiyasi yo‘nalishidagi ilmiy izlanishlar orqali tezpishar, yuqori tola sifati va hosildorligiga ega hamda viltga bardoshli g‘o‘za navlarini yaratish dolzarb masalalardan hisoblanadi. O‘zbekistondagi mavjud genofond namunalarini seleksiya jarayoniga jalb etish asosida seleksiya uchun boshlang‘ich manbalarni ajratib olishga qaratilgan izlanishlar natijasida bir qator g‘o‘za navlari yaratilgan va ular katta maydonlarda ekilmoqda. Biroq, Respublikamizda ekilayotgan navlarning aksariyati tola chiqimi Download 47.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling