Илм-фан, унинг халқ хўжалигидаги ўрни ва келажаги


Download 12.06 Kb.
bet4/5
Sana20.06.2023
Hajmi12.06 Kb.
#1636908
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu

Ma’ruzalar o’qitishning texnikaviy vositalaridan va tarqatma materiallaridan foydalanilgan holda o’qitiladi. Ma’ruzalarda fanning asosiy mazmuni bayon etiladi, hodisalarning mohiyatlari va ularning amaliy ko’llanishi ochib beriladi. Fan bo’yicha o’qiladigan ma’ruzalar muammoli xarakterda bo’lib, bakalavr talablarning qiziqishini rag’batlantirishga va ijodiy fikrlashini rivojlantirishga qaratiladi.

Amaliy mashg’ulotlar ma’ruzalardan olingan bilimlarni chuqurroq o’zlashtirish va amaliy ko’nikmalar olish hamda ishlab chiqarishdagi tajribalarni olish maqsadida o’tkaziladi. Barcha amaliy va tajriba ishlari kompyuter texnologiyalarini qo’llash bilan bog’liq bo’ladi.

Ilm-fan haqida tushuncha

Fan - juda murakkab ijtimoiy soha bo’lib, uning asosiy vazifasi - ma’lumot to’plash, yangi bilimlarni va uning vositalarini o’zlashtirish asosida o’rtaga qo’yilgan maqsadni (muammoni) yechishdir.

Ko’p hollarda fanni "bilimlar yig’indisi" deb ta’rif qilishadi. Bu to’g’ri, lekin yetarli tushuncha emas, chunki bilimlar yig’indisi tartibga solinmagan bo’lishi mumkin. Agar bilimlar yig’indisini g’isht uyumiga o’xshatsak, fanni esa shu g’ishtlardan qurilgan chiroyli qasrga qiyoslash mumkin.

Fan nima?

Fan - bu umumlashgan, tartibga solingan ijtimoiy tizim bo’lib, u o’zida tabiat, jamiyat va inson ongning obyektiv qonunlari to’g’risidagi bilimlar tizimini, bu tizimni yaratish va rivojlantirishga qaratilgan insonning ilmiy-faoliyatini va ilmiy faoliyatni ta’minlaydigan muassasalarni birlashtiradi.

Ilm-fan doimiy ravishda rivojlanadi va o’z-o’zini boyitadi. Ilm-fanning rivojlanishi - bu ilmiy bilimlarni tartibga tushirish, ularni o’rganish va o’zlashtirishga qaratilgan insonlarning faoliyatidir.

Ilmiy faoliyat va ilmiy muassasalar

Ilm-fanning rivojlanishi ilmiy tashkilotlarda olib boriladi.

Ilmiy muassasalar quyidagicha bo’linadilar:

· Noishlab chiqarish sohalari (akademik institutlar, tibbiyot, yuridik, adliya va x.k.)


Download 12.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling