Ilm-fan taraqqiyotida zamonaviy metodlarning qo‘llanilishi
ILM-FAN TARAQQIYOTIDA ZAMONAVIY METODLARNING QO‘LLANILISHI 27.02.2023
Download 209.55 Kb. Pdf ko'rish
|
39-43
ILM-FAN TARAQQIYOTIDA ZAMONAVIY METODLARNING QO‘LLANILISHI 27.02.2023
30-SON HTTPS://ACADEMICSRESEARCH.COM/INDEX.PHP/CONFERENCE 40 sharqda allomalarimiz nutq madaniyati va muloqot odobiga oid fikrlarni bildirganlar. Hattoki , so‘z va uning qudrati haqida muqaddas manba ,,Quron ‘‘ da , hadislarda , Yusuf xos Hojib, Ahmad Yugnakiy , Farobiy ,Navoiy , Koshifiy shu kabi ko ‘plab allomalar ijodida ham, ayni shu nutq madaniyati va muloqot odobiga doir juda ko‘p qimmatli ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Ularni ba’zilari bilan quyida tanishib chiqamiz. Hadislardan birida shunday deyiladi: ,, Biz har bir aytgan so‘zimiz uchun ma’sulmiz ‘‘. Yana birida ,,Odamlar zohiran gurung shaklidagi g‘iybatlarning botiniy olamda nomai amolig‘a gunoh bo‘lib bitilayotganidan g‘ofildirlar ‘‘. Shuning uchun har bir inson shirinso‘z , muloyim bo‘lishiga intilmog‘ lozim . ,,Quron ‘‘ ning ,,Isro ‘‘ oyatida ham alloh taolo musulmonlarni o‘zaro munosabatlarida , suhbatlarida shirin so‘zli bo‘lishni buyuradi. Til insonning jismidagi eng kichik , ammo e’tiborga loyiq a’zosidir. Uni faqat xayrli , yaxshi muomalada ishlatish va yomon , dilozor so‘zlarni aytishdan saqlash lozim.Muhammad (alayhissalom) tilni nojo’ya so’zlardan asrashga,imkon qadar sukut saqlashga buyurib:’’Kim Alloh taologa va ohirat kuniga imon keltirgan bo’lsa, faqat yaxshi narsalarni gapirsin yoki jim tursin’’, deya marhamat qiladilar. Islom dinida tilga bu qadar katta e’tibor berilishining boisi, tilning qalbga yaqinligidir. Qaysi bir insonning qalbi pok va sof bo’lsa,uning tilidan bol tomib, shirin gaplar chiqadi.Bunday kishilarning do’sti ham ko’p bo’ladi. Til va qalb o’rtasidagi uzviy bog’lanish haqida Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bunday deganlar: ,,Bandaning imoni to‘g‘ri bo‘lmaydi , toki uning qalbi to‘g‘ri bo‘lmaydi, toki uning qalbi to‘g‘ri bo‘lmaydi , tili to‘g‘ri bo‘lmaguncha ‘‘. Yuqoridagilardan ko‘rganimiz tilning hayotimizdagi ahamiyatini anglash shirin so‘zli bo‘lish har bir musulmonning burchidir. Sharqning buyuk allomalaridan ko‘pchiligi aynan shu zabonning shirinligi, suhbatning mazmundorligi haqida fikr yuritar ekanlar quyidagilarga amal qilish |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling