11.09.2023, 11:56
1030-сон 24.12.2019. Ilm-fan va ta’lim sohasidagi
davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash tartib…
https://lex.uz/docs/-4662181
11/11
Oldingi
tahrirga qarang.
25. Ushbu Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar
qonunchilik hujjatlarida
belgilangan tartibda hal etiladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
26. Davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarda
faoliyat yurituvchi ilmiy
darajaga ega xodimlarga mazkur Nizom talablari asosida budjetdan tashqari mablag‘lar
hisobidan qo‘shimcha haq to‘lanishi mumkin. Bunda qo‘shimcha
haq belgilash talablari
(mezonlari) davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar
faoliyatining asosiy
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ularning kollegial organi qarori bilan tasdiqlanadi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Akademik, tashkiliy-boshqaruv va moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim
muassasalarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy
darajaga ega xodimlarga ushbu tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘lari
hisobidan
ham qo‘shimcha haq to‘lanishi mumkin.
Bunda, qo‘shimcha haq belgilash talablari (mezonlari) ushbu
tashkilotlarning kuzatuv
kengashlari qarori bilan belgilanadi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-iyundagi 228-sonli
qaroriga
asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2023-y.,
09/23/228/0339-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil
24-dekabrdagi 1030-son
qaroriga
2-ILOVA
Do'stlaringiz bilan baham: